Plantoglutsid




Download 23.6 Kb.
Sana15.08.2023
Hajmi23.6 Kb.
#78700

777777777777777777777777777777777777777777777777777777777
PLANTOGLUTSID
Plantaglyusidni chinligini aniqlash. Plantaglyusid 6 soat mobaynida kislotali sharoitda
gidroliz qilinib, natriy karbonat eritmasi bilan neytrallanadi va cho„kmadan ajratib olinadi. Suyuqlik
qismi quyultirilgach, undagi glyukoza, ramnoza, arabinoza va ksiloza n-butanol-piridin-suv (1:4:3)
aralashmasida, anilin ftalat eritmasi yordamida aniqlanadi. CHo„kma suvda eritilib, N-shaklidagi kationit
KU-2 (rN 3-4) bilan aralashtiriladi va suziladi. Suyuqlik etilatsetat-sirka kislota-chumoli kislota-suv
(18:3:1:4) aralashmasida xromatografiya qilinadi. Anilinftalat eritmasi bilan ishlanganda galakturon
kislota borligi aniqlanadi. Kalsiy ioni, ammoniy oksalat eritmasi bilan oq rangli cho„kma xosil
bo„lishidan bilinadi. CHo„kma sirka kislotasi va ammiak eritmasida erimaydi, lekin mineral
kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi.
Quritish vaqtida og„irligi 10% dan ortiq kamaymasligi kerak. Og„ir metallar 0,001% dan ortiq
bo„lmasligi kerak. Kulning umumiy miqdori 3-10% bo„lishi lozim.
Miqdorini aniqlash. Qaytaruvchi qandlar miqdori kislotali gidrolizdan so„ng spektrofotometrik
usulda aniqlanadi. Preparatda ularning miqdori glyukozaga nisbatan xisoblanganda 9-20%, galakturon
kislota 7-13% bo„lishi kerak.
Tayyor maxsulotning tavsifi. Plantaglyusid zubturum o„simligi bargidan olingan
polisaxaridlar yig„indisini saqlovchi preparat bo„lib, u kul rang, taxir mazali talqon. Suvda
shilimshiqsimon eritma xosil qiladi, organik erituvchilarda esa erimaydi.
Qadoqlash. Talqon 30-40 kg dan polietilen qoplarga joylashtirilib, granula xoliga keltirish
uchun tabletka sexiga yuboriladi.

Saqlanishi. Quruq joyda 3 yilgacha saqlanadi. Saqlanish muddati o„tgandan so„ng preparat


tekshiriladi. Agar FM ning talabigi to„g„ri kelsa saqlanish muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
Ishlatilishi. Oshqozon ichak yallig„lanishiga qarshi ishlatiladi. Oshqozon shirasining ajralishini
kuchaytiradi. YArim choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin beriladi.
Ichishdan oldin preparat chorak stakan iliq suvda eritiladi.
&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&&
15***** ma‘ruza. Novogalen preparatlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Ajratmani
yot moddalardan tozalash.
Reja
1. Novogalen preparatlarini galen preparatlaridan farqi.
2. Novogalen preparatlarni olishdagi texnologik bosqichlar.
3. Ajratuvchilarga qo‗yiladigan talablar.
4. Ajratma olish usullari.
5. Ajratmani yot moddalardan tozalash.
5.1. Ta‘sir qiluvchi yoki yot moddani tanlab cho‗ktirish.
5.2. O‗zaro aralashmayidgan ikkita suyuqlik yordamida tozalash.
5.3 Xromatografik usulda tozalash.
6. Novogalen preparatlarni turg‗unlashtirish usullari.
7. Novogalen preparatlarni standartizatsiyasi.
8. YUrak glikozidi saqlaydigan novogalen preparatlarni.
9. Alkaloidlar saqlaydigan novogalen preparatlarni.
10. SHilimshiq moddalar saqlaydigan novogalen preparatlarni.
11. YAkka holda ajratib olingan preparatlar texnologiyasi (rutin, fitin, plantoglyusid).
Novogalen preparatlari 19-asr oxirida Germaniya va Fransiyada ishlab chiqarila
boshlandi. O‗sha vaqtlarga kelib, yurak qon tomiri kasalliklarida o‗simliklardan olingan dori
turlarini ishlatish imkoniyatlari qidirila boshlandi, lekin nastoyka va ekstraktlar ta‘sir etish
tezligi bo‗yicha bu talabga javob bera olmas edi. SHuning uchun ularni in‘eksion dori turi
sifatida ishlatish dolzarb masalaga aylanib qoldi. Bizda yurak glikozidlari saqlovchi preparat
adonilen birinchi marta 1923 yilda ishlab chiqarildi. Keyinchalik ishlab chiqarish texnologiyasi
takomillasha borib, boshqa gurux biologik faol moddalar saqlovchi dorivor o‗simliklardan
novogalen preparatlari ishlab chiqarila boshlandi. Ular dorivor o‗simliklardan olingan bo‗lib,
o‗z tarkibida ta‘sir qiluvchi ioddalar majmuasini tabiiy holda saqlaydigan va yot moddalardan
to‗la tozalangan, turg‗unlashtirilgan bo‗lib, ta‘sir qiluvchi moddasi bo‗yicha baholanadi. Bu
bilan ular nastoyka va ekstraktlardan farq qiladi.
Novogalen preparatlari ta‘siri bo‗yicha toza moddalarga yaqin bo‗lsa ham, terapevtik
ta‘sir qilishi ko‗lami nacha kengligi, hamda ta‘sir qiluvchi moddalar majmuasini saqlashi bilan
galen preparatlarga yaqin turadi. Bu preparatlarni tayyorlash usullari xar biri o‗ziga hos
bo‗lsada, asosan xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash,
baholash va qadoqlash bosqichlaridan iborat bo‗ladi. Ajratma olishda avvalgi bo‗limlarda bayon
etilgan hamma usullardan foydalanish mumkin.
O‗simlik xom ashyolari Galen preparatlariga o‗xshash tayyorlanadi. Novogalen
preparatlarini tayyorlashda ajratuvchini tanlash asosiy bosqichlardan himoblanadi.
Ajratuvchilarni shunday tanlab olish lozimkm ular selektiiv xossaga ega bo‗lib, xom ashyodan
iloji boricha ta‘sir qiluvchi moddalar majmuasini to‗la ajratadigan, begona moddalarni esa
ajratmaydigan, yoki kam miqdorda ajratmaydigan bo‗lishi lozim. Ular yaxshi adsorbent va
desorbent, yuqori diffuzion hossali, oson bug‗lanadigan arzon, alangalanmayidagn va
portlamaydigan bo‗lishlariga qarab tanlanadi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatli spirt, og‗ir
metall tuzlari eritmasi, universal ajratuvchi (hajm bo‗yicha 95 qism xloform va 5 qism 95% li
spirt ishlatiladi)
Og‗ir metall tuzlari eritmasini olishdan maqsad xom ashyo xujayralaridagi biofaol
moddalar suvda erib, ajratmaga o‗tadi, yukori molekulali biomoddalar esa og‗ir metallar bilan
cho‗kma xosil qilib, xujayrada qoladi. Ajratma asosan matseratsiya, aylanma (sirkulyasion)
matseratsiya, kasrli matseratsiya va ba‘zan ultratovush yordamida olinadi.
Olingan ajratmalarni begona moddalardan tozalash.
Bu eng asosiy bosqich bo‗lib, olinadigan preparatning sifati va turg‗unligi
ko‗pincha ularning tozalik darajasiga bog‗liq bo‗ladi
Odatda bitta preparatni olishda bir pechta tozalash usullari ketma-ket qo‗llanilishi
mumkin. Xozirgi vaqtda ta‘sir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab cho‗ktirish
xromatografik va o‗zaro aralashmaydigan ikkita suyuqlik yordamida tozalash usullari mavjud.
Ta‘sir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab cho‗ktirish har xil usullar bilan amalga oshiriladi.
Denaturatsiya. Ko‗pchilik o‗simlik xom ashyolaridan olingan ajratmalar tarkibida
begona oqsil bo‗ladi. Bu murakkab organik birikmalar turli tashqi omillarga (qizdirish,
UB nurlari, radiatsiya, ultratovush va h. k.) juda sezgir bo‗ladi. Bu omillar ta‘sirida oqsillar
o‗z xossasini o‗zgartiradi va cho‗kmaga tushadi. Bunga oqsillar denaturatsiyasi deyiladi. Bu
kaytmas jarayon bo‗lib, ajratmani tozalashda foydalaniladi. Agar ajratma qaynatilsa, u
denaturatsiyaga uchrab, cho‗kmaga tushadi va u suzib tozalanadi.
Tuzlash. Ajratmaga ko‗n miqdorda kuchli to‗yingan elektrolitlar qo‗shilsa, yuqori
molekulali tabiiy birikmalar (oqsillar, elimlar, shilimshiq moddalar, pektinlar) cho‗kmaga
tushadi. Buning sababi kuchli elektrolit ionlari biopolimer atrofidagi suvni o‗ziga tortib oladi
va zaryadsizlanib qolgan molekulalar bir-biri bilan yopishib cho‗kmaga tushadi.
Kation va anionlarning gidratatsiyalanish qobiliyatiga qarab tuzlar turli tuzlanish
qobiliyatiga ega. «Tuzlanish» qobiliyati asosan anionlarga bog‗liq, eng kuchli anion-litiy
sulfat bo‗lsa xam amalda arzon bo‗lganligi uchun ko‗pincha natriy xlorid ishlatiladi.
Spirt yordamida tozalash. Bu tozalash mexanizmi tuzlash bilan bir xildir. Spirt
yordamida ajratmalarni tozalash galen preparatlarini olishda ham keng qo‗llaniladi.
Dializ va elektrodializ. Dializ va elektrodializ hodisasidan ba‘zan ajratmalarni
tozalashda foydalaniladi. Dializda biopolimerlar molekulasining o‗lchovi katta bo‗lganligi
sababli, yarim o‗tkazuvchan parda orqali o‗tolmaydi, shu bilan birga molekula o‗lchovi kichik
bo‗lgan biofaol moddalar ular orqali oson o‗tadi. Dializ uchun jelatina, sellofan, kollodiy va
metilsellyulozalardan tayyorlangan pardalar ishlatiladi. Odatda dializ jarayoni jkuda sekin
sodir bo‗ladi. Xaroratning ku-tarilishi, dializ ketadigan yuzaning kattalashishi va elektr
toki ta‘sir kilishi bilan bu jarayon tezlashadi. Elektr toki ta‘sirida ionlarga parchalanadigan
moddalarning yarim o‗tkazuvchan parda orqali o‗tishiga elektrodializ deyiladi.
Elektrodializning oddiy qurilmasi yarim o‗tkazuvchan pardalar orqali uch qismga bo‗linadi.
O‗rtadagi obzanga tozalanadigan ajratma quyiladi. Bunda kationlar yarim o‗tkazuvchan parda
orqali anodga, anionlar esa katodga borib yig‗iladi. O‗rtadagi obzanda yarim o‗tkazuvchan
parda orqali o‗tolmagan moddalar yig‗iladi.
Qarama-qarshi qutbli erituvchilar yordamida tozalash.
Bunda qutbsiz ajratuvchida olingan ajratmaga qutbli erituvchi suv qo‗shilsa, ta‘sir
etuvchi modda suvli qatlamga o‗tadi, begona moddalar zsa qutbsiz qatlamda qoladi. Masalan,
adonizid olishda xloroformli ajratmaga suv qo‗shib, xloroform bug‗latiladi, bunda ta‘sir
qiluvchi modda suvga o‗tadi, begona moddalar esa qutbsnz xloroformda qolib, cho‗kmaga
tushadi, suzish bilan tozalanadi.
Xromatografik usul - sorbsiya. Gazlar, bug‗lar va erigan moddalarning qattiq yoki
suyuq moddalarga yutilishiga sorbsiya deyiladi. Sorbsiya adsorbsiya, absorbsiya va
xemosorbsiyalarga bo‗linadi.
Adsorbsiya — moddalarning sorbent yuzasiga yutilishidir. Sorbentlarda juda ko‗p
miqdorda g‗ovakchalar bo‗lganligi uchun yuzasi katta bo‗ladi. Masalan, 1 g faollashtirilgan
ko‗mir ajratmadan faqat ma‘lum moddalarnigina shimib olish kobiliyatiga ega.
Absorbsiya—moddalarning butun xajmli bo‗lguncha qattiq yoki suyuq fazaga
yutilishidir. Masalan, efir moyini olishda absorbsiyadan foydalaniladi. Ozik-ovqat va dori
moddalarning tanada so‗rilishi xam absorbentlar orqali amalga oshadi.
Xemosorbsiya - moddalarning kimyoviy brikma xosil qilib yutilishidir. Xemosorbsiyaga
ion almashinishlar misol bo‗la oladi.
Novogalen preparatlarini nshlab chiqarishda absorbsiyaga nisbatan ko‗proq adsorbsiya
nshlatiladi. Adsorobsiya jarayoni quyidagicha olib boriladi: tozalanadigan ajratma sorbent
bilan to‗ldnrilgan kolonka orqali ma‘lum tezlikda o‗tkaziladi. Bunda adsorbentda biofaol
yoki begona moddalar yutiladi, qolganlari erituvchi oqim orqali kolonkadan o‗tadi.
Download 23.6 Kb.




Download 23.6 Kb.