O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI
Biologiya yo’nalishi
221-biologiya (sirtqi ta’lim) talabasi Otaxonova Dilnozaxonning “Botanika” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O'zbekistondagi foydali o'simliklar
Bajardi: Otaxonova D.
Qabul qildi: Allaberganova Z.
Urganch-2023
Reja
Kirish.
I. Adabiyotlar tahlili.
II. Asosiy qism.
2.1. O’zbekiston foydali o’simliklarga abiotik omillar ta’siri
2.2. O‘zbekiston dorivor va foydali o‘simliklarining xomashyo bazasi.
2.3. O’zbekiston tabiatida o’suvchi foydali o’simliklarning tabobatdagi o’rni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O'zbekistondagi foydali o'simliklar mavzusi bo’yicha tushunchaga ega bo’lish. Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xom ashyosidan tayyorlanmoqda. Mutloq ko’pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi iafayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar o‘stirish orqaligina qondirish mumkin. Buning ustiga hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarni, ularni o‘stirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklami keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mam lakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o‘simhklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaiiklarida eng ko‘pi bilan 42 tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moidova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug’ullanish birmuncha yaxshi уo’lga qo’уilgan. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o‘simliklar o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan xo’jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari kо‘plab o‘rni, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarda ham o‘stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor o‘simiiklar xomashyosiga bo‘lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ularni o‘stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hech bir soha boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, о’zlari mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O‘z navbatida dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasi ham о‘simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о‘simliklar fiziologiyasi, о’simliklar biokimyosi, о‘simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha oladi.
O‘zbekiston hududiga yuqori o‘simliklardan 4230 tur o‘simliklar tarqalgan bo‘lib, ular 138 oilani va 1028 avlodni tashkil qiladi. 79 oilaga kirgan 492 tur o‘simliklar madaniylashtirilgan o‘simliklar hisoblanadi. O‘zbekiston florasidan 577 turi dorivor hisoblanadi. Dorivor o‘simliklarni ko‘pchiligi tog‘li hududlarda, tayyorlash qiyin bo‘lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo bo‘ylarida ham katta-katta maydonlarda bir qancha o‘simliklar o‘sadi va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston 47 hududida ma’lumki asosiy qishloq-xo‘jalik ekini paxta hisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni haddan tashqari kengaytirilishi, shu joylardagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zahirasini qisqarib ketishiga olib keldi. SHuning uchun O‘zbekiston florasidagi noyob dorivor o‘simliklar bilan Sog‘liqni saqlash tizimini ehtiyojini qondirish uchun, ularni etishtiradigan xo‘jaliklarni tashkil qilish muammosini xal qilish zaruriyati mavjud.
Mamalakatimizda dorivor o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan xalqimiz ehtiyojini iloji boricha to‘la qondirishning eng zaruriy shart-sharoitlaridan biri- dori vositalarining ro‘yxati (katalog) ning mavjudligidir. Bu ro‘yxat ma’lum bir davrda qaytadan ko‘rib chiqiladi: undan samarasi kam bo‘lganlari chiqarib tashlanadi, hamda horijdan keltiriladiganlariga hojat qolmaganlari ham ro‘yxatdan olib tashlanadi; shu bilan birga Respublikada ishlab chiqarilayotgan yangi, samarali dori vositalari ushbu ro‘yxatga (katalog) kiritiladi. Bu o‘ta muhim ishda farmakognoziya ilmi katta o‘rin tutadi, chunki amalda qo‘llanilib kelinayotgan dori vositalarining katta bir qismini dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari tashkil qiladi. Vatanimizda dorivor o‘simliklarni keng o‘rganilishi va sanoatda ularni asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi natijasida dorivor o‘simliklar ro‘yxatida (nomenklaturasi) katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar ro‘yxati bir necha barobarga ortdi, ularni orasida horijdan keltiriladiganlari ancha kamaydi (strofant, kuchala va boshqalar); 200 dan ortiq maxalliy (yovvoyi va madaniylashtirilgan) o‘simliklar ro‘yxatdan joy olgan. Ammo ular dorivor o‘simliklar bilan ta’minlay olinishi mumkin bo‘lgan katta imkoniyatning bir qisminigina tashkil qiladi.
|