Geologik hodisalar, ulardan muhofazalanish chora




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#237702
  1   2   3


YER KO‘CHISHLARI, TOG‘ O‘PIRILISHLARI VA BOSHQA XAVFLI
GEOLOGIK HODISALAR, ULARDAN MUHOFAZALANISH CHORA-
TADBIRLARI 
4-§. Ko‘chki, uning sabablari va talofatlari, oldini olish chora-tadbirlari 
 
Ko‘chki – bu behosdan qo‘zg‘aluvchi, namligi yuqori bo‘lgan katta 
hajmdagi tuproq yoki tog‘ jinsi bo‘lib, o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘, qir va 
adir yonbag‘irliklaridan pastga qarab harakatlanadi. Ko‘chki sodir bo‘lishida 
yonbag‘rliklarda joylashgan tuproqlar ostida yotgan suv o‘tkazmaydigan tog‘ 
jinslarining yotish qiyaligi muhim ro‘l o‘ynaydi. Suv o‘tkazmaydigan tog‘ 
jinslarining yotish qiyaligi relyefga mos bo‘lsa, uning ustida yotgan massaning 
ko‘chki hosil qilishi shuncha yuqori bo‘ladi. Ko‘chki sodir bo‘lishi uchun ko‘chki 
xavfi bor joylarda yoqqan yog‘ingarchilik natijasida yonbag‘irlikdagi tuproq 
massasi namlikka to‘yinib, oquvchan holatga o‘tadi va tuproq tagida yotgan suv 
o‘tkazmaydigan tog‘ jinslari yuzasi bo‘ylab pastlikka shitob bilan harakat qiladi. 
Ko‘chki hajmi bir necha o‘n ming m
3
dan bir necha yuz ming m
3
va undan 
ortiq bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi surilmalar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori 
tezlikda harakatlanib, barcha tirik mavjudodlarni halok qiladi, ekinlarni payhon 
qiladi, aholi punktlari, fuqaro va sanoat muassasalari va avtomobil yo‘llarini 
ishdan chiqaradi. Shuning uchun ko‘chkilar ham huddi zilzila kabi tabiatning 
xavfli ofatlaridan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida 
hozirgi kunga qadar juda ko‘plab yer surilishlari - ko‘chkilar kuzatilgan.


3.12-rasm. Ko‘chki hosil bo‘lish sxemasi. 
Chaulisoy ko‘chkisi - 1960 yil 30 aprel, 30 kishi halok bo‘lgan, umumiy 
massa 200 ming m
3
, Xojikent ko‘chkisi -1961 yil, 12 kishi halok bo‘lgan, umumiy 
massa 1000 m
3
, Jigariston ko‘chkisi -1991 yil 4 may, 56 kishi halok bo‘lgan, 
umumiy massa 176 ming m
3
, Oqtosh ko‘chkisi -1993 yil 11 mart, 5 kishi halok 
bo‘lgan, umumiy massa 80 ming m
3
, Qoraqishloq ko‘chkisi - 1994 yil 29 mart,
3 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 400 ming m
3
ni tashkil qilgan. 
Jumladan, 1911 yil 11 fevral kuni Pomirning Muzko‘l tog‘ tizmasida
9 ballik zilzila bo‘lib, uning natijasida Ugoy ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Ko‘chki o‘zi 
bilan 2,5 km
3
tog‘ jinsini 2,5 km masofaga surib borib, Murg‘ob daryosini to‘sib 
qo‘ygan. Talofat natijasida Ugoy qishlog‘i ko‘chki ostida qolib, 54 kishi halok 
bo‘lgan. Hozirgi kunda bu yerda chuqurligi 703-788 m, eni 4,3-5,3 km bo‘lgan 
tabiiy to‘g‘on oldida dunyoga mashhur Sorez ko‘li paydo bo‘lgan. 
1973 yili Respublikamizning Ohangaron vodiysida sodir bo‘lgan tog‘ 
jinslarining surilishi XX-asrning eng kuchli yer surilishi hisoblanadi. U yerda 
surilgan tuproq hajmi 700 mln. m
3
ni tashkil qilgan. Bu fojianing yuz berishiga 
asosiy sabab, 100-130 metr chuqurlikda yotgan ko‘mir qatlamlarini yer qa’rida 
yondirilishidir. 
1987 yil 7 dekabrda Tojikistonning Sharora qishlog‘ida ro‘y bergan yer 
surilishi natijasida, kengligi 900 metr, qalinligi 70 metrga yaqin bo‘lgan tog‘ jinsi 


bo‘lagi harakatga kelib, 450 dan ortiq odamni bosib qolgan. Bu surilmaning sodir 
bo‘lishiga yer qa’rida tarqalgan g‘ovak tog‘ jinslarining suvga to‘yinishi, yer osti 
suvlari sathining ko‘tarilishi, hamda 7 ballik yer qimirlashi sabab bo‘lgan. 
1991 yil Ohangaron vodiysida yana bir kuchli «Jigariston» yer surilishi sodir 
bo‘lgan. Bu yerda hajmi 30 mln. m
3
bo‘lgan g‘ovak tuproqlarning 7 soniya 
davomida surilib pastga tushishi natijasida bu yerda yashovchi 50 dan ortiq odam 
ko‘chki tagida qolib qurbon bo‘lgan. Surilmaning sodir bo‘lishiga sabab, qishloq 
joylashgan hududning yonbag‘irlik pastida joylashganligi, yonbag‘irlikda joy 
olgan tog‘ jinslari katta qalinlikdagi serg‘ovak tog‘ jinslaridan tashkil topganligi, 
bu tog‘ jinslari ustida uzoq yillar davomida portlatish ishlari olib borilganligi 
hamda o‘sha yili yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lganligi deb izohlanadi. Bunday 
misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. 
Ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashaydigan aholi 
ko‘chkining belgilari, tavsifi va xavfi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi va bunday 
vaziyat yuzaga kelgan taqdirda qanday harakat qilish lozimligini bilishi kerak. 

Download 0,54 Mb.
  1   2   3




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geologik hodisalar, ulardan muhofazalanish chora

Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish