• Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar. Zararli va zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri 9.3.1.
  • Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning




    Download 489,68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/14
    Sana29.09.2024
    Hajmi489,68 Kb.
    #272890
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    8-MA\'RUZA

    1.
     
    Ishlab chiqarish changi deb nimaga aytiladi? 
    2.
     
    Changlarni qanday turlari farqlanadi? 
    3.
     
    Changlarni bartaraf etish yo'llarini gapirib bering? 
    4.
     
    Changlar kattaligiga qarab qanday guruhlarga bo'linadi? 
    5.
     
    Changlarni odam organizmiga zararli ta'siri xaqida gapiring? 
     


    Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar. Zararli va zaharli 
    moddalarning inson organizmiga ta’siri 
    9.3.1.
     
    Ishlab chiqarish zaharli
    deb, odamni mehnat faoliyati sharoitida ta’sir 
    etadigan, ish qobiliyati va sog’lig’ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda 
    ro’y beradigan zararlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi. Ularni asosan 
    toksikologiya fani o’rganadi. Bu fan ishlab chiqarish zaharlarining organizmga ta’sir 
    Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar. Zararli va zaharli moddalarning inson 
    organizmiga ta’siri 
    Ishlab chiqarish zaharli
    deb, odamni mehnat faoliyati sharoitida ta’sir etadigan, ish 
    qobiliyati va sog’lig’ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro’y beradigan 
    zararlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi. Ularni asosan toksikologiya 
    fani o’rganadi. Bu fan ishlab chiqarish zaharlarining organizmga ta’sir qilish belgilarini 
    o’rganadi, ularning zaharlilik va xavflilik darajasini belgilaydi, gigienik me’yorlar va 
    tavsiyalar ishlab chiqadi. 
    Zaharlar umumiy va mahalliy ta’sir qilishi mumkin. 
    Umumiy ta’sir
    zaharning qonga so’rilishi natijasida rivojlanadi. Masalan, 
    marganetsdan zaharlanishda asab tizimi, benzol ta’sirida esa qon ajratish organlari 
    zarar ko’radi. 
    Mahalliy ta’sir
    ko’rsatishda to’qimalarning shikastlanishi: ta’sirlanish, 
    yallig’lanish hodisalari, ishqoriy va kislotali eritmalar va bug’lar bilan ishlaganda teri 
    hamda shilliq pardalarning kuyishi sodir bo’ladi. 
    Ishlab chiqarishda zaxarlanishlar o’tkir, o’rtacha va surunkali shakllarda o’tadi. 
    O’tkir zaxarlanishlar
    asosan guruh xolatida bo’ladi. Bu zararlanishlar quyidagicha 
    xarakterlanadi: zaxarlar qisqa muddatda- bir smenada ta’sir qiladi; organizmga 
    zaxarlar katta miqdorda tushishi, xavodagi miqdori juda yuqori bo’lishi, kimyoviy 
    moddani bilmay ichib qo’yilishi yoki teri qattiq ifloslanishi natijasida sodir bo’ladi. 
    Surunkali zaharlanishlar,
    organizmga oz-oz miqdordagi zaharlarning uzoq vaqt 
    asta-sekin yig’ilishi natijasida yuzaga keladi. Organizmda zaxarning o’zi yig’ilishi 
    yoki o’zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, benzoldan o’tkir zaharlanishda 
    asosan asab tizimi zarar ko’radi va narkotik ta’sir kuzatiladi, surunkali zaharlanishda 
    esa qon ishlab chiqarish tizimi zararlanadi. Surunkali zaharlanishlar belgilariga ko’ra 
    o’tkir zaharlanishlarga o’xshash bo’lsada, biroq asta-sekin rivojlanadi va birmuncha 
    surunkali kechadi. 
    Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo’ladi. Ular 
    organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo’llari, o’pka sili, yurak-
    tomir tizimi kasalliklari rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Undan tashqari zararlar 
    allergik ta’sir ko’rsatishi natijasida bronxial astma, ekzema va boshqa kasalliklarni 
    keltirib chiqaradi. 
    Zaxarli gazlar kimyoviy kurollar sifatida xam keng ko’llanilgan. Ayniqsa 1914-1918 
    yillarda Germaniya tomonidan ko’p qo’llanilgan. 1935 yilda Italiya Abbesiniyada
    Yaponiya esa Xitoyda, Amerika 1952-1953 yillari Koreyada, so’ngra Vetnamda 
    qo’llagan. Kimyoviy gazlarning bir turi chechen zo’ravonlariga qarshi Moskvada ham 
    qo’llanilgan. 
    Xavoga tarqalgan zaxarli moddalarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: 
    tezda parchalanib ketadigan zaxarli moddalar; barqaror zaxarli moddalar. 
    Tezda parchalanib ketedigan
    zaxarlovchi moddalar ham o’z navbatida 
    quyidagilarga bo’linadi: umumiy zaxarlovchi moddalar- tsian kislota, xlortsian; 
    bo’g’uvchi zaxarlovchi moddalar - fosgen, difosgen; aksa keltiruvchi zaxarlovchi 
    moddalar - adamsit,, difenilxlorarsin. Bu zaxarlovchi moddalar erning ustki 
    atmosferasida tezda bug’lanib chiqib tez ta’sir qilish xususiyatiga egadir. 
    Barqaror zaxarli moddalar
    o’z navbatida fiziologik ta’siriga karab ham bo’linadi: 
    teri-kasalligini 
    keltirib 
    chiqaruvchilar 

    iprit, 
    lyuizit; 
    ruxiy 
    zaxarlovchi(nervnoparalitik)lar - tabun, zarin, zoman; ko’zni achishtiruvchi 


    (lakrimator)lar -xloratsetofenon, brom- benziltsianid. Bu zaxarli moddalar asta sekinlik 
    bilan bug’lanadi va bir necha kungacha ta’sir kuchiga ega bo’ladi. 
    Sanoatda zaharli moddalar odam tanasiga nafas olish yo’li yoki teri orqali, ovqat 
    eyish vaqtida, ifloslangan suvni iste’mol qilinganda o’tadi va saqlanuvchi 
    zaharlanishga olib keladi. 
    Kuchli zaharlanish
    ko’proq miqdordagi zararli moddalarni to’satdan tanaga o’tishi 
    bilan sodir bo’ladi. SHuningdek, zararli moddalarni tanaga oz- ozdan o’tishi va 
    yig’ilishi natijasida kasb kasalliklari kelib chiqadi. 
    Zararli va zaharli moddalarning ta’siri ularning tarkibiga, tuzilishiga, fizik-
    kimyoviy xususiyatiga, xossalariga, miqdordagi, tanaga o’tish yo’llariga, holatiga, 
    uchuvchanligiga va suvda, yog’da eruvchanligiga bog’liq. 
    Kimyo 
    sanoati 
    korxonalarida 
    olinadigan, 
    ishlatiladigan 
    moddalar 
    va 
    mahsulotlarning ko’pchiligi, masalan, ammiak, gazlar, benzol, benzin, kerosin, karbon 
    vodorodlar, spirtlar, efirlar, kislotalar, ishqorlar va boshqalar zaharli hisoblanadi. 
    Neft’ mahsulotlari tarkibida past molekulali karbon vodorodlar molekulyar og’irligi 
    oshishi bilan ularning zaharlash qobiliyati ortadi. Masalan, butanning ta’siri etandan, 
    etilen esa etandan, asetilen esa 
    etilendan kuchlidir. Normal tuzilishdagi moddalarga nisbatan tarmoqlangan, zanjirli 
    birikmalarning ta’siri kamroq bo’ladi. 
    Moddalarning uchuvchanligi kamayib borishi bilan (S10N22) dan boshlab ularning 
    ta’sirchanligi ham kamayadi. Karbon vodorodlar tarkibiga galogenlar kiritish, ularning 
    zaharlash qobiliyatini oshiradi, aksincha, giroksil guruhining kiritilishi ta’sirchanlik 
    xususiyatini kamaytiradi. 
    Karbon vodorodlar molekulasidagi vodorodni nitro (NO2), amino (NH2) 
    guruhlarga almashtirish
     
    ularning zaharlash xususiyatini o’zgartiradi. 
    Moddalarning valentligi ortib borishi bilan ularning ta’sirchanligi ham o’zgaradi. 
    Masalan, 6 valentli xrom 3 valentlikdan, marganes oksidi marganes sul’fatdan, temir 
    oksidi temir sul’fatdan kuchlidir. 
    Kimyoviy moddalar vakillarining gomologik qatorini o’rganish natijalari ko’pgina 
    o’xshash moddalar haqida fikr yuritishda, kasallikning va zaharlanishning oldini 
    olishda ma’lum darajada yordam beradi. Zahar moddalarni olishda ma’lum darajada 
    yordam beradi. Zahar moddalarni suvda, tanadagi suyuqliklarda eruvchanligining 
    oshishi bilan ularning ta’sirchanligi ham ortib boradi. 
    Masalan, suvda eruvchan oq mish’yak (As2O3) kuchli zahar, kam eruvchani 
    (As2S3) zaharsiz, eruvchan bariy xloridi (VaSh) zaharli, bariy sul’fat (VaS04) esa 
    zaharsiz va h.k. 
    Zaharli moddalar odam tanasi va ayrim to’qimalariga ko’rsatadigan ta’sirga qarab 
    shartli ravishda to’qqiz guruhga bo’ lingan: 

    Download 489,68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 489,68 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning

    Download 489,68 Kb.
    Pdf ko'rish