tozalashga qodir. Tozalash darajasiga ko’ra gazmolli va elektrik filtrlar o’ta samarali,
ular 10000 mg/m
3
gacha, ya’ni 99,5% changi mavjud havoni tozalashga qodir.
Matoli filtrlarning ishlash prinsiplarini changlangan
havoning mato orqali sizib
o’tkazishga asoslangan bo’lib, havodagi changlar mato tolalari tuklariga ilinib qoladi,
havo esa tozalanib, chiqarib yuboriladi. Matoli filtrlarning chang tozalash qobiliyati
matoning qalin yoki yirik to’qilganligiga uning tollari tarkibiga bog’liq.
Masalan, qalin to’qilgan junli matolarda changni ushlanib qolish imkoniyati ko’p
va bunday matolarning chang tutish samaradorligi juda yuqori bo’lib 95-99,9% ni
tashkil qiladi. Lekin shuni ham eslatib o’tish kerak, bunday
matoli filtrning havo
o’tkazishga qarshiligi nihoyatda katta bo’lib, taxminan 1200-4000 n/m
2
ni tashkil
qiladi (bunda 1200 birligini filtr ishga qo’yilgan vaqtdagi qarshiligi va 4000 n/m
2
esa
changga to’yingan vaqtdagi qarshiligi tushuniladi). Bunday katta qarshilikni engish
uchun nihoyatda ko’p energiya sarflaydigan ventilyatorlardan foydalanishga to’g’ri
keladi. SHuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan
filtrlarning ishchi qismi
bo’lgan matolarni, siyrak to’qilgan, ammo tukli turlari tanlanadi. Bunda biz filtr
qarshiligini kamaytirishga erishamiz, shuning bilan birga sertuk siyrak to’qilgan
mato orqali o’tayotgan changlangan havo o’z yo’nalishini bir necha marta o’zgartiradi
va changlar mato g’adir- budirliklari va tuklarida ushlanib qoladi.
Mexanik chang ajratuvchilar -
turli xil siklonlar, chang o’tiruvchi kameralar, chang
to’plovchilar. Chang tozalash kameralari o’z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng sodda
chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi.
Changlangan havo tozalash kamerasiga truba orqali kameraga yuboriladi.
Kameraga yuborilayotgan havo ma’lum miqdordagi tezlikka ega bo’lganligi sababli
(18-22m/s), havoning qarshiliksiz chiqib ketishini kamaytirish maqsadida devor to’siq
o’matilgan. Changdan tozalangan havo chiqib ketishi uchun chiqarib yuborish trubasi
o’rnatilgan.
Hozirgi vaqtda ishlash tartibi maxsus silkitib-qoqish
merxanizmiga ega bo’lgan filtrlar yaratilgan. Filtrga havoni
gorizontal va vertikal
holatdagi truboprovodlar orqali yo’naltiriladi. Ammo gorizontal yo’naltirgan
ma’qulroq, chunki bunda bunkerda yig’ilgan changni to’zg’atib yuborish imkoniyati
kamroq. Kameraga kirgan changlangan havo tarkibidagi yirik changlar to’g’ridan-
to’g’ri bunkerga tushadi. Mayda changlar bilan changlangan havo englarga yo’naladi
va unda mayda changlardan tozalanadi. Englar orqali tozalanib o’tgan havo kameraga
o’tadi va undan ventilator yordamida so’rib tashqariga chiqarib yuboriladi. Bu filtrning
ishlash jarayonida uning seksiyalaridan biri to’xtatilib, silkitib-qoqish yo’li bilan
englarni changdan tozalanadi. Har bir seksiyadagi englarni galma-gal silkitib qoqish
ishini maxsus ekssentrik mexanizm bajaradi. Bu mexanizm
filtrning yuqori qismiga
o’rnatilgan. Silkitib qoqish vaqtida englar osib qo’yilgan asos yuqoriga ko’tariladi va
o’z og’irligi ta’sirida keskin pastga tushadi. Englarni silkitib-qoqish bilan birga uning
qarama-qarshi yuzasi orqali havo yuborib puflanadi. Englarni tozalash uchun
seksiyalardan biri to’xtashi bilan kameraga havo ochiladi. Filtr havo so’rilish holatida
bo’lganligi sababli (chunki ventilator havoni filtr orqali so’radi) xonadagi havo xuddi
shu seksiyaga tomon so’riladi, buning bilan engning to’qimalari orasiga siqilib kirgan
changni chiqarib yuboriladi. 10 marta keskin silkitib-qoqish va qarama-qarshi
tomonidan havo berish bilan tozalangan filtr ishga tushib ketadi. Filtrni bir seksiyasini
tozalash 3-5 minut davom etadi. Bunday filtrning havo tozalash samaradorligi 95-99%
ni tashkil qiladi. Havo tozalash quvvati 5-8 m
3
/s. qarshiligi 10002500 Pa. Agar
tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda qo’p bo’lmasa,
unda tozalash uchun
filtrning o’zi etarli hisoblanadi. Agar chang haddan tashqari ko’p bo’lsa, ikki pog’onali
tozalash qurilmasi ishlatilib, uning birinchi pog’onasiga siklon va ikkinchi pog’onasiga
filtr ishlatiladi.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, filtr asosan changlar qimmatbaho bo’lganda (oziq-
ovqat mahsulotlari changi va ba’zi qimmatbaho metallar) yoki tarkibidagi chang odam