|
Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
|
bet | 3/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #138039 |
Bog'liq O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova DilnozaxonTadqiqotning predmeti - Namangan viloyati Pop tumaniga qarashli Chap
adirlaridagi o`simliklarning tur tarkibi hisoblanadi.
Metodlari – Yevropa mamlakatlari sharoiti uchun qabul qilingan metodlarni takomilashtirish orqali qabul qilingan kategoriyalar va kriteriylar hisoblanadi.
Ma’lumki, hamdo‘stlik mamlakatlarining hududini o‘ndan bir qismini o'rmonlar tashkil qiladi. Ular ichida juda ko‘p miqdorda turli dorivor о‘simiiklar o‘sadi. Shuning uchun ham o‘rmonlarni muhofaza qilish ularda yovvoyi holda о‘sadigan dorivor o'simliklarni muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. Tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan (o‘rmon, suv va suv boyliklari, yer osti boyliklari va boshqalar) to’g‘ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz – Respublika Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan. Akademiklar E.M.Lavrenko va A.L.Taxtadjyanlar tashabbusi bilan tuzilgan “Qizil kitob”ning yo‘qolib ketgan va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simliklarni, jumladan dorivor o‘simliklami tabiiy o‘sish haroitida saqlab qolishda, ya’ni ularni muhofaza qilishda ahamiyati juda kattadir. “Qizil kitob”da yo‘qolib ketgan va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simliklarni faqat ro‘yxati keltirilgan bo‘lmay, kitobda shu o‘simliklami tabiiy o‘sish sharoitida saqlab qolish va tiklash qanday choralar ko‘rish lozimligi hamda yo‘qolib ketish sabablari keltirilgan. Sobiq Ittifoq “Qizil kitob”iga 444 ta, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga 163 ta o‘simlik, shu jumladan 20 tadan oshiq dorivor o‘simiiklar kiritilgan. Ularning xom-ashyosini turli maqsadlar uchun yig‘ish qat’iy man etiladi. Shuning uchun zarur bo‘lsa ularni plantatsiyalarda o‘stirish talab etiladi.
Ma’lumki hududlarda o‘sadigan o'simlik va yashaydigan hayvonlarni tabiiy sharoitda saqlab qolish uchun qo‘riqxonalar tashkil qilishni ahamiyati kattadir. Dorivor o‘simliklami tabiatdagi zaxirasini saqlab qolish va har yili ulardan ma’lum miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida, yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlardan tashqari yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Dorivor o‘simlik mahsulotlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri va kerakli miqdorda tayyorlash, to‘g‘ri quritish va saqlash lozim. Bu esa yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklami ortiqcha yig‘ib, keyinchalik ulami mog‘orlatib va chiritib yoki qurtlatib ketishi natijasida tashlashdan saqlaydi.
2. Dorivor o‘simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja bo‘yicha, ko‘p o‘sadigan joylarni va zaxirasini to‘g‘ri aniqlab olingan hamda tayyorlanadigan joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig‘ish lozim. Agarda shu keltirilgan qoidalarga amal qilinsa, bu dorivor о‘simliklarni tabiatda o‘sish joyini saqlab qolish mumkin.
3. Ko‘p yillik o‘simliklaming yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi) dan dori tayyorlanadigan bo‘lsa, ularning ildizi bilan sug‘urib olmaslik lozim. Bordi-yu, yer ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kavlanadigan bo‘lsa, mevasi pishib to‘kilgandan so‘ng yig‘ish kerak. Aks holda shu dorivor о’simliklar keyinchalik o‘sha joyida о‘sib chiqmasligi mumkin.
4. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor о‘simliklar dori tayyorlash uchun yig‘ib olingandan so‘ng (ayniqsa, yer osti organlari kavlab olingandan so‘ng) ularning keyinchalik yana o‘sib chiqishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir yerdan necha yilgacha o‘simlik mahsulotini yig‘ish mumkin va necha yil dam berish kerakligi haqidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak.
5. Dorivor o‘simliklardan kompleks va hamma qismlaridan to‘liq foydalanish zarur bo’lganda ularning xom ashyosini kamroq tayyorlash kerak. Natijada tabiiy o‘sish joyida ularning zaxiralarini saqlab qolish mumkin bo‘ladi. Agarda dorivor о‘simiiklar ildizpoyasi, ildizi, tuganak yoki piyozi dorivor mahsulot bo‘lsa, shu o‘simliklaming yer ustki qismini kimyoviy va farmakologik jihatdan o‘rganib, yer ostki organlari o‘mida ishlatishga tavsiya etish, shu o‘simlikning tabiiy o‘sish joyidagi zaxirasini saqlab qolishda ahamiyati juda katta. Bu ham dorivor o‘simliklarni muhofaza qilishning asosiy tadbirlaridan biridir.
6. Dorivor o ‘simliklami sug‘oriladigan yerlarga ko‘proq ekib o‘stirish va ularni agrotexnikasini yaratilsa, respublikamizda tabiiy sharoitda o'sayotgan dorivor о‘simliklar zaxirasini saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Yuqorida keltirilgan dorivor о‘simiiklar zaxirasini tabiatda saqlab qolish tadbirlariga birinchi galda bu ishga mutasaddi rahbarlar o‘zlari qat’iy rioya qilishlari va boshqalardan ham buni talab qilishlari lozim. Shu ishlaming hammasi amalga oshirilsa, tabiat boyliklaridan biri bo‘lgan dorivor о ‘simiiklar tabiiy o ‘sish joylarida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi va insonga ko‘p xizmat qiladi.
Dorivor o‘simliklar resurslaridan oqilona foydalanishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
Mahsulot tayyorlashni to‘g‘ri rejalash va joyini aniqlash.
Ayrim mintaqalar, tumanlar, joylar uchun uzoq vaqtga mo‘ljallangan resursshunoslik tadqiqotlari dasturini yaratish va dorivor o‘simliklar tayyorlash joyi, hajmini nazorat qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Masalan, ma’lum bir regionda terish mumkin bo‘lgan yovvoyi holda tarqalgan o‘simliklarni ro‘yxati va eng ko‘pi bilan qanchagacha hajmda terish mumkinligi aniqlanadi. bunda teriladigan turlar shu ko‘rsatilgan joy atrofida (kiyik o‘ti er ustki qismi, mayda gulli tog‘rayhon o‘ti va boshqalar); yoki qishloq atrofidagi joylardan terish ruxsat berilgan (yapon saforasi g‘unchalari, do‘lana mevalari) yoki alohida ajratilgan uchastkalar – institut sog‘lomlashtirish ormgohi atrofidan (tubulg‘ibargli bo‘ymadaron guli va boshqalar).
Dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanishda, ularni biologik rivojlanish qonuniyatlari bilimini bilish, terilgandan keyin qancha muddatda bu o‘simlik yana o‘zining tabiiy zahirasini tiklanish muddatini aniqlash, shu o‘simlikdagi biologik faol, ta’sir qiluvchi moddasini hosil bo‘lishi va to‘planish dinamikasiga atrof-muhitni ta’sirini hisobga olish. Bular o‘simlik mahsulotlarini yig‘ishni optimal muddati, usuli va sharoitini aniqlash, shu bilan birga tayyorlash ishlarini samarali bo‘lishiga olib keladi.
XVIII asrning 70 yillari oxirida vrach N.A.Bubnov va mashxur klinitsist S.P.Botkin bu o‘simlikni rasmiy tibbiyotga kiritdilar. Bahorgi adonis dorivor preparatlariga talab katta. Lekin uning yer ustki qismini har yili erta bahorda o‘rib olinishi (yig‘ilishi) hamda adonis yovvoyi holda o‘sadigan asosiy cho‘l hududlarini o‘zlashtirish natijasida uning tabiiy zahirasi ancha kamayib ketdi. SHuning uchun botanik qardoshlikdan kelib chiqqan holda adonis turkumini boshqa yovvoyi holda o‘sadigan turlari - Turkiston adonisi (O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda o‘sadi). Amur adonisi (Uzoq SHarq va Primoreda ko‘p o‘sadigan joylari bor), Sibir adonisi (Ural, Sibir va Qozog‘istonda o‘sadi) va tilla rang adonis (faqat Tyan-SHanning yuqori qismida uchraydi) o‘rganildi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Turkiston adonisi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi va baxorgi adonis bilan bir qatorda tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi. Tillarang adonis esa K-strofantin -β preparatini olish uchun manba sifatida qabul qilindi.
Misol sifatida shu usul bilan izlab topilgan dorivor o‘simliklardan ajratib olingan biologik faol moddalar asosida yaratilgan quyidagi dorivor preparatlarni keltirish mumkin.
|
| |