• Keys savollari: 1. Eritmada erigan temirning konsentratsiyasini aniqlang. 2. Ishni bajarish tartibini yozing. Keys javobi
  • Ishni bajarish tartibi.
  • Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash




    Download 19,56 Kb.
    Sana15.11.2023
    Hajmi19,56 Kb.
    #99129
    Bog'liq
    eritmadagi temir 11


    Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
    Temir (II) kationlari Fe2+ havo kislorodi yoki boshqa oksidlovchilar ta’sirida oson oksidlanib, temir (III) Fe3+ ga aylanadi. Shuning uchun temir (II) birikmalarining eritmalarida doimo temir (III) kationlari bo‘ladi. Xuddi shu sababli oq tusli temir (II) gidroksid Fe(OH)2 havoda dastlab yashilroq, so‘ngra qo‘ng‘ir tusga kirib, temir (III) gidroksid Fe(OH)3 ga aylanadi:
    4Fe(OH)2+ O2+2H2O=4Fe(OH)3
    Fe(OH)2 asos xossalarini namoyon qiladi, mineral kislotalarda yaxshi erib, tuzlar hosil qiladi.
    Keys savollari:
    1. Eritmada erigan temirning konsentratsiyasini aniqlang.
    2. Ishni bajarish tartibini yozing.

    Keys javobi:
    Eritmada erigan moddaning konsentratsiyasini aniqlash. Standart eritmalar o`lchangan kyuvetaga konsentratsiyasi noma`lum eritma quyiladi va tanlangan yorug`lik filtri yordamida uning optik zichligi o`lchanadi. Optik zichlikning bu qiymati darajalash chizmasi tuzilgan koordinata sistemasining A o‘qiga qo‘yiladi. Shu nuqtadan darajalash chizmasi bilan kesishguncha c o‘qiga parallel chiziq tortiladi. Bu chiziq bilan darajalash chizmasi kesishgan nuqtadan c o‘qiga perpendikulyar tushiriladi. Konsentratsiya o‘qining shu chiziq kesgan nuqtasidagi qiymati eritmaning konsentratsiyasiga teng bo`ladi.
    Temir (III) ioni elektronlar bilan to‘liq to`lmaganligi uchun xromofor xossasiga ega. Shuning uchun uni aniqlashda sulfosalitsil kislota kabi rangsiz reagentlardan ham foydalanish mumkin. Temir (III) ning sulfosalitsilat bilan hosil qilgan kompleksi rangli bo`lib , rang ligandning orbitalida lokallangan elektronning metall atomidagi bo‘sh orbitalga o‘tishi hisobiga paydo bo`lad i. Eritmaning kislotaliligiga qarab temir (III) sulfosalitsil kislota (2—gidroksi-5— sulfobenzoy) bilan tarkibi har xil bo`lgan komplekslar hosil qiladi.
    Eritmaning pH qiymati 1,8 dan 2,5 gacha bo`lsa, qizil-binafsha rangli (λmax=510nm va ε= 1800) monosulfosalitsilat, pH=4,0-8,0 bo`lganda disulfosalitsilat va pH=8,0—11,5 bo`lganda sariq rangli (λmax-416 nm va ε=5800) trisulfosalitsilatli komplekslar hosil bo`ladi. Kislotali muhitda mis va aluminiyning sulfosalitsilatli komplekslari temir (III) nikiga qaraganda beqarorroqdir. Shu bois bu ionlar temirni aniqlashga xalaqit bermaydi. Temirning trisulfosalitsilatli kompleksi yetarli darajada barqaror bo`lganligi uchun eritmada atsetat, borat, fosfat va ftorid ionlari bo`lgan vaqtda ham temirni aniqlash mumkin.
    Ishni bajarish tartibi. Asosiy standart eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NH4Fe(SO4)2 · 12H2O temir achchiqtoshidan tarozida 0,5190 g tortib olib, u hajmi 100 ml bo`lgan kolbaga solinadi.
    Eritmani nordonlashtirish uchun kolbaga 10 ml suyultirilgan (1:1) sulfat kislota va belgisigacha distillangan suv quyiladi. Bunda standart eritmaning konsentratsiyasi 0,06 mg/ml bo`ladi. So‘ngra sulfosalitsil kislota va ammiakning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Keyin beshta standart ishchi eritma quyidagicha tayyorlanadi: beshta 100 ml hajmli kolbaga asosiy standart eritmadan 1,2, 3,4 va 5 ml o`lchab quyiladi.
    Har bir kolbaga sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan ham 10 ml dan qo‘shiladi. Kolbalarga belgisigacha distillangan suv quyilib, eritmalar yaxshilab aralashtiriladi. Standart eritmalarning erituvchiga nisbatan optik zichliklari λ=416 nm to`lqin uzunligida besh martadan o`lchanadi. Ishlatiladigan erituvchini tayyorlashda 100 ml hajmli kolbaga 10 ml sulfosalitsil kislota, 10 ml ammiak eritmalari quyiladi va kolba belgisigacha distillangan suv bilan to`ldiriladi. O`lchash natijalarining o‘rtachasi topilib, eritmaning optik zichligi va konsentratsiyasi orasidagi bog`lanishni ifodalovchi darajalash chizmasi tuziladi.
    Tarkibida 0,1 dan 0,6 mg gacha temir bo`lgan namuna 100 ml sigimli kolbaga o`tkaziladi. Unga 10 % sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan 10 ml dan quyiladi, hamda distillangan suv qo‘shib eritma sathi kolbaning belgisiga qadar yetkaziladi. Shundan so‘ng tekshiriladigan eritmaning optik zichligi o`lchanadi va uning konsentratsiyasi topiladi. Olingan natijalar yordamida namunadagi temirning umumiy miqdori hisoblanadi.


    Download 19,56 Kb.




    Download 19,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash

    Download 19,56 Kb.