|
Shartli reflekslarini xosil bo’lishi tormozlanish slayd
|
Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #142273 |
Bog'liq Turgunov Ozodbek shartli reflekslarni hosil bolishi
Shartli reflekslarini
xosil bo’lishi tormozlanish
Biologik diktant
Oliy nerv faoliyati. Odam va yuksak hayvonlarning barcha xatti-harakatlari muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, markaziy nerv sistemasining faoliyati uning …….xususiyati bilan bog‘liq. Nerv sistemasining ……….xususiyatini ……………tushuntirib bergan. U odamning xatti-harakati va ruhiy holati nerv sistemasining reflektorlik xususiyati bilan bog‘liqligini isbotlab berdi. Uning ……..-yilda chiqqan «………….» asarida bosh miya reflekslari yoritib berdi.
SSavol
Bosh miya reflekslari o'zaro chambarchas bog‘langan uchta qismdan iborat.,
ular qaysilar?
Javob
Birinchi qismi tashqi muhit ta’sirida sezgi organlarida qo‘zg‘alish hosil bo‘lishi, ikkinchi qismi miyada hosil bo'ladigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari asosida yuzaga keladigan psixik holatlar (sezgi, taassurot, tasavvur) va uchinchi qismi odamning xatti-harakatidan iborat.
I. P. Pavlov shartli reflekslar hosil boli- shini itlarda tajriba orqali ko'rsatib bergan.
Itga ovqat berilganda unda reflektor tarzda solak ajrala boshlagan, ya’ni shartsiz refleks paydo bolgan. Shartli refleks hosil qilish uchun itga ovqat berishdan yarim minut oldin elektr chirog‘i yoqib qo‘yilgan- Bu ish bir necha marta takrorlangach, chiroq yoqilganida ovqat bolma- sa ham itda solak ajrala boshlagan. Tajribada ovqat berilishi solak ajralishi uchun shartsiz ta’sirlovchi, chiroqning yoqilishi solak ajralishi uchun signal, ya’ni shartli ta’sirlovchi boladi.
Great Kids
39382
Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida muayyan shartli ta’sirlovchi ta’sirida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo'lishi bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i bilan bog‘liq. Har bir organizmning o‘ziga xos bo‘lgan shartli reflekslari muhit sharoiti ta’sirida o'zgarib turadi.
Ovqatlanish shartli reflekslari faqat ovqatni ko‘rganda emas, balki ovqat to‘g‘risida o‘ylaganda ham hosil bo'ladi. Masalan, limonning ta’mini tatib ko‘rgan odamning xayoliga limon kelganida so‘lak ajrala boshlaydi.
Hayot davomida har qanday odamga xos bo‘lgan xatti-harakatlar va ko‘nikmalar, chunonchi:
1.bilim olish,
2.kasb o'rganish
3. o‘qish
4.yozish
kabi faoliyatlar ham shartli reflekslarga misol bo'ladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi.
1.Tashqi tormozlanish
2.Ichki(so ‘nuvchi ) tormozlanish
a)Induksion tormozlanish
b)Himoyalovchi tormozlanish
Induksion tormozlanish shartli refleks hosil qilgan ta’sirlovchiga nisbatan kuchliroq yoki notanish ta’sirlovchining nerv markaziga ta’sirida paydo bo'ladi. Masalan, chiroq yoqilganida itda hosil bo'lgan ovqatlanish refleksi qo‘ng‘iroqning baland ovozi ta’sirida so‘nadi. Tormozlanish ovqatlanayotgan it boshqa it ovozini eshitganida paydo bo'ladigan chamalash refleksi ta’sirida ham sodir boladi. Odamda ham ovqatning hidi, ko'rinishi va mazasiga nisbatan hosil bo'lgan ovqatlanish shartli refleksi kuchli shovqin-suron yoki xunuk xabar ta’sirida so‘nishi, ya’ni so‘lak va oshqozon shirasi ajralishi to‘xtashi mumkin.
39382
Himoyalovchi tormozlanish nerv markazlari hujayralaridagi energiya sarfi bilan bog‘liq. Energiya kamaygan sari nerv hujayralari charchab, tormozlangan holatga o‘tadi. Bunday tormozlanish organizmni zo‘riqib kasallanishdan, hujayra va to'qimalarni yemirilishdan saqlab qoladi.
Shu sababdan esdan chiqqan bilim yoki hunar takrorlanganida yana esga keladi. So‘nuvchi tormozlanish tufayli odam o‘rgangan bilimlar unutilsa ham uning hayoti uchun zarur bo‘lgan qismi esda saqlab qolinadi.
Ichki shartli, ya’ni so nuvchi tormozlanish. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida hosil bo‘ladi. Ular mustahkamlanib turilmasa asta-sekin so‘nadi. Masalan, agar chiroq yoqilganidan so‘ng itga ovqat berilmasa va bu hoi bir necha marta takrorlanadigan bo‘lsa, chiroqning yoqilishi itda so‘lak ajralishi refleksini paydo qilmaydi. Xuddi shuningdek, odamning bilim, hunar o‘rganishi muayyan qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida hosil qilinadigan shartli reflekslar, ya’ni bosh miya yarimsharlar nerv markazlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan xilma-xil bog’lanishlarbilan bog‘liq. Agar o‘rganilgan bilim takrorlanib turilmasa esdan chiqadi, ya’ni nerv markazlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar uziladi. Lekin bu bog'lanishlar yo'qolsa ham, ularning izi qoladi.
Shartli reflekslar shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkamlanib turilmasa, so‘na boshlaydi, ya’ni tormozlanadi. Masalan, chiroq yoqilganidan so‘ng itga ovqat berilmasligi ketma-ket bir necha marta takrorlanadigan bo'lsa, chiroqning yoqilishi itda soiak ajralishi refleksini paydo qilmaydi. Shartsiz va shartli reflekslar notanish ta’sirlovchi - chamalash refleksini hosil qiladi. Chamalash refleksi boshqa organlarda qo‘zg‘alishni paydo qiladi, oldingi qo‘zg‘algan markazlar tormozlanish holatiga o‘tadi. Masalan, quloqlarini ding qiladi, boshini burib qaraydi. It bosh miyasidagi ovqatlanish markazi tormozlanib, so‘lak ajralishi to‘xtaydi.
39382
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
|
| |