INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
5
BIOLOGIK FAOL MODDALARNING INSON SALOMATLIGIGA
TA’SIRI.
Baxramova Barno Zokirovna
SamDTU Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasi
Xolbo’tayeva Kamola Anvar qizi
SamDTU Farmatsiya fakulteti 404-guruh talabasi.
Mo’minboyev Diyorbek Jasurbek o’g’li
SamDTU Farmatsiya fakulteti 304-guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8344153
Annotatsiya: Ushbu tezisda biologik
faol moddalarning inson
salomatligiga ta’siri, BFQ larning turlari, qanday kasalliklarni oldini olishda
qo’llanishi shuningdek qanday organizmlar bu guruhni
tashkil etishini bayon
etiladi.
Kalit so’zlar: BFQ, alkaloid, vitamin, glikozid, glikoalkaloid, tannin, yog’li
yog’lar, kumarinlar.
Biologik faol qo'shimchalar oziq-ovqat uchun (ularning tarkibi kiritilgan).
Ba'zilar ichak mikroblar tomonidan ishlab chiqarilgan, oziq-ovqat tarkibida bor
bo’lgan vitaminlar va boshqalar - ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanishdan
paydo bo’lgan moddalarning sintezi natijasidir. Vitamin yetishmasligi modda
almashinuvida turli kasalliklarga (avitaminoz) olib kelishi mumkin. Organizmda
B1 vitamining yetarli miqdorda bo’lmasligi beri-beri
kasalligini keltirib
chiqaradi. Shuningdek vitaminlarning miqdori oshib ketishi gipervitaminozni
keltirib chiqaradi.
Asosiy qism: Balansli ovqatlanish – sogʻligʻimizning asosidir. Biologik faol
ozuqaviy qoʻshimchalar bizning parhezimiz meʼyorida boʻlishini taʼminlash
uchun lozim boʻlgan birikmalar majmuidir. Ular oʻsimlik, hayvonot yoki mineral
xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy
yoki baʼzi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qoʻlga kiritilishi mumkin.
Biologik faol qoʻshimchalar minerallar,
vitaminlar, ozuqaviy tolalar, oʻsimlik
ekstraktlari, toʻyinmagan yogʻli kislotalar,
aminokislotalar , alkaloid, glikozid,
glikoalkaloid, tannin, yog’li yog’lar, kumarinlar va boshqalarni oʻz
ichiga olgan
tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sogʻlom
moddalarni oʻzlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini
kuchaytirib, koʻplab kasalliklarning xavfini kamaytiradi. Ozuqaviy biofaol
mahsulotlar oziq-ovqat va dori vositalaridan quyidagi mezonlarga koʻra
ajratiladi: Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga
erishish uchun biofaol
qoʻshimchalardan foydalanish zaruriyati: