|
Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
|
bet | 5/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #138039 |
Bog'liq O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova DilnozaxonII. BOB. ASOSIY QISM.
2.1. O’ZBEKISTON FOYDALI O’SIMLIKLARGA ABIOTIK OMILLAR TA’SIRI
Tashqi muhitning muayan sharoitlariga foydali o‘simliklarning ontogenezidagi moslashuvi ularning evolyutsiyasini (o‘zgaruvchanligi, irsiyati, tabiiy tanlanishida) natijasi hisoblanadi. Har bir turga mansub foydali o‘simliklarning filogenezini evolyutsiyasi davomida shu o‘simlikning egallab turgan ekologiya sharoitiga moslanishi ro‘y bergan. Foydali o‘simlikning namsevar yoki salqin sevarligi, issiq yoki sovuqqa chidamligi va boshqa bir qator ekologiya xususiyatlari bilan bog‘liq tomonlari uzoq muddat davomida evolyutsiya jarayonida shakllangan. Zero bizning sharoitimizdagi issiqsevar o‘simliklar va qisqa kun o‘simliklari shimoliy mintaqadagi issiqqa talabi kam, uzun kun o‘simliklardan farqlanadi. Tabiatda har bir geografik hududdagi aloxida o‘simlik o‘zining biologiyasi jihatidan mos keladigan ekologiya sharoitijoyida namsevarlar suv havzalarining yaqinida, soyasevarlar-quyosh nuri bevosita ushmaydigan joylarda va shu kabilarda o‘sadi. O‘simliklarning irsiyati tashqi muhitntning muayyan sharoitlarda shakllanadi. Bu o‘rinda o‘simlikning ontogenezi davridagi tashqi muhitning omillarini ta‘siri ham katta ahamiyatga ega. Foydali o‘simliklar qishloq xo‘jalik ekinlarining nixollari, ko‘chatlar ko‘p xollarda tashqi muhitining o‘zlari uchun noqulay bo‘lgan u yoki bu omillarini bo‘lgan ta‘siridan ularga nisbatan tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan yashash uchun kurash natijasi sifatida moslanishlarni hosil qiladilar. O‘simliklar tashqi muhitning noqulay abiotik va biotik omillaridan samarali tarzda himoyalanishadi. Ularga chidamlikni xisobga olgan xolda qishloq xo‘jalik ekinlarini biror hududga ekiladi [I.M.Kultiasov, 1990].
Harorat. Foydali o‘simlik o‘sayotgan muhit sharoitida havo harorati ko‘tarilib ketsa u qizib ketadi. Bizning sharoitimizda havoning harorati +350C dan ortsa hujayraning sitoplazmasidagi qovushqoqlikni ko‘p xollarda ortishi, kamdan kam kamayishi ro‘y beradi. Sitoplazmada qovushqoqlikni ortishi bilan undagi harakat sekinlashadi. Yuqori harorat hujayra shirasining kontsentratsiyasini, hujayra devori orqali mochevina (siydikchil) glitserin, eozin va boshqa moddalarning kirishini oshiradi. Natijada osmotik bosim pasayadi. Harorat +350C dan ortishi bilan monosaxaridlarni ko‘payishi, kraxmal gidrolizi natijasida osmotik bosim ortadi. O‘simlikda ro‘y beradigan fotosintez haroratning o‘zgarishiga ancha sezgir. Haroratni ko‘tarilishi bilan o‘simlikda sodir bo‘ladigan zo‘riqish polimer
moddalarning gidrolizi, ayniqsa oqsillarni parchalanishida ko‘proq namoyon
bo‘ladi. Oqsillarni parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan ammiak qizib ketishga
chidamsiz bo‘lgan o‘simliklarning hujayralariga zaharlovchi sifatida ta‘sir qiladi.
Yuqori haroratga chidamli o‘simliklarda hosil bo‘lgan ortiqcha ammiakni
bog‘lovchi organik kislotalarning miqdori ortadi. O‘simlikni qizib ketishidan saqlovchi asosiy fiziologik jarayoni bu yaproqlar orqali transpiratsiyani tezlashuvi. Bu jarayon ildizlarda amalga oshadigan quyi dvigatelning faoliyatini ortishiga olib keladi. Sukkulent o‘simliklarda issiqqa chidamlik tsitoplazmadagi qovushqoqlikni ortishi va bog‘langan suv miqdorini ko‘payishi bilan himoyalanishi ro‘y beradi.
Qishloq xo‘jalik amaliyotida amaliyotchilar ekinlarni issiqqa chidamligini
oshirish maqsadida ekinlarga ruh tuzining 0,05% eritmasi bilan ishlov beradilar
[I.M.Kultiasov, 1990, H.N. Otaboeva, 2000].
O‘simliklar fiziologiyasi nuqtai nazaridan issiqqa chidamlik xususiyatio‘simlikni yuqori harorat, qizib ketishga chidashi hisoblanadi. Bu irsiy tomonidan belgilangan xususiyat. Qishloq xo‘jaligida ekib hosil olinadigan ekinlar yuqori haroratga chidamliligi bilan farqlanadi. O‘simliklarni issiqqa, yuqori haroratga chidashlariga ko‘ra ularni uch guruhga bo‘linadi:
|
| |