Ko‘chkini oldini olishning bilvosita va bevosita usullari
mavjud:
Ko‘chkini oldini olishning
bilvosita usullariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-qiya sathlarda qurilish va u bilan bog‘liq bo‘lgan qazish ishlarini olib
bormaslik;
-yonbag‘irliklar ostida yemirilgan tog‘ jinslarini to‘planishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
-ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan joylarga yaqin joylashgan yo‘llarda temir
yo‘l poyezdlari va avtotransportlar harakatini belgilangan tezlikdan oshirmaslik;
-yonbag‘irliklarda serildiz daraxtlar turini ko‘paytirish;
-yonbag‘irliklarda sug‘orish va shudgorlash ishlarini olib borilishiga yo‘l
qo‘ymaslik.
Ko‘chki harakati va ta’sirini bartaraf etishning
bevosita
usullari
quyidagilardan iborat:
-ko‘chki harakati tezligining sekinlashtirish yoki to‘xtatishga qaratilgan
tadbirlarni ishlab chiqish;
-suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish;
-daryo va suv havzalari qirg‘oqlarining yuvilib ketishini oldini oluvchi
tusiqlar qurish;
-yer osti suvlari sathini pasaytirish;
-tog‘ jinslarini surilib ketishidan saqlovchi tirgak devorlar qurish;
-ko‘chib tushishi mumkin bo‘lgan tog‘ jinslarining fizik-mexanik
hususiyatlarini sun’iy usulda yaxshilash. Ularning namligini oshib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik.
Ko‘chkilarning shunchalik halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib
1958 yilda O‘zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muhandis-geologik Davlat
kuzatuv xizmati tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati vatanimiz hududi bo‘yicha 7 ta
hududiy kuzatuv stansiyasiga va 21 ta postlarga ega. Ularning kuzatuv
maydonlarida 8 mingdan ortiq xo‘jalik obyekti, 144 ta sog‘lomlashtirish majmuasi,
170 ta avtoyo‘l maydoni, 20 dan ortik tog‘-kon sanoati va gidrotexnika inshootlari
mavjud. Davlat kuzatuv xizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan
tunu-kun xizmat vazifasini ado etmoqda. Ko‘chkilarni o‘rganishdagi birinchi
muammo ularning ro‘y berish vaqtining mavhumligidadir. Chunki ko‘chki
bexosdan rivojlanadigan xavfli geologik jarayonlar sirasiga kiradi. Ko‘chki
balosidan saqlanishning eng ishonchli usuli, bu aholini o‘z vaqtida ogoh etish va
xavfsiz joylarga ko‘chirishdir.
|