• Tayanch iboralar.
  • 1. Ta’lim-tarbiyaga yondashuvlar: mazmuni, mohiyati, yutuq va kamchiliklari.
  • 1-Ma’ruza. Ta’lim-tarbiya jarayoniga yondashuvlar mazmuni reja




    Download 27.2 Kb.
    bet1/6
    Sana10.09.2023
    Hajmi27.2 Kb.
    #81024
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu
    PUBG MOBILE регламент, MIRZAYOROVA GULHAYO - OBYEKTIVKA, Zakovat SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN ENG SARA SAVOLLAR, wordskilss Булунғур 2 сон кхм, tri, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, 2 dars, Mavzu. Egri chiziqli harakatda ko\'chish tezlik va tezlanish. Ayl, tibbiy bilim asoslari yakuniy javoblari, IT Organizations, 2-lab sql, 1-mavzu sql amaliy, file, i7IHARDgHT0imjb4207

    1-Ma’ruza. TA’LIM-TARBIYA JARAYONIGA YONDASHUVLAR MAZMUNI
    Reja.
    1. Ta’lim-tarbiyaga yondashuvlar: mazmuni, mohiyati, yutuq va kamchiliklari.
    2. Ta’limga tizimli va texnologik yondashuv.
    3. Ta’limga innovatsion yondashuvlar.
    4. Ta’lim-tarbiyaga yondashuvlarning qiyosiy tahlili.
    Tayanch iboralar. Ta’lim-tarbiyaga yondashuvlar, tadqiqiy-ijodiy yondashuv, izlanuvchan yondashuv, texnologiya, tizimli yondashuv, ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv, pedagogik faoliyat, tarbiyalash texnologiyasi, tarbiyalash texnologiyasi, ta’lim , ta’lim modeli, pedagogik maqsad
    1. Ta’lim-tarbiyaga yondashuvlar: mazmuni, mohiyati,
    yutuq va kamchiliklari.
    Pedagogika fani va amaliyotida turli ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning munosabat xarakteriga ko’ra avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan yondashuvlar qo’llaniladi. Qo’llaniladigan ta’lim metodlari va tashkiliy shakllar asosida an’anaviy, tadqiqiy, izlanuvchan, tizimli, funksional, kompleks, texnologik, muammoli-unsurli, faoliyatli yondashuvlar farqlanadi.
    An’anaviy yondashuvga og’zaki-ko’rgazmali ta’lim metodlari xos bo’lib, asosan o’qituvchining axborot berishi, o’quvchi-talabalarning bilimni qabul qilishi, to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. «Bilim» tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Bunday bilimlar, ularni qayta ifodalab berishi va tipik vaziyailarni qo’llay olish ko’nikmalari (imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga bergan javobiga qarab) orqali tekshirib ko’riladi.
    Bu yondashuvdagi bilimlar – asosan esda saqlab qolish natijasi bo’lib, asosan formal ma’lumotlardan iborat bo’lib, u ko’pincha yuzaki bo’lishi ham mumkin. Ular xotira tubida saqlangan bo’ladi yoki boshqa so’z bilan aytganda, faqat unga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri savol qo’yilganda esga olinadi. Qayta esga olish darajasidagi bilim uzoq vaqt xotirada saqlanmaydi. Talaba savol berilganda uni eslashi, ba’zan esa umuman eslay olmasligi ham mumkin.
    Og’zaki-ko’rgazmali yondashuv respublikamiz o’quv yurtlarida keng tarqalgan. Ma’lumot berish tizimida tayyor bilimlarni «o’qituvchi-talabalarga», ularning ehtiyoji va faollik darajasi bog’liq bo’lmagan holda, bevosita berishi mumkin bo’lgan imkoniyatdan kelib chiqadi. Demak, shunga ko’ra o’qituvchining asosiy vazifasi – zaruriy axborotni ma’lum qilishi va uni xotirada mustahkamlash ustida ishlashdir.
    V.Guzeyevning ta’kidlashicha, an’anaviy metodikaga xos bo’lgan xususiyat dastur talablarida ifodalanuvchi ta’lim maqsadlarini «o’zlashtirish» tushunchasi qobig’iga o’ralgan qandaydir noaniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bunda ta’lim jarayonida ko’proq muvaffaqiyatga erishgan o’qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirish asosida ta’lim jarayonlari tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun ilg’or o’qituvchi (pedagog)larning pedagogik faoliyati namunasi qidiriladi, ammo ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan bir qator olimlar va amaliyotchilar alohida metodikalarning davri o’tib ketganligi va har qanday ilg’or pedagoglar tajribalarini umumlashtirish tizimli va maqsadga yo’naltirilgan, samarali ta’limni qurish imkonini bermasligini jiddiy ta’kidlashmoqda.
    Respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi bir qator ijobiy ishlar, fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan o’sishi, bugungi kunda raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish darajasini yuqori tarzda ta’minlashga nisbatan jamiyat ehtiyojlari bilan o’qitish uslublari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib keladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida boshqa yondashuvlarni ham qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.

    Download 27.2 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 27.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza. Ta’lim-tarbiya jarayoniga yondashuvlar mazmuni reja

    Download 27.2 Kb.