2. Boshqarish maqsadi va bosqichlari. Tizimni boshqaruvchi va boshqaruvchan elementlari. Boshqarish haqida tushuncha




Download 98.26 Kb.
bet1/6
Sana13.10.2022
Hajmi98.26 Kb.
#27201
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1503120955 69001
Кундалик

Boshqarish haqida tushuncha
Reja:


1. Boshqarish haqida tushuncha.
2. Boshqarish maqsadi va bosqichlari.
3. Tizimni boshqaruvchi va boshqaruvchan elementlari.

Boshqarish haqida tushuncha.

Texnik ekspluatatsiyaning asosiy vazifalaridan biri avtomobil parkini texnik holatini va ishlash qobiliyatini boshqarishning eng samarali yo’llari va usullarini topishdan iboratdir.


Boshqarishni mazmuni va usullari texnik xodimni boshqarish jarayonidagi o’rniga qarab o’zgara boradi. Masalan: ishchilar, muxandis, texniklar, ustaxonalar, korxonalarni boshqarish.
Texnik ekspluatatsiya oldida turgan maqsad undan yuqorida turgan tizim maqsadi bilan uzviy bog’langan bo’lishi kerak, keyingisini maqsadi esa xalq xo’jaligini maqsadiga mos kelishik kerak.
Texnik tayyorgarlik koefitsiyentini (KTK) oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqarilyotgan tizimni holati haqida ma’lumotlar bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
- avtomobillarning ekspluatatsion ishonchliligi;
- keng uchraydigan va avtomobillarni ishdan qoldiradigan nosozliklar haqida ma’lumotlar;
Bu holatda tashqi omillarga avtomobillarni ishlatish sharoitlari, material-texnika ta’minoti va x.k. kiradi.
Ma’lumot taxlil qilinayotgan va ishlanayotgan ularning aniqligi, haqiqiyligi, to’liqligi va qiymati baholanadi.
Boshqarish qarorini qabul qilish deb tizim holatini sezilarli o’zgartiradigan rivojlanishni bir necha yo’llaridan birini kriteriysini tanlashga aytiladi.
Qarorni ijrochiga yetkazishda uning aniqligi, bir xil ma’noligi muhim ahamiyatga ega.
Boshqarish qarorini amalga oshirish – bu masalan, avtomobil parkini yangilash, ishlab chiqarish bazasini qayta qurish, avtomobillargni ta’mirlash, ta’mirlash ishchilarini rag’batlantirishni yangi usul va shakllarini tadbiq etish.
Boshqarish ta’siriga tizimni reaksiyasi – yangi ma’lumot (qayta aloqa). Bu ma’lumot qaytadan ishlanib, taxlil qilinadi va shuni asosida yang qaror qabul qilinadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda – ishlab chiqarishdagi ishlarni yaxshilashga va qo’llab - quvvatlashga qaratilgan ko’rsatma va harakatlar majmuasi tushuniladi.
Boshqarma – ishlab chiqarish bazasida samarali foydalanishni xodimlardan, ehtiyot qismlardan va materiallardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Boshqarishni tashkil qilish – yakkaxokimlikni, raxbarlar bilan qo’l ostidagi xodimlar orasidagi vazifalarni aniq belgilashga asoslanadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish sifati asosan muxandis-texnik xodmlarni malakasiga bog’liq. Muxandisni hal qiladigan masalalaridan biri – bu qo’l ostidagi xodimlar ishini boshqarishdan iboratdir.
Qaror qabul qilishning asosiy vazifalari:
Ma’lumotlarni to’g’ri tanlash va uni ishlab chiqish
Boshqarish uch bosqichdan tashkill topadi:
Birinchisi- kerakli ma’lumotlarni olish va shu asosida boshqarish ob’ektini baholash;
Ikkinchisi- qaror qabul qilish;
Uchinchisi - qabul qilingan qarorni xodimlar tomonidan bajarilshini ta’minlash
Muhandis-texnik xodimlarni bajaradigan vazifalari taxlili shuni ko’rsatadi:
tashkiliy-boshqarish vazifalari – 31,8%
texnologik vazifalar – 35,6%
Shu bilan birga muxandislar bajaradigan ko’pgina ishlar qaytarilib turadi. Shu sababli bularni yechimi to’g’risida ma’lumotlar to’planib qo’yilishi kerak va undan keng foydalanish zarur.



Download 98.26 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 98.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Boshqarish maqsadi va bosqichlari. Tizimni boshqaruvchi va boshqaruvchan elementlari. Boshqarish haqida tushuncha

Download 98.26 Kb.