GLOSSARIY
1. Toksikologiya — zaxarli moddalarni organizmga ta‘sirini, organizmda bo‘ladigan
o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan.
2. Zaxarli moddalar — kam miqdorda organizmga kuchli yoki toksik ta‘sir ko‘rsatuvchi
moddalar.
3. Ksenobiotiklar—grekcha –xeno- yot, bioѕ- xayot, ya‘ni xayotga yot moddalar.
4. Zaxarlanish – zaxarli moddalarning organizmga kuchli ta‘sir
etishidan kelib chiqadigan
kasallik.
5. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va
xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari
ruhiyatga faol ta‘sir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;
6. Preparat — moddalarning har qanday fizik holatdagi, tarkibida bitta yoki bir nechta
giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar bo‘lgan aralashmasi;
7. ―PDK – ruxsat etilgan modda miqdori.
8. ―OBUV — taxminiy zararsiz modda miqdori.
9. LD 50 – 50% xayvonlarda ulimga olib keladigan mikdor.
10. Zaharvandlik (toksikomaniya) — psixotrop moddalarga, shuningdek
dorilik xususiyatiga ega
bo‘lmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga o‘xshash ruhiyatga faol
ta‘sir etuvchi moddalarga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog‘liq kasallik.
11. Maxsus vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va
prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi
organlar.
12. Morfinizm – Morfinga o‘rganib qolish, undan qayta qo‘llanilganda, unga moyillik tug‘ilishi.
13. Kokainizm — kokainga o‘rganib qolish, undan qayta qo‘llanilganda,
unga moyillik
tug‘ilishi.
14. Nashavandlik -- Nashaning har xil turli preparatlari ta‘siridan kelib chiqadigan
narkomonlikni nashavandlik deb nomlanadi.
15. Ekstraksiya—Turli ob‘ektlardan moddalarni mos erituvchi yordamida ajratib olish.
16. Ekstragent-- Ekstraksiyada ishtirok etadigan erituvchi.
17. Extractant - Solvent extraction involves the transfer of one (or more) of soluble substances
contained in the feed solution, in another immiscible liquid (extractant).
18. Ekstrakt- extractant enriched with soluble substances called extract.
19. Metabolizm—grekcha metabol – aylanish, o‘zgarish so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
moddaning bir kimyoviy tuzilishdan boshqa kimyoviy tuzilish holatiga o‘zgarishi.
20. Metabolitlar—Organizmga kirgan moddalarning o‘zgarishga uchragan mahsulotlari.
21. Summatsiya (additivlik) – kombinatsiyada ta‘sir kursatishi natijasida ta‘sirlarni yigilib
kushilgan effekti xolati
22. Potensiyalanish (sinergizm) – ta‘sir
effektining oshishi; kushma ta‘sirga nisbatan kuprok
effekt
23. Antagonizm – oddiy kushma ta‘sirga nisbatan past bulgan kombinatsiyadagi ta‘sir effekti
24. Kimyoviy sifat taxlili – bunda taxlil ob‘ekti kanday komponentlardan tarkib topganligini,
ya‘ni kimyoviy elementlarni, ionlar, atomlar, atom guruxlarini va molekulalarni tekshiriluvchi
modda tarkibidan aniklaydi. Sifat taxlili
jarayoni chinligini aniklash, identifikatsiyalash yoki bor-
yukligini aniklash deb ataladi.
25. Mikdoriy taxlil – moddaningyoki ob‘ektning mikdoriy tarkibini belgilaydi. Mikdoriy taxlil
jarayoni deb konsentratsiyani yoki massani aniklashga aytiladi.
26. Instrumental taxlil usullari (fizik va fizik-kimyoviy) – moddaning ulchash mumkin bulgan
fizik xususiyatlari bilan ularning sifat va mikdoriy tarkibiga boglikligiga asoslangan usllar.
27. Kimyoviy taxlil usullari – usullarning asosiy boskichi bulib analitik reaksiya xisoblanadi,
bunda analitik signalni kuzatish murakkab jarayonsiz bajariladi (sifat taxlilida bu – reaksiyaning
tashki effekti).
28. Fizik taxlil usullari – bunda asosiy boskich bu – analitik signalni ulchash va uni taxlil qilish
29. Fizik-kimyoviy taxlil usullari- analitik signalni reaksiya mobaynida yoki analitik reaksiyani
utkazgandan sung kullaniladi.
30. Taxlil usuli – taxlil ob‘ektining kimyoviy tarkibi tugrisida
axborot olishning umumiy
fizikaviy prinsipi, ya‘ni tekshiriluvchi ob‘ektni va aniklanuvchi komponentni inobatga olmagan
xolda tarkibni aniklashning universal va nazariy asoslangan usuli.
31. Taxlil uslubi- bitta yoki bir necha komponentlarni mikdorini aniklashda ob‘ektni taxlili
uchun kerak bulgan barcha jarayonlarni tulik yoritib berilishi.
32. Tahlilining anikliligi, ishonchliligi, xaqiqiyligi – ( tahlil natijalarining tizimli xatoligi nolga
intiladi) va ularning qaytaruvchanligi taxlil natijalarining bir-biriga yaqinligini ko’rsatadi.
33. Sezgirlik – usulning kam miqdordagi moddalarga qo’llanilishini ko’rsatadi.
34. Xususiylik – bu usulning xarakteristikasi bo’lib, boshqa komponentlarning xalaqit beruvchi
ta‘sirini aniqlaydi.
35. Tezkorlik – tahlilga va natijalarini olishga sarflanadigan vaqtni tasniflaydi.
36. Tahlilga tayyorlash – ob‘ektni tahlilini amalga oshirishda jarayonlarning yig’indisi
(maydalash, gomogenlash,
ekstraksiya, gidroliz, cho’ktirish va b.) namunani davomiy tahlilga
makbul shaklga keltirish maqsadida (quruq qoldiq, eritma va b.), moddaning xolati (asos, tuz
ko’rinishida, kon‘yugatlarni gidroliz mahsulotlari), xamda konsentrlash yoki suyultirish, xalaqit
beruvchi komponentlarni yo’qotish.
37. Xromatografiya – bu qo’zg’oluvchi va qo’zg’almas fazadagi moddalarning adsorbsiya va
desorbsiya xodisalariga asoslangan jarayon.
38. Qog’oz xromatografiyasi – maxsus qog’ozlarda moddalarning taqsimlanish jarayoni.
39. Yupqa qatlam xromatografiya – moddalarning yupqa qatlam sorbent yuzasida ajralishi.
40. Gaz-suyuqlik xromatografiyasi (GSX) – eng zamonaviy ko’pkomponentli tahlillar uchun
mo’ljallangan. (qo’zg’almas faza- suyuqlik va qo’zg’oluvchi faza — qattiq
faza yuzasiga
shimdirilgan suyuqlik). Moddalarning ajralishi turli uchuvchan va eruvchanlik xususiyatlariga
asoslangan jarayon.
41. Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YUSSX) – yuqori bosimdagi va tezkor suyuqlik
xromatografiyasi, ajralish mexanizmining qanday bo’lishidan qat‘iy nazar qo’zg’oluvchi faza -
suyuqlik.
42. Plastinka – bu oyna (folga yoki poliefir plyonka) yuzasiga sorbent yopishtiriladigan
moslama.
43. Kolonka — modda komponentlarini ajratish uchun o’zida xromatografik sorbent
saqlaydi
44. Elyuent — qo’zg’oluvchi faza (erituvchi yoki erituvchilar aralashmasi): gaz, suyuqlik.
45. Xromatogramma — vaqt birligida modda komponentlarini ajralishga bog’liqligini qayd etish
natijasi.
46. Detektor — kolonkadan chiqayotgan moddalarning signallarini qayd qiluvchi qurilma.
47. Xromatograf — xromatografiyani bajarish uchun mo’ljallangan asbob.
48. R
f
ko’rsatkichi - dog’ning ko’tarilish ko’rsatkichi bo’lib, plastinkaning o’lchamiga, ajralish
vaqtiga va konsentratsiyasiga bog’liq emas.
49. Ultrabinafsha spektroskopiya - (UB spektroskopiya) – moddalarning ultrabinafsha nurida
yutilishini ko’rsatadi.
50. Fotometrik thlil – Bunda rangli moddalar yoki mos reagent bilan xosil qilgan rangli
maxsulotlarining infraqizil va ultrabinafsha nurida yutilishini ko’rsatadi.
51. Optik zichlik – moddaning 1 sm qatlam qalinligida (kyuvetada) nur yutish ko’rsatkichi.