• Qabul qildi : Urishbayev.E.E Jizzax-2024
  • Referat qabul qildi : Urishbayev. E. E jizzax-2024




    Download 90.63 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi90.63 Kb.
    #180795
    TuriReferat
    Bog'liq
    Nurlibek Obodon 2
    guli, bayonnoma dekabr 2022, changlanish va urug`lanish, 10-v-nazorat, sadasdasd, 5-MAVZU KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI, 1-ma’ruza kirish. Yog’LAR VA MOYLI HOM ASHYOLAR KIMYOSI FANINING, Ўқувчилар келиш-кетиш талони, m1, 2 5447321070354829098 (2), 2454655, Akmeologiya asoslari (G.Tillayeva) (3), Pedagogik akmeologiya tadqiqotlar tarixi-kompy.info, Хафта маьлумоти (1), Ochiq dars rejalari Boshlang\'ich




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    Sirtqi bo’lim Yo’l muhandisligi yo’nalishi
    4-Kurs 674-20 Guruh
    Talabasi Zaripbayev Nurlibekning
    Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish va jihozlash Fanidan
    REFERAT
    Qabul qildi : Urishbayev.E.E


    Jizzax-2024

    Mavzu:
    Real ko’cha yo’l sharoitida svetoforlarni qollanish holatlari


    Reja.
    1. Ko‘cha-yo‘l tarmoqlari
    2. Svetofor
    3. Yo‘l harakati qoidalari

    Svetofor (rus. svet — yorugʻlik va yun. phoros — eltuvchi) — yorugʻlik signali beradigan elektr qurilma. Piyodalar va transport vositalarining koʻchada, yoʻlda va temir yoʻldan oʻtish joylaridagi harakatini hamda temir yoʻl tarkibi qatnovini tartibga solib turish uchun ishlatiladi. Semafor tarzida S. birinchi marta 1868-yil Londonda oʻrnatilgan. Qoʻlda boshkariladigan birinchi elektr S. 20-asr boshida AQSH da paydo boʻlgan (unda faqat yashil va kizil chiroklar boʻlgan). Dastlabki 3 rangli (yashil, sariq va qizil) S. 1918-yil NyuYorkda, 1930-yil Moskvada ishlatilgan. Sdan temir yoʻlda foydalanish 20-asrboshlarida rayem boʻlgan. S.larni oʻrnatish va ulardan foydalanish qoidalari Venada 1968-yil qabul qilingan "Yoʻl belgilari va signallari haqida konvensiya" va bu konvensiyani toʻddiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekistonda 2001-yil xalqaro meʼyorlar asosida ishlab chiqilgan "Yoʻl harakati qoidalari"ga rioya qilinadi (qarang Yoʻl belgilari).
    S.ning 1, 2 va 3 seksiyali hamda qoʻshimcha seksiyali xillari bor. Bir seksiyali S.da faqat bir xil — sariq yoki qizil chiroq yonadi. Sarigʻi oʻchibyonib, haydovchilarni ogohlantirib turadi. Agar transport vositasini toʻxtatish lozim boʻlsa (mas, temir yoʻldan oʻtish joylarida, oʻt oʻchirish avtomobillari chiqadigan joylarda va h.k.), qizil chiroq yonadi. Ikki seksiyali S.da 2 xil — yashil va kizil chirok yonadi. Asosan, shaharlarda temir yoʻldan oʻtish joylariga oʻrnatiladi. U ch seksiyali S.da uch xil — yashil, sarik va qizil chiroq yonadi. Tik va yotiq joylashgan xillari bor. Asosan, yoʻl (koʻcha) chorrahalariga oʻrnatiladi.
    Yashil chiroq yonganda relssiz transport vositalari barcha yoʻnalishlarda, tramvay esa toʻgʻriga va chapga harakatlanishi mumkin. Qizil chiroq yonganda barcha transport vositalarining harakati toʻxtaydi, tramvay esa oʻngga burilishi mumkin. Sariq chiroq yonganda chorrahaga yaqinlashayotgan transport vositalari toʻxtaydi, chorrahaga kirganlari chorrahani boʻshatadi, signal oʻzgarishini kutib turganlari harakatlanishga tayyorlanadi. Oʻchibyonib turadigan sariq chiroq haydovchilarni ogohlantiradi.
    Qoʻshimcha seksiyali S. chapga burilishni, oʻngga burilishni, ikkala tomonga burilishni va 3 tomonli chorrahalarda toʻgʻriga harakatlanishni koʻrsatadi. Bunday S.lar serharakat chorrahalarga oʻrnatiladi. Qoʻshimcha seksiyadagi "strelka" signali yonganda (S.dagi qaysi asosiy chiroq yonganidan qatʼiy nazar) transport yongan strelka yoʻnalishida harakatlanishi mumkin.
    S.lar chorraha chetiga, oʻrtasiga osib qoʻyilishi, maxsus ustunga yoki bino devoriga oʻrnatilishi mumkin. Ular, asosan, avtomatik tarzda yonib oʻchadi. Shu maqsadda EHM dan ham foydalaniladi. Harakatni avtomatik boshkarishning uygʻunlashtirilgan tizimi borgan sari kengroq qoʻllanilmoqda. Bunda, mas, bir yoʻnalishda oʻrnatilgan S.lardan birining yashil chirogʻida oʻtgan transport maʼlum tezlikda (mas, 45 km/soat) harakatlansa, navbatdagi S.ning ham yashil chirogʻiga toʻgʻri keladi va h.k. Qanday tezlikda harakatlanish kerakligi haqidagi belgi har qaysi S. yaqiniga osib qoʻyiladi. Bunday tizim "yashil toʻlqin" deb ataladi. Sdan sanoatda dispetcherlik (boshqarish) da ham foydalaniladi.
    Transport yoʻli svetofori stansiyalar va oʻtish joylariga oʻrnatilib, temir yoʻl tarkibining harakatini tartibga soladi va uning tezligini belgilaydi. Bunday S.da yashil, kizil, koʻk, sariq va sutrangoq chiroklar boʻladi. Transport yoʻlining avtomatik yoki yarim avtomatik blokirovka bilan taʼminlangan bir qismini boshqaradi
    Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida uning qatnashchilarini muayyan tartibda harakatlanishlari yo‘l harakati qoidalari bilan belgilanadi. Harakatlanishni tartibga solishdan maqsad uning uzluksizligi va xavsizligini ta’minlash va shuningdek transport vositalarini xalq xo‘jaligida foydalanish samaradorligini oshirishdir.
    jaligida foydalanish samaradorligini oshirishdir. Yo‘l harakati qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, u yo‘l harakati barcha qatnashchilarining ijtimoiy munosabatlarini, yo‘lovchi va yuk tashish tartibini, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlarining vazifalarini, foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining texnik holati va jihozlanishlariga bo‘lgan talablarni belgilaydi. Yo‘l harakati qoidalari yo‘l harakatini tartibga soluvchilar va uning qatnashchilari uchun yagona bo‘lgan tartibni belgilab beradi. Qoidalar ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida yo‘l harakati qatnashchilarining muayyan tartibda harakatlanishini joriy etishga va ularning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Qoidalar, “Yo‘l harakati haqidagi”, “Yo‘l belgilari va signallari haqidagi” 1968 yilgi Vena shahrida qabul qilingan va 1971 yilgi Jeneva shahridagi Yevropa kengashida to‘ldirilgan xalqaro Konvensiyalar talabiga muvofiq keladi.

    Mavzu:
    Avtobus bekatlarini saqlash va ta’mirlash tashkil etish


    Reja.
    1. Avtobus bekati
    2. Avtobus bekatlarini ta’mirlash
    3. Avtobus bekatlarining muhim funksional va dekorativ me’moriy elementlari

    Hozirgi kunga kelib avtobus bekatlarining har xil turlari paydo bo’lmoqda. Butun dunyo bo’ylab aholi sonining ortishi va yo’lovchilar sonining ko’payishi bu inshootlarning sifat ko’rsatkishlarini yaqshilash va yo’lovchilarga qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratib berishni talab qilmoqda . Shahar sharoitida avtobus bekatlarini eng qulay va zamonaviy ko’rinishda joylashtirish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Avtobus bekati shahar ko’chasida harakatlanayotgan transport vositasiga noqulaylik tug’dirmasligi lozim. Chunki avtobus bekati mintaqasi asosan transport vositalari va piyodalar gavjum bo’lgan hudud hisoblanadi.


    I-a toifa avtomobil yo‘llaridagi to‘xtash maydonchalari yo‘l to‘shamasining chetida joylashadi va qatnov qismidan ajratiladi. 1-b, II va III toifa avtomobil yo‘llarida to‘xtash maydonchasi asosiy harakat polosalaridan kengligi 0,75 m, uzunligi esa ikki tomoniga kamida 20 metrdan bo‘lgan ajratish polosasi bilan ajratiladi. IV va V toifa yo‘llarda esa to‘xtash maydonchasi asosiy harakat polosalaridan uzluksiz belgilash chizig‘i bilan ajratiladi. Avtobus bekatlarining yo‘lovchilar chiqadigan zonasiga perron (chiqarish maydonchasi) ning uzunligi chiqarish postlarining soniga bog‘liq bo‘ladi va bir vaqtda to‘xtaydigan avtobuslar miqdoriga qarab aniqlanadi. Bitta chiqarish postiga perron uzunligi kamida 10 m, kengligi esa kamida 2 m qilib belgilanadi. Perron to‘xtash maydonchasining yuzasidan 0,2 m ko‘tarilib turishi va bordyur bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Perronlarning to‘shamasi qattiq bo‘ladi.
    Avtobus bekatlarining muhim funksional va dekorativ me’moriy elementlaridan biri – elektr yoritish hisoblanadi. Yoritish asboblari avtobus bekati bilan I va II toifa yo‘llarning avtobuslar keladigan 300 m qismini va avtobuslar ketadigan 400 m qismini yoritishi, III toifa yo‘llarda 250 m kelish yo‘lini, 350 m ketish yo‘lini, IV toifa yo‘lda esa kelish yo‘lining 200 metrini va ketish yo‘lining 200 metrini yoritishi kerak (asosan aholi punktlarida) [3]. Avtobus bekatlarini ko‘kalamlashtirish uchun gazga chidamli, ko‘p sug‘orishni talab qilmaydigan, shamol, sovuqqa, issiqqa chidamli, tez o‘sadigan daraxt va buta navlari ekiladi. Ular uzoq vaqt dekorativ xususiyatlarini saqlab qolishi kerak.
    Yo‘l me’morchiligi va qurilish san’ati vositalari, avtomobil yo‘llariga qo‘yiladigan talab bilan birga ishlatilganda quyidagilar ta’minlanishiga yordam berishi kerak: Yo‘lovchilarga – avtobuslarga borish, kutish, tushish va chiqish qulay, xavfsiz bo‘lishi kerak; Avtobuslarga – kelish, to‘xtash, chiqish qulay; kichik shakllar pishiq, barqaror, yonmaydigan, portlamaydigan, chidamli, sodda, sanoatda ishlab chiqarish oson bo‘lishi kerak. Avtobus bekatiga – me’moriy badiiy chiroyli, ta’mirlash, saqlash sodda bo‘lishi kerak. Avtopavilon va kichik shakllar loyihasi ishlab chiqilganda ularning badiiy me’moriy chiroyli bo‘lishi, miqyosi, alohida qismlarining nisbati, pardozlash uchun ishlatiladigan materiallarining ranggiga alohida e’tibor qilish kerak. Katta sig‘imdagi yoki yopiq turdagi avtobus pavilonlarini qurishda pavilonga yaqin 15-25 metr masofada hojatxona va sanitar gigienik zona quriladi, ular pavilondan daraxt va buta ekish bilan ajratiladi va yo‘lovchi yo‘lakchasi bilan bog‘lanadi. Bekatlarni shunday joylashtirish kerakki, bunda avtobus keladigan tomondan yo‘l yahshi ko‘rinib tursin.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yo’llarni ta’mirlash, yo’lovchi tashish transportini zamonaviy turlarini ishga tushirish bilan bir qatorda avtobus bekatlarini ham yangilash eskilarni qayta rekonstruksiya qilish kerak chunki shaharning asosiy aholisi manziliga yetish uchun aynan avtobus va mikroavtobuslardan foydalanadi.

    Mavzu:
    Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarida texnologik yo’l aloqasini tashkil etish


    Reja.
    1 Avtomobil yo’llari
    2.Avtomobillar turar joylari va parkinglari infrastrukturasi
    3. Avtomobil yo’llarinini loyihalash

    Avtomobil yo’llari haqida tushuncha. Avtomobil yo‘Harming mamlakat iqtisodiyotini o‘sishidagi ahamiyati. Avtomobil yoTlari tarmogTning hozirgi kundagi holati va rivojlanishi. “Avtomobil yoTlari” to‘g‘risidagi qonun. Avtomobil yoTlarinini loyihalashda tabiiy iqlim sharoitlarini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Avtomobil yoTlarini tasniflanishi. Avtomobil yoTlarining asosiy elementlari. Avtomobillaming yoTdagi harakatlanishi. YoTlardagi hisobiy ko‘rinish masofasi. Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari. YoTning o‘tkazish qobiliyati. Avtomobil yoTlarining rejasi, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlarini loyihalash. YoT poyini suv-issiqlik tartibi. Yo‘1 iqlim mintaqalari. Relefhi murakkablik darajasi va uni yo‘1 o‘q chizig‘i o‘tkazishga ta’siri. Trassa yo‘nalishini tanlashning asosiy qoidalari. YoTdan suvni chetlatish tizimi. Kichik ko‘priklar va quvurlaming gidravlik hisobi. Avtomobil yo‘llarini arxitekturaviy landshaftli loyihalash. YoT o‘q chizig‘ini loyihalashda harakat qulayligi va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar. Avtomobil yoTlarining kesishishi va tutashuvi. Avtomobil yoTlarining har xil satxda kesishuvlarini loyihalash. Yo‘1 poyi va yo‘1 to‘shamalarini loyihalash. Nobikir yo‘1 to‘shamalarini hisoblash. Bikir yo‘1 to‘shamalari va asoslarini hisoblash. Yo‘1 to‘shamasi konstruksiyasini loyihalashda avtomobil orqa o‘qiga tushadigan me’yoriy yuklamalarni hisobga olish. Murakkab sharoitlarda: jarli joylarda, karst jarayonli yerlarda, tog‘li joylarda, ko‘chkili va to‘kilmali yerlarda, qurg‘oqchil hududlarda, sho‘rxok yerlarda va qum sahrolarida yo‘llami loyihalash. Avtomagistrallami loyihalash. Ko‘prikli o‘tish joylarini loyihalash. Ko‘prikli o‘tish joylarini loyihalashda gidrologik hisoblashlar. Avtomobil yo‘llarini loyihalashni tashkil etish. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish loyihalari. Avtomobil yoTlarini loyihalash va rekonstruksiya qilishdagi qidiruv ishlari. Avtomobil yoTlarini avtomatlashgan loyihalash. Avtomobil yoTlarini loyihalashda zamonaviy informatsion texnologiyalami qoTlash. Avtomobil yoTlari va undagi inshootlami loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari. CREDO kompleks dasturi. Joyning raqamli modeli turlari va ulami tuzish. Avtomobil yo‘li rejasini, bo‘ylama kesimini, ko‘ndalang kesimini va yo‘1 to‘shamasini loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish. Avtomobil yoTlarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha yechimlarini baholash. YoTlami landshaft bilan uyg‘unlashgan holda loyihalash. Avtomobilуо‘llarini qurish. Avtomobil yoTlari qurilishini mamlakatning iqtisodiyotini o‘sishidagi ahamiyati. YoT poyini qurish. YoT poyi tuzilmasi. YoT poyini qurish uchun gruntlarga boTgan talablar va yo‘1 poyi gruntlari xususiyatini yaxshilash usullari. YoT poyini qurish texnologiyasi. YoT poyinining suv-issiqlik tartibini boshqarish usullari. YoT poyini ko‘tarma va o‘ymada qurishning usullari. YoT poyini qurishda goesintetik va boshqa innovatsion materiallardan foydalanish. Murakkab tabiiy-iqlim sharoitlarda: tog‘li sharoitlarda, sho‘rxok gruntlardan, ko‘chuvchi qumli hududlarda, sun’iy sug‘oriladigan tumanlarda yo‘l poyini qurish texnologik jarayonlari va qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar turlari. Yo‘l poyini qurish ishlami tashkil qilish. Yo‘l poyini qurish ishlarini tashkil qilish usullari. Yo‘l poyini qurishda ishlar sifatini nazorat qilish va ishlami qabul qilish. Yo‘l to‘shamalari asosini qurish. Mineral bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan, organik va noorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan gruntlardan, chaqiq toshli, qum-shag‘alli materiallardan tashkil topgan asos qatlamlarini qurish. Yo‘l to‘shamalari qatlamlarini zichlash texnologiyasi. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish. Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari. Asfaltbeton qoplamalarini qurishning texnologik xaritasi. Qoplama ustki yuzasiga ishlov berish texnologiyasida himoya va yemirilish qatlamlarini qurish. Yo‘l qoplamalariga ustki yuza ishlov berishning innovatsion texnologiyalari. Qoplama sirtiga sinxron usulda ishlov berish texnologiyasi. Mikrosyurfeysing/slarri sil texnologiyasi. Asfaltbeton qoplamalarini qurishda texnik nazorat va ishlami qabul qilish. Sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari. Issiq va quruq iqlim sharoitida sementbeton asosini va qoplamasini qurishning o‘ziga xos xususiyatlari. Yaxlit sementbeton qoplamalarini qurish texnologik jarayonlari. Sementbeton qoplamasini qurish texnologik xaritasi. Sementbeton qoplamalarini qurishda sifat nazorati. Yo‘l qurilish ishlarini tashkil qilishning zamonaviy usullari. Avtomobil yo‘llarini qurishni tashkil qilish loyihasi. Avtomobil yo‘llarini qurilish ishlarini ishlab chiqarish loyihasi va uning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonlarini tarmoqli va soatbay grafiklarini tuzish. Avtomobil yo‘li qurilishining kalendar grafigini tuzish. Yo‘l qurilish materiallarining tarkibi, tuzilishi va asosiy xossalari. Yo‘l qurilish materiallarining sifatini baholash va nazorat qilish. Tog‘ jinslarining kelib chiqishi bo‘yicha turlari va ulardan olinadigan tabiiy va sun’iy tosh materiallari. Qurilish qorishmalari. Organik bogdovchi materiallar. Bitumli yo‘l emulsiyalari. Mastika va germetiklar. Asfaltbeton. Asfaltbeton tarkibini tanlash.Asfaltbeton tayyorlash uchun materiallar va ularga bo‘lgan talablar. Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari. Asfaltbetonning regeneratsiyasi. Polimer materiallar. Asfaltbeton uchun polimer-bitum bog‘lovchilaming xususiyatlari. Modifikatsiyalangan asfaltbeton. Chaqiqtoshmastikali asfaltbetonning asosiy xususiyatlari va ulami qodlash. Rangli asfaltbetonlaming xususiyatlari va ulami qo‘llash. sementbetonning tarkibini tanlash. Yo‘l qurilishining zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari. Zamonaviy tosh maydalash zavodlari. Asfaltbeton uchun mineral kukuni ishlab chiqish. Butum va bitum emulsiyasi bazalari. Butum emulsiyasini ishlab chiqishning zamonaviy texnologiyasi. Zamonaviy asfaltbeton zavodlari. Polimer-bitum bogdovchilarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Eski asfaltbetonni asfaltbeton zavodida qayta ishlash. Zamonaviy sementbeton qorishmalarini ishlab chiqarish zavodlari. Temirbeton mahsulotlarini va konstruksiyalarini tayyorlashning zamonaviy zavodlari. Avtomobil yo‘llarini qurishda sifat nazorati, xavfsizlik texnikasi, mehnat va atrof muhit muxofazasi. Avtomobilyo‘llarini ekspluatatsiya qilish. Avtomobil yoTlari ekspluatatsiyasining nazariy asoslari. «Haydovchi - avtomobil - yo‘1 - transport oqimi - muhit» kompleksining o‘zaro ta’sir modeli. Yo‘1 tarmog‘ining texnik va foydalanuv holatlari. Avtomobil yo‘lining texnik va foydalanuv holatining ko‘rsatkichlari. Avtomobilning yo‘1 bilan o‘zaro ta’siri. Yo‘1 qoplamasining holati va avtomobillar harakat sharoiti. Yo‘1 qoplamasining ravonligi va g‘adir budirligi. Avtomobil g‘ildiragining nam va ho‘l qoplama bilan o‘zaro ta’siri va unda g‘adir budirlikning o‘mi. Tabiiy-iqlim omillarining yo‘1 holatiga va avtomobil harakat sharoitiga ta’siri. Yo‘1 tuzilmasiga tabiiy-iqlim omillarining ta’siri. Yo‘1 poyining namlik-issiqlik rejimi, namlik-issiqlik rejimini boshqarishda yo‘1 konstruksiyasining ta’siri. Avtomobil yo‘lining deformatsiyasi va buzilishlari. Avtomobil yo‘llaridagi deformatsiya va buzilishlami sodir boTish sabablari. G‘ildirak izini paydo bo‘lish sharoiti va uning avtomobillar harakatiga ta’siri. Qoplamaning yemirilishini aniqlash. Avtomobil yo‘llarining transportekspluatatsion ko‘rsatkichlari tizimi. Avtomobil yo‘Harming transportekspluatatsion sifatlarini o‘zgarish qonuniyatlari va baholash uslublari. Yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talablar. Harakat tezligini o‘lchash va baholash. Hisobiy tezlikni ta’minlanganlik koeffitsenti bo‘yicha yo‘1 holatini kompleks baholash. Havo-iqlim omillarining harakat tezligiga ta’siri. Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va yuklanganlik darajasini baholash. Yo‘lga oid tumanlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi hududini harakat sharoiti bo‘yicha tumanlashtirish. Yo‘lning holatini kompleks baholash usullari. Yo‘1 to‘shamasi mustaxkamligini, qoplama ravonligini va tishlashish sifatini aniqlash va baholash. Qoplama g‘adir-budirligini baholash. Yo‘1 to‘shamasi va qoplamasini xizmat qilishida ta’mirlashlar oraliq davrini va yo‘llarni xizmat qilish muddatlarini ta’minlash. Avtomobil yo‘llarida muzlashdan yo‘1 qoplamasining ko‘tarilib qolishi (puchina)ni bartaraf qilish. Yo‘llami holati va sifatini ulaming iste’mol xususiyati bo‘yicha kompleks baholash uslubi. Qoplama va asos qatlamlarining strukturasini buzilishi va qoldiq deformatsiyalarini aniqlash, yoriqlar va o‘yiqlaming yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish. Transport oqimi holatini prognozlash. Murakkab sharoitdagi: tog‘li hududdagi, quruq-issiq iqlim sharoitidagi, sug‘oriladigan hududlardagi va qumli choTlardagi yo‘llami ekspluatatsiya qilish. Avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Avtomobil yoTlarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha tadbirlar tizimini rejalashtirish. YoT holatini baholash ko‘rsatkichlariga asoslangan holda yo‘1 ishlarini rejalash. Avtomobil yoTlari yo‘1 poyi, yo‘1 to‘shamasi va qoplamasini saqlashning zamonaviy texnologiyalari. YoTlami qishgi davrda saqlashning ilg‘or texnologiyalari. Qishgi sirpanchiqlikka qarshi kurashning ilg‘or texnologiyalari va ishlatiladigan materiallaming xususiyatlari. Avtomobil yoTlarini ta’mirlashning ilg‘or texnologiyalari. YoT poyini va suv qochirish tizimini mukammal ta’mirlashning zamonaviy texnologiyalari. YoT to‘shamasini ko‘chaytirish va kengaytirishning zamonaviy texnologiyalari. Avtomobil yoTlarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil qilishning zamonaviy usullari. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash strategiyasini tanlash. Yo‘llami saqlanganligini ta’minlash uchun o‘qqa tushadigan yuk bo‘yicha transport vositalari harakatini cheklash. Yo‘l ma’lumotlari banki va yo‘llar holatini boshqarish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha og‘ir yukli avtotransport vositalarining harakatidan zararlami hisoblash. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishning zamonaviy texnologiyalari. Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash. Avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft ko‘klamzorlashtirish usullari. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi. Yo‘l harakatiga xizmat ko‘rsatish komplekslari. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va boshqarishni tashkil qilish. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarini boshqarish va uning tuzilmasi. YoMlami ekspluatatsiya qilish korxonalari va ishlab chiqarish bazalarining asosiy vazifalari. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish yo‘nalishida mamlakatimizda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishda ishlar sifatini baholash va atrof-muhit muxofazasi. Avtomobilyo‘llarini rekonstruksiya qilish. Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning nazariy asoslari. Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishdagi ilmiy-texnik muammolar. Harakat jadalligini o‘sib borishi bilan harakat sharotining o‘zgarishi. Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishda xavfli yo‘l bo‘laklarini bartaraf qilish. Avtomobil yo‘llarini diagnostika qilish natijalarini tahlil qilish. Yo‘l poyini rekonstruksiya qilishning ilg‘or texnologiyalari. Yo‘l poyi namlik-issiqlik rejimi bilan ko‘pchish yuzaga kelishi orasidagi bog‘liqlik. Yo‘l poyini rekonstruksiya qilishning innovatsion texnologiyalari. Yo‘l poyini ko‘tarish, yo‘l bo‘ylama kesimni to‘g‘rilash va yo‘l yon bag‘ri ustivorligini oshirish. Yo‘llami rekonstruksiya qilishda yo‘l poyini kengaytirish. Yo‘l to‘shamasini rekonstruksiya qilishning ilg‘or texnologiyalari. Yo‘l to‘shamalarini rekonstruksiya qilishning nazariy asoslari. Eski yo‘l to‘shamasi qatlamlarini buzish usullari va ularning materiallarini takroriy ishlatish. Yo‘l to‘shamasi va qoplamasini regeneratsiya qilish. Yo‘llami rekonstruksiya qilishda yo‘l to‘shamasini kengaytirish va yo‘l yoqasini mustahkamlash. Mavjud yo‘l to‘shamasini kuchaytirishning nazariy asoslari. Sementbeton qoplamali avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning nazariy asoslari. Shaharyo‘llari va ko'chalari. Shaharlami bosh rejaviy tuzilmasi va funksional mintaqalarga bo‘linishi. Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining asosiy rejaviy tuzilmalari. Shahar yo‘llari va ko‘chalarining funksional vazifalari. Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash. Shahar yo‘li va ko‘chasining ko‘ndalang kesimi elementlari. Shaharlarda piyodalar harakatini tashkil etish. Avtomobillar turar joylari va parkinglari infrastrukturasi. Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining bir satxdagi chorrahalarida harakatning o‘ziga xos xususiyatlari. Shahar yoTlari va ko‘chalari chorrahalarini vertikal rejalashtirish. Transport bo‘g‘inlarini vertikal rejalashtirish. Shahar yo‘llari va ko‘chalarining rejasini, ko‘ndalang va bo‘ylama kesimini loyihalash. Shahar yo‘llari va ko‘chalarining bir va har xil satxdagi chorraxalarini loyihalash. Shahar yo‘llari va ko‘chalarida suv qochirish tizimlari va sun’iy inshootlami, muhandislik tarmoqlarini loyihalash. Shahar yoTlari va ko‘chalari yo‘l poyi hamda yo‘l to‘shamasini qurishning ilg‘or texnologiyalari. Shahar yoTlari va ko‘chalarini qurish ishlarini tashkil qilish. Shahar ko‘cha-yo‘l tarmogTni ko‘kalamzorlashtirish. Shahar ko‘cha-yoT tarmog‘ini landshaft arxitekturasini rejalashtirish. Shahar transport-o‘tish tugunlarini rejalashtirish. Shahar yoTlari va ko‘chalarini ekspluatatsiya qilish. Shahar yo‘llari va ko‘chalarini jihozlash va obodonlashtirish. Shahar yoTlari va ko‘chalarining holatini baholash va diagnostika qilish natijalari asosida yoT-ta’mirlash ishlarini rejalashtirish. Shahar yo‘llari va ko‘chalarining transport-ekspluatatsion sifatlarini prognozlash.
    Download 90.63 Kb.




    Download 90.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat qabul qildi : Urishbayev. E. E jizzax-2024

    Download 90.63 Kb.