ishlarining to’g’ri tashkil qilinishi ham muhim omil hisoblanadi;
-
- shamollatish usuliga qo’yiladigan asosiy gigienik talab - zaharli moddalar hosil
bo’ladigan zonada ularni havo muhitiga tarqalgan taqdirda esa, sof havo berish yo’li
bilan miqdorini pasaytirib, kuch sizlantirishdan iborat.
21-rasm. Shaxsiy muhofazalanish vositalari
Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shaxslar xususida mehnat qonunida ish kunini
chegaralash, ta’tilning davomiyligini ko’paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatda
chiqarish kabi chora-tadbirlar ko’zda tutiladi. Organizmga zararlanishning xavfli ta’siri
yuqori bo’lgan korxonalarda ayollar va o’smirlarning ishlashiga ruxsat etilmaydi. Ish
zonasidagi zaharli moddalarning YQM davlat tomonidan belgilangan. YQM zavod,
fabrika va boshqa muassasalar uchun majburiydir.
Kasbga doir zararlanishlarni hisobga olish va qayd qilish majburiy hisoblanadi.
«Korxonalarda baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizom»ga
muvofiq har bir zararlayish hodisasi tekshirilishi va ularning oldini olish chora-
tadbirlari ishlab chiqilishi kerak. Davolash - profilaktika tadbirlari ishlab chiqarishda
ro’y beradigan zaharlanishlarning oldini olishda muhim o’rin tutadi. Ularga, birinchi
navbatda, ishchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va maxsus ovqatlanishni tashkil etish
kiradi. Zaharlarning ta’sir qilish ehtimoli bo’lgan qator korxonalarda ishchilar uchun
qo’shimcha va maxsus ovqatlanish ko’zda tutilgan.