Ta’limga innovatsion yondashuvlar




Download 27.2 Kb.
bet5/6
Sana10.09.2023
Hajmi27.2 Kb.
#81024
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu
PUBG MOBILE регламент, MIRZAYOROVA GULHAYO - OBYEKTIVKA, Zakovat SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN ENG SARA SAVOLLAR, wordskilss Булунғур 2 сон кхм, tri, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, 2 dars, Mavzu. Egri chiziqli harakatda ko\'chish tezlik va tezlanish. Ayl, tibbiy bilim asoslari yakuniy javoblari, IT Organizations, 2-lab sql, 1-mavzu sql amaliy, file, i7IHARDgHT0imjb4207
3. Ta’limga innovatsion yondashuvlar.
An’anaviy ta’lim tizimi, shu jumladan tayyorlanayotgan mutaxassislarning pedagogik malaka darajasi va kasbiy yo’naltirilishi mustaqil va rivojlanayotgan mamlakat ehtiyojlarini qondira olmacligi, bu masalani kechiktirib bo’lmasdan yechish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ta’limga innovatsion yondashuvlarni joriy qilish dolzarbligi quyidagi muammolardan kelib chiqadi:
- mutaxassislar kasbiy tayyorgarlik darajasining qoniqarsizligi;
- bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashda kompetent yondashuvga asoslangan ilmiy asoslangan pedagogik tizimning mavjud emasligi;
- nazariy tayyorgarlikning amaliyotdan ustunligi, maxsus fanlarni o’qitish jarayoni bo’lajak mutaxassisning amaliy faoliyati bilan bog’lanmaganligi;
- oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo’yilgan kasbiy talablarni tashxis qilish metodikasining ishlab chiqilmaganligi;
- mutaxassislar tayyorlashning samarasiz rejalashtirilishi;
- moddiy-texnik va axborot bazasining zaifligi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida maxsus bilimlarni olish va ma’naviy-axloqiy mazmun o’rtasida bo’shliqning mavjudligi;
- mutaxassislarni tayyorlashda milliy xususiyatlarning inobatga olinmasligi, madaniy, ma’naviy jihatlarni inkor etishlik va h.k.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning ko’pchilik ta’lim muassasalari turli darajada innovatsion rejimda faoliyat ko’rsatmoqda [Innovasionnoye obucheniye: strategiya i praktika.- M., 1994. 15 s.].
Yangiliklarni o’zlashtirish va amaliyotga joriy etish sifatidagi innovatsion jarayon vositasida oliy ta’lim muassasalarining sifat jihatdan yangi bosqichga o’tishi, rivojlanishi ta’minlanmoqda.
Pedagogik innovatsiyalar shaxsning ma’lumot olish huquqini yanada to’laqonli qondirishga xizmat qilishi lozim [O’zR Konstitusiyasi, 43-modda], uning kafolati esa davlat umumta’lim dasturlarining yaxlit davlat hujjatlaridan iborat davlat ta’lim standartlarida mustahkamlangan.
Muammoga oid adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, innovatsiya tushunchasi ilk marta XIX asrda paydo bo’lgan va muayyan madaniyatning ayrim unsurlarini boshqasiga kiritish ma’nosini anglatgan. XX asr boshlariga kelib, yangi bilim sohasi – yangiliklarni tatbiq qilish haqidagi fan shakllandi hamda mazkur fan doirasida moddiy ishlab chiqarish sohasidagi texnik yangiliklarni tatbiq etish qonuniyatlari o’rganila boshlandi. Pedagogik innovatsion jarayonlar XX asrning 50-yillari so’ngida G’arbda, 80-yillar oxirida esa mamlakatimizda tadqiq etila boshlandi.
Ta’lim muassasalarini maqsadga muvofiq, ilmiy asosda rivojlantirish uchun «yangilik», «innovatsiya», «innovatsion jarayon» tushunchalariga tayanmoq lozim.
O’tgan asrda yuz bergan jamiyat, ta’lim, jumladan oliy maktab inqirozi hammaga ma’lum. Inqiroz holatidan chiqish uchun ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini o’zgartirish, yangilash talab etiladi.
Pedagogikada o’qituvchi va o’quvchilar munosabati xarakteri ikki guruhga ajratiladi: subyekt-obyekt, subyekt-subyekt. Ushbu munosabat xarateriga qarab barcha ta’lim
Ta’limga innovatsion yondashuvlar asosini texnologik, tizimli va ijodiy tadqiqiy yondashuvlar mazmuni tashkil etadi, ya’ni ta’lim markaziga o’quvchi shaxsi qo’yiladi.

Download 27.2 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 27.2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limga innovatsion yondashuvlar

Download 27.2 Kb.