|
Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
|
bet | 4/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #138039 |
Bog'liq O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova DilnozaxonAlkaloidlar asosida yaratilgan preparatlar: glautsin gidroxlorid, sferofizin benzoat, brevikollin gidroxlorid, sekurenin nitrat, galantamin gidrobromid, likorin gidroxlorid, sangviritrin, lyutenurin, dezoksipeganin gidroxlorid, allapinin va boshqalar;
Qumarinlar asosida yaratilgan preparatlar: beroksan, psoralen, psoberan, ammifurin, peutsedanin va boshqalar;
Saponinlar asosida yaratilgan preparatlar: polisponin, diosponin, saparal, tribusponin va boshqalar;
Seskviterpenlar asosida yaratilgan preparatlar: tauremizin, tefestrol, panaferol va boshqalar;
Flavonoidlar asosida yaratilgan preparatlar: buplerin, datiskan, likviritin, flamin, silibor, silibinin va boshqalar.
Saxro (dasht) da yig‘ilgan dorilarning hammasi bog‘larda terilgan dorilarga qaraganda kuchliroq va ko‘pincha xajm jihatidan kichikroq bo‘ladi. Tog‘larda terilgan dorilar esa saxroda terilgan dorilardan ham kuchliroq bo‘ladi. SHamol yuradigan va balandlik yerlardan olingan dorilar boshqa erlardan olinganlaridan kuchliroq bo‘ladi. Uzish vaqtini to‘g‘ri topib olingan dori shu vaqtni aniqlashda xato qilinganiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Abu Ali ibn Sino, Tib qonunlari, 1-kitob, 184 b.
«Ta’lim to‘g‘risi»dagi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» yaratilishi ta’lim sohasidagi qator muammolarni yechish va ulami tubdan isloh qilish, yuksak ma’naviy va axloqiy yuqori malakali kadrlar tayyorlashga asos soldi. Shuningdek, Oliy ta’limning yangicha tizimini va mazmunini shakllantirishda ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‘quv uslubiy majmualami yaratish va о‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash zarurligi ham e’tirof etildi.
Botanika kursi biologiya mutaxassislarini tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda talabalar o‘simliklar olamining - tabiiy boyliklarimizning turli-tumanligini o‘rganish orqali ularning sistematik belgilarini taqqoslash, toksonomik birliklarini o‘rganish, shuningdek, tabiatdagi murakkab o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlar haqidagi bilimlarni shakllantiradilar. O‘simliklar sistematikasidan laboratoriya mashg‘ulotlari davomida talabalar tuban va yuksak o‘simliklaming eng muhim sistematik guruhlari vakillari bilan tanishadilar, ulaming tuzilishi, tarqalishi va ahamiyatini o‘rganadilar. Mazkur qo‘llanma talabalarning laboratoriya mashg‘ulotlari davomida ishni mustaqil bajarishga, fikrlashga, xulosalar chiqarishga va bilimlarni tiklashga qaratilgandir. 0 ‘qituvchi talabalarga, ayniqsa, yopiq urug‘li yoki gulli o‘simliklar turlarini aniqlashda mahalliy materiallarni to‘g‘ri tanlash va aniqlagichlardan foydalanish yo‘llarini o‘rgatishi lozim. Keyingi 10 yillar davomida botanika kursidan amaliy mashg‘ulotlar o‘quv qo‘llanmasi yaratilmagan va hozirgi kunda amalda foydalanilayotgan yangi dasturga muvofiq o ‘simliklar dunyosining tasnifi, ayniqsa, yuksak o‘simliklar qismida ko‘pgina o‘zgarishlar mavjud. Shuning uchun ham, yangi dastur talabiga javob beradigan o‘quv qo‘llanmalar yaratish shu kunimizning dolzarb masalalaridan biridir.
|
| |