Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana29.09.2024
Hajmi489,68 Kb.
#272890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Nazorat savollari 
1.
 
Ishlab chiqarish zaxarlari to'g'risida tushuncha bering? 
2.
 
Zaharli moddalarning qanday guruhlari farqlanadi, ularga tarif 
bering? 
3.
 
Qanday moddalarga zararli yoki zaxarli moddalar deb ataladi? 
4.
 
Zaxarli moddalarning odam tanasiga kirish yo'llarini ayting? 
5.
 
Zaxarli moddalarning ta' siri nimalarga bog'liq? 
6.
 
Zaxarlarga misollar keltiring? 
7.
 
Zaxarli moddalarning qanday guruhlarini bilasiz? 
Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarni tozalash qurilmalari. Tozalash 
qurilmalarning ishlash prinsiplari 
CHanglarni ajratib olish toqima matolar yordamida tutib qolish ishlari keng yo’lga 
qo’yilgan bo’lishiga qaramay, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan qurilmalar sanoat 
talablariga to’la javob berolmaydi. Yirik changlarni tutib qolish yoki ajratib olish uncha 
qiyin emas, ularni 
markazdan qochma kuchga
asoslangan chang tozalash qurilmalarida 
ajratib olish oson. Chang zarralari maydalasha borgan sari ularni ajratib olish 
imkoniyatlari ham kamaya boradi. Mayda changlar og’irligi uni yuritayotgan havo 
molekulalaridan ko’p farq qilmaganligi sababli, ularni markazdan qochma qurilmalar 
yordamida mutlaqo ajratib bo’lmaydi, to’qima matolar orqali o’tkazganda, mato 


qancha qalin bo’lgani bilan, chang undan o’tib ketadi. Ikkinchi tomondan 
qalinlashtirilgan mato orqali havoning sizib o’tishi qiyinlashadi, bu esa o’z navbatida 
ba’zi bir muammolarni keltirib chiqaradi. 
Bu muammolarning eng asosiysi havo tozalash qurilmasining qarshiligining ortib 
ketishidir. Katta qarshilikka ega bo'lgan qurilma nihoyatda qimmatbaho bo'lishi bilan 
birga, ko'p miqdorda elektr quvvati talab qiladi. 
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlarni mulohaza qilib, havo tozalash qurilmalarini tanlash 
birinchidan havo tarkibidagi changning tarkibini, xavflilik darajasini, mayda-
yirikligini, shuningdek, uning qimmatbaho moddalardan tashkil topganligini (masalan, 
oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan bo’lsa), uni tozalashda yuqori 
samaradorlikka ega bo'lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang 
oddiy qipiq, ko’mir changlari, metall changlari bo'lsa, bunday changlangan havoni 
markazdek qochma harakatga asoslangan arzon, lekin samaradorligi kamroq bo’lgan 
tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang tarkibida qo’rg’oshin, simob va 
boshqa og’ir metallar changlari mavjud bo’lsa, ma’lumki bu changlar odam organizmi 
uchun juda xavfli asoratlar hosil qilishi mumkin bo’lganligi sababli, bularni tozalash 
uchun, qimmat bo’lishidan qat’i nazar yuqori samaradorlikka ega bo’lgan chang 
tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. 
Chang tozalash qurilmalari o’zining tuziiishi va ishlash usuli bilan xilma-xildir, 
ulardan chang tozalash kameralari, siklonlar, turli filtrlar. Chang havo tarkibidan o’z 
og’irligi asosida, markazdan qochma kuchlardan foydalangan holda, inersiya kuchiga 
asosan, materiallar orqali filtrlash yo’li bilan va elektr toki yordamida ajratib olinishi 
mumkin. Chang tozalash qurilmalaridan yuqorida sanab o’tilgan kuchlar ayrim holda 
yoki bir necha usulni o’ziga jamlagan holda ishlatilishi mumkin. 
Bundan tashqari quruq va namlanuvchi chang tozalash qurilmalari mavjud. quruq 
chang tozalash qurilmalari asosan changga aylangan moddaning qimmatbaho bo'lgan 
hollarda (masalan, un, metall va tolasimon changlar) va shuningdek, organik 
moddalardan tashkil topgan changlarni (masalan, yog
=
och, paxta tozalash sanoati 
changlari) tozalash maqsadida qo’llaniladi. Chunki organik changlarning suv bilan 
birikmasi achib qo’lansa hid chiqarishi va uni boshqa maqsadlarda ishlatilishida 
qiyinchiliklarga olib keladi. 
Namlangan chang tozalash qurilmalaridan mineral moddalardan tashkil topgan 
keraksiz changlarni (masalan, kul, tosh va qum changlari) tozalashda qo’llaniladi. 

Download 489,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning

Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish