|
Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 214,32 Kb. | | #143003 |
Bog'liq Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
Reja:
Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasi.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rag‘batlantirish yo‘llari.
Innovatsion infratuzilmani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘llari.
.
1.Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasi
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi zarur:
davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini;
belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning funksiyalarini;
boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish ob’ekti va axborot beradigan axborot tizimini;
davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari - davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo‘ladi, balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o‘rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni;
innovatsion jarayonlarning sub’ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etishni (ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita tadbirkorlarga, ham ularni yoki bu darajada qo‘llab-quvvatlayotgan infratuzilma elementlariga);
iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani o‘rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta’minlashdan iborat.
|
| |