Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana29.09.2024
Hajmi489,68 Kb.
#272890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-MA\'RUZA



8-Mavzu.
ISHLAB CHIQARISH CHANGLARI VA ZAHARLI MODDALARNING 
INSON ORGANIZMIGA SALBIY TA’SIRI, ULARGA QARSHI CHORA-
TADBIRLAR. 
Reja: 
1.
 
Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalar. 
2.
 
Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar. Zararli va zaharli 
moddalarning inson organizmiga ta’siri 
3.
 
Ishlab chiqarishda zararli moddalardan himoyalanish usullari. 
4.
 
Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarni tozalash qurilmalari. 
Tozalash qurilmalarning ishlash prinsiplari 
5.
 
Havoni mo’tadillash. 
6.
 
Avariya shamollatish tizimi. 
 
 
Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalar. 
Ishlab chiqarish chang moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri. Changlarga 
qarshi chora-tadbirlar 
Sanoatda, transportda, qishloq xo’jaligida ko’p ishlar va jarayonlar chang hosil 
bo’lishi, ajralishi bilan amalga oshiriladi. Har xil texnologik jarayonlarni bajarishda 
yuzaga keladigan va havoda muallaq holatda bo’ladigan qattiq moddalarga 
ishlab 
chiqarish changi
deb aytiladi. 
Kimyoviy birikmalar changi
zaharli hisoblanadi. Masalan, naften kislotalari
amino-nitro birikmalar changi, olti va uch valentli xrom birikmasi, shuningdek 
etilenmerkurxlorid, uran, berilliy, merkuran, vannadiy birikmalari-aerozollari 
organizmga o’tgach, qorin, ichak yo’lida va o’pkada kasallanish-zaharlanishlarni hosil 
qiladi. 
Ishlab chiqarish binolarida chang hosil bo’lishi, uni organizmga o’tishining oldini 
olish va unga qarshi kurashish maqsadida texnologik tartibda chora-tadbirlar turkumi 
amalga oshiriladi. Masalan, quruq changlanuvchi materiallarni nam yoki pasta hosil 
qiluvchi holatga, kukunlarni donador (tabletka) ko’rinishiga almashtiriladi. 
Uskunalarning pishiqligi, germetikligi oshiriladi. 
Agar chang ajralib chiqishini bartaraf qilish imkoniyati bo’lmasa, suvdan, namlovchi 
moddalardan foydalaniladi. SHuningdek, chang ajralishini butunlay yo’qotish uchun 
havo almashtirish tizimi, yakka tartibdagi himoya moslamalari ishlatiladi, sanitariya 
norma va qoidalariga amal qilinadi. Kasallik, zaharlanish sodir bo’lmasligi uchun 
chang sanitariya normasida belgilangan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan oxirgi 
darajadan oshib ketmasligi kerak. 
Changlar asosan tabiiy va sun’iy changlarga bo’linadi. 
Tabiiy changlar
- inson ta’sirisiz hosil bo’ladi. Bunday changlarga shamol va 
bo’ronlar ta’sirida qum va tuproqning erroziyalangan qatlamlarining ko’chishi, 
o’simlik va hayvonot olamida, vulqonlar otilishi, boshqa hollarda paydo bo’ladigan 
changlarni kiritish mumkin. 
Aniqlanishicha, har bir kubometr havo tarkibida chang zarralari dalalar va 


bog’larga nisbatan shaharlarda 12 marta ko’proq bo’ladi. Bog’li hududlarda esa chang 
zarralari kamroq bo’ladi. 
Sun’iy changlar
sanoat korxonalari va qurilishlarda insonning bevosita ta’siri 
natijasida hosil bo’ladi. 
Changlar kattaligi, ya’ni dispersligiga qarab 3 guruhga bo’linadi: 

Download 489,68 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning

Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish