• Nazorat savollari
  • Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari




    Download 298.3 Kb.
    Sana02.11.2023
    Hajmi298.3 Kb.
    #93315
    Bog'liq
    Ma’ruza sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari reja
    Malumotnoma, hamkorlik, Ped yuklama uchun kitob (2), MAISHIY TAQVIM, DALOLOTNOMA, Web-sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish imkoniyatlari Reja-fayllar.org, 10 sinf nazorat ishi, 9-sinf-informatika-testlar-3, 05.10.2022, Mavzu Axborot texnologiyalari; ta\'limiy va nazorat qiluvchi das-fayllar.org, 2 5458602682426079925, МАЪЛУМОТ (ГулДУ 05.02.2024) (2), 1.3, bo-lajak-pedagoglarning-kreativligini-rivojlantirish-usullari

    MA’RUZA


    SANOAT KORXONALARNING ELEKTR TA’MINOTI SXEMALARI


    Reja:


    1. Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari.

    2. Tashqi elektr ta’minoti sxemalari.

    3. Ichki elektr ta’minoti sxemalari.

    4. Nazorat savollari.

    Sanoat korxonasining elektr ta’minoti sxemasi iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan ishonchlilikni ta’minlashi, ekspluatatsiyada sodda va qulay bo‘lishi, korxonaning kelajak taraqqiyotini hisobga olishi, eng kam nobudgarchilikga ega bo‘lishi, ta’mirlash ishlarini tezkor bajarishga imkoniyat yaratishni hisobga olishi va boshlangich kapital sarf-harajatlarni kam bo‘lishini ta’minlashi lozim. SHuning uchun elektr ta’minotini loyihalashtirish jaroyonida sxemalarning bir necha variantlari ishlab chiqiladi va ulardan eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichliligi qabul qilinadi. Elektr ta’minotiga quyiladigan talablar korxonaning texnologik jaroyoni va quvvati bilan belgilanadi. Korxonadagi iste’molchilarning o‘rnatilgan quvvatiga qarab ular katta (75 MVT dan ortiq), o‘rtacha (5-75 MVT) va kichik (5 MVT gacha) quvvatli ob’ektlarga bo‘linadilar. Yirik va o‘rtacha quvvatli korxonalar 35,110,220 va 330 kVli liniyalar orqali nohiya podstansiyalaridan, kichik quvvatli korxonalar esa, ko‘p hollarda, 6,10 kV kuchlanishli man’balardan energiya bilan ta’minlanadilar.


    Korxona ta’minoti tizimini tashqi (energosistema podstansiyasidan korxonaning BPP yoki MTP gacha bo‘lgan havo yoki kabel liniyalari) va ichki (BPP yoki MTP dan sex transformator podstansiyalarigacha bo‘lgan tarqatish liniyalari) elektr ta’minoti tizimlariga bo‘lish mumkin.

    1. Tashqi elektr ta’minoti sxemalari.

    Kichik va o‘rta quvvatli korxonalarning elektr ta’minotida bitta qabul punkti (BPP,MTP) bo‘lgan sxemalar ishlatiladi vash u rasmda keltirilgan sxemada korxona energiyani energosistemadan radial sxema bo‘yicha qabul qiladi. Bu erda tashki va ichki elektr ta’minoti sxemalarida kuchlanishlar bir xil bo‘lib, oraliq transformator ishlatilmaydi. Bunday sxema 6,10 va 20 kV kuchlanishda va korxona energosistemadan 5-10 km uzoqlikda bo‘liganda qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan liniyalardan birida elektr ta’minoti uzilsa, seksiyalararo uzgich yordamida ta’minot avtomatik ravishda ikkinchi liniya orqali tiklanadi.
    Energosistemadan uzoqda joylashgan katta quvvatli korxonalar uchun ushbu rasmda ko‘rsatilgan sxema tavsiya etiladi. Bunda tashqi va ichki sxemalar orasida transformatorlar joylashgan bo‘lib, sistema kuchlanishi 6-20kV ga pasaytiriladi. Transformatorlarning quvvati va liniya simlarining ko‘ndalang kesimlari shunday olinadiki, ular normal rejimda 60-70% yuklama bilan ishlaydilar. Biror liniya va transformator uzilganda ikkinchi liniya va transformator joiz o‘ta yuklanish bilan ishlab korxonaning uzluksiz ish rejimini ta’minlaydilar. BPP yukori kuchlanishli tomonida uzgich o‘rniga ajratgich va qisqa tutashtirgichlarni ishlatilishi elektr sxemaning ancha arzonlashishiga olib keladi.

    Biror transformator shikastlanganida rele himoyasi ta’siridan qisqa tutashtirgich ishga tushadi va sunniy KT rejimini sodir etadi. Natijada liniyaning bosh qismida joylashgan uzgich Q orqali liniya uziladi va avtomatik qayta ulash (AKU) tizimi ishga tushadi.
    Liniyadagi "toksiz" pauza davomida ajratgich QR shikastlangan transformatorni uzadi. AQU tizimi "toksiz" pauza vaqti tamom bo‘lganidan so‘ng liniyani yana ulaydi va shikastlanmagan transformator man’ba birikadi. O‘rta va

    katta quvvatli korxonalar aksariyat elektr energiyasini ichkariga kirib boruvchi (glubokie vvodы) yuqori kuchlanishli liniyalar orqali qabul qiladilar. Ichkariga kurib boruvchi elektr ta’minoti sxemasi deganda minimal miqdorda apparatlar va transformatorlash poo‘onasiga ega bo‘lgan va yuqori kuchlanishni (35, 110, 220,330 kV) maksimal ravishda elektr qurilmalariga yaqinlashtiruvchi sxemalar tushuniladi.


    Ichkariga kirib boruvchi havo yoki kabel liniyalari korxona hududi bo‘ylab o‘tkazilib, katta miqdorida energiya qabul qiluvchi punktlarga keladi. Ko‘p hollarda bunday sxemalar ishlatilganda BPP ga xojat qolmaydi, chunki yuqori kuchlanishli liniyalar to‘o‘ridan-to‘o‘ri sex transformator podstansiyalarga keladi va u erda 0,66- 0,4 kVli kuchlanishga aylantiriladi. Ushbu rasmda ko‘rsatilgan sxemada korxona hududiga energosistema kuchlanishida ikkita magistral liniya kirib boradi va mavjud to‘rtta transformator podstansiyalarini energiya bilan ta’minlaydi.
    Ichkariga kirib boruvchi sxemalar soddaligi va arzonligi bilan birga ishonchliligi bo‘yicha markazlashtirilgan elektr ta’minoti sxemalaridan qolishmaydi. Ularni har qanday toifali iste’mol-chilarga ishlatish mumkin.

    1. Ichki elektr ta’minoti sxemalari.

    Korxona hududida elektr energiyasi radial, magistral yoki aralash sxemalarda
    taqsimlanadi. Cxemalarni tanlashda iste’molchilarining ishonchlilik bo‘yicha toifasi, ularning korxona hududida joylanishlari, atrof muhitning ekologik holatu va boshqa faktorlar hisobga olinadi. Aytilgan uch turdagi sxemalar ko‘p xil modifikatsiyalarga ega bo‘lib, ularni har qanday toifadagi iste’molchilarni energiya bilan ta’minlashda ishlatish mumkin. Ichki ta’minot sxemalari keng tarmoqlanganli sababli ko‘plab elektr liniyalari va apparatlar ishlatiladi, bu esa elektr ta’minoti tizimiga katta texnik - iqtisodiy talablarni qo‘yadi.
    Radial sxemalarda elektr energiyasi BPP yoki MTP dan to‘o‘ridan to‘o‘ri sex podstansiyalariga uzatiladi. Bunday sxemalar moslanuvchanlik hususiyatiga ega bo‘lib, ekspluatatsiyada qulay hisoblanadi. 4.10 a sxemani uchinchi toifali, 4.10 b sxemani esa ikkinchi toifali iste’molchilar uchun ishlatish mumkin. Ikkinchi sxema uchun elektr ta’minotidagi tanaffus 1-2 soatdan oshmaydi. Ushbu rasmda ko‘rsatilgan sxema birinchi toifali iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, elektr
    ta’minotidagi uzilish rezervni avtomatik ulashga (RAU) ketadigan vaqt bilan belgiladi. Tanishilgan sxemalar bir poo‘onali hisoblanadi va o‘rta, katta bo‘lmagan quvvatli korxonalarda markazdan har tomonga tarqalgan gujlangan iste’molchilarni (nasos stansiyalari, pechlar, o‘zgartirish qurilmalari, sex podstansiyalari) energiya bilan ta’min-lashda ishlatiladi. Radial sxemalar manbadan sex podstansiyalarining yio‘ma shinalarigacha bo‘lgan oraliqdagi elektr ta’minoti sxemasini seksiyalash imkonni beradi.
    Magistral sxemalarda bir nechta transformator potstansiyalari yakka yoki qo‘sh
    magistralga shahobchalar orqali ulanadi. Ushbu rasmda yakka liniyali, ushbu rasmda esa ko‘p liniyali magistral sxemalar keltirilgan. Magistral sxemalarni qo‘llanilishi kommutatsiya apparatlarining sonini kamaytirib, tarmoqlarni qurishni arzonlashtirib, korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-harajatlarni kamaytiradi.
    Bir manbaga ulangan yakka magistralli sxemalarning ishon-chlilik darajasi kichik bo‘lganligi uchun uchinchi toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi. Qo‘sh magistralli sxemalarning ishonchliligi yuqori va ularni har qanday toifali iste’molchilarga ishlatish mumkin.
    Uzatilayotgan quvvatning miqdoriga qarab bir magistral 2-5 podstansiyalarni energiya bilan ta’minlaydi. Transfor-mator podstansiyalarining sek-siyalari normal holatda ayrim-ayrim ishlaydilar. Biror magistralda avariya sodir bo‘lsa trans- formator podstansiyalarining yuklamalari ikkinchi magistral-ga o‘tkaziladi. Bu vazifa seksiyalararo uzgich yoki avtomat orqali bajariladi.
    Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud: bir tomonlama va ikki tomonlama ta’minlanuvchi yakka liniyali sxemalar; xalqasimon sxemalar; ikki va
    undan ko‘p parallel magistralli sxemalar. Bir tomondan ta’minlanuvchi yakka liniya va xalqasimon magistral sxemalarning ishonchlilik dara-jasi radial sxemalarga nisba-tan past hisoblanadi. Xalqasimon va ikki tomonlama ta’minlanadigan 10 kVli magistral sxemalarda himoyalash tizimlarining murakkabligi uchun ular normal rejimda yopiq holatda bo‘lmaydilar.
    Korxonaning ichki ta’minoti tizimida faqat radial yoki faqat
    magistral tamoyilida qurilgan sxemalar ishlatilmaydi. Odatda katta va ma’sul elektr iste’molchilarning ta’minoti radial sxemalarda, o‘rta va mayda iste’molchilar esa magistral sxemalarda bajariladi. Bunday aralash sxemalarni ishlatilishi korxona ichki taminoti tizimining iqtisodiy-texnik ko‘rsat-gichlarini yaxshilashga olib keladi.


    Nazorat savollari:


    1. Elektr ta’minot sxemalari nechta turga bo‘linadi?

    2. Elektr ta’minot ishonchligi bo‘yicha qaysi sxema yaxshi xisoblanadi?

    3. Ichkariga kirib boruvchi sxemalarni xususiyatlarini aytib bering?

    Download 298.3 Kb.




    Download 298.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari

    Download 298.3 Kb.