• TRANSPORT VOSITALARINING ONIY TEZLIGINI MAVJUD KO‘CHA SHAROITIDA ANIQLASH. Reja
  • Andijon Mashinasozlik Instituti Transport va Logistika fakulteti Avtomobil servisi yo’nalishi




    Download 180.99 Kb.
    Sana30.03.2024
    Hajmi180.99 Kb.
    #181962
    Bog'liq
    Ixlos bek 2
    d276e28dfe76740d52c32d79c8a6034c INFORMATIKA 5-SINF, Мастер горный подземный, Xorijiy til va zamonaviy kasblar Prezident qarori, L ishi Andijon mashina-WPS Office, 6-topshiriq ans

    Andijon Mashinasozlik Instituti
    Transport va Logistika fakulteti
    Avtomobil servisi yo’nalishi
    4-kurs k-35-20-gurux talabasi
    Abdurashidov Ixlosbekning
    Harakat xavfsizligini tashkil
    etish asoslari va transport
    logistikasi fanidan qayta
    oʻzlashtirishi
    TRANSPORT VOSITALARINING ONIY TEZLIGINI MAVJUD KO‘CHA SHAROITIDA ANIQLASH.
    Reja:
    • Avtomobil yo`lining kuzatuvidan erishiladigan narsalar
    • Transport vositalarining harakat tezligini o’lchash

    Yilning har qanday vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun avtomobil yo`lining konstruktiv elementlari va holatini doimiy kuzatib borish darkor. Bunday ishlarni bajarish uchun esa avtomobil yo`lini tekshirishning mujassamlashgan rejasi tuziladi va unga asosan harakatlanish sharoitini yaxshilash borasida tavsiyalar ishlab chiqiladi. Yo`lning transport-ekspluatatsion sifatini oshirishga qaratilgan har qanday ish turi kuzatuv asosida olib boriladi. Kuzatuv natijalari yo`l harakatini tashkil etishda, yo`l to`shamasini mustahkamlashda yoki biron-bir yo`l bo`lagini qayta ta’mirlashda boshlang`ich ma’lumot sifatida foydalaniladi.
    Harakat tezligi yo‘l harakatining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u yo‘lda harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo‘ladi. Yo‘ldada eng ob’yektiv ko‘rsatkich sifatida harakat tezligining butun yo‘nalish bo‘ylab o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o‘zgarish egri grafigini chizish marshrut bo‘ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu esa amalda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi va ko‘pchilik hollarda uni bajarib bo‘lmaydi. Shuning uchun harakatni tashkil qilishda yo‘lning xarakterli bo‘laklarida transport vositalarining oniy tezligini o‘lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda ko‘nikma hosil qilingan.
    Avtomobil yo`lining kuzatuvidan quyidagilarga erishiladi: yo`lning pasportini tuzish; yo`l belgilarini joylashtirish va yo`l belgi chiziqlarini tushirish sxemasini tuzish; avtomobil yo`lini to`liq jihozlash sxemasini tuzish; og`ir yukli avtopoyezdlarni yoki gabaritdan katta yuklarni o`tkazish imkoniyatini aniqlash; ta’mirlash va saqlash ishlari turini aniqlash; yo`lni, uning biror elementini ta’mirlash yoki qayta ta’mirlash loyihasini tuzish; zamon me’yoriy hujjatlariga yo`l elementlarining mosligini aniqlash; yo`l yoki uning elementlarini ekologik talablarga javob berishini aniqlash; yo`l yoki uning elementlarini arxitektura talablariga mosligini belgilash; transport oqimi rejimini yo`lning har xil bo`laklarida aniqlash; yo`lning transport-ekspluatatsion sifatini baholash; yo`l yoki uning bo`laklari bo`yicha yonilg`i-moy sarfini baholash va h.k.
    Transport vositalarining harakat tezligini sekundomer bilan o‘lchash uchun yo‘lning chorraha va to‘g‘ri qismlarida ma’lum bir masofa belgilab olinadi. Asosan o‘lchov masofasining uzunligi 50 m.dan (harakat tezligi kichik bo‘lgan joylarda) - 150 metrgacha (harakat tezligi yuqori bo‘lgan joylarda) belgilanadi. Transport vositalarining kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo‘l yoqasiga oq-qora rangli bo‘yoq bilan bo‘yalgan ishora tayog‘i o‘rnatiladi yoki yo‘lning qatnov qismiga ko‘ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Kuzatuvchilar (talabalar) harakat tezligini o‘lchash uchun real ko‘cha sharoitida o‘tayotgan transport vositalarini ko‘z bilan ko‘rib kuzatish (vizual) usuli bilan tezligini sekundomer yordamida aniqlaydilar. Kuzatuv natijalarini oldindan tayyorlangan jadvalga yozib boradi. Kuzatuvchi transport vositasining oldi bamperi o‘lchov chizig‘iga kirganda daqiqa o‘lchagichni ishga tushiradi va o‘lchov masofasidan chiqishda uni to‘xtatadi.
    Download 180.99 Kb.




    Download 180.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon Mashinasozlik Instituti Transport va Logistika fakulteti Avtomobil servisi yo’nalishi

    Download 180.99 Kb.