• Texnologik innovatsiyalar iqtisodiyotning modernizatsiyasiga jiddiy turtki bo‘lishini ta’minlash uchun quyidigi bir qator shartlar bajarilishi lozim
  • TTM tizimining samarali ishlashiga bir qator omillar to‘sqinlik qiladi




    Download 214.32 Kb.
    bet3/4
    Sana22.01.2024
    Hajmi214.32 Kb.
    #143003
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
    3-20 Fotoelektronika , ТАВСИФ кредит махалла, Shakllantirish. Reja kirish, Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari, Пўлатни маркаларга бўлиниши, Xristianlik falsafasi, oqim va mazhablari, O’zbekistonning va jahon hamjamiyati, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR, Egiluvchi va siqiluvchi metall konstruksiyalari, O\'yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida, YOG\'OCH MATERIALLARINING LUB QATLAMINING VAZIFASI, Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni, 2NAMUNA-, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. O‘zbekistonning tinchliksevar , ozbekistonning-eng-yangi-tarixi
    TTM tizimining samarali ishlashiga bir qator omillar to‘sqinlik qiladi:

    • mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust tashkil etilganligi;

    • ko‘pchilik TTMda ham ichki, ham xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq muammolar;

    • TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining yetarli emasligi;

    • innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriy-huquqiy asoslarning yo‘qligi.

    Texnologik innovatsiyalar iqtisodiyotning modernizatsiyasiga jiddiy turtki bo‘lishini ta’minlash uchun quyidigi bir qator shartlar bajarilishi lozim:

    • fan, biznes va davlat o‘rtasida texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish uchun samarali o‘zaro hamkorlik;

    • ishlab chiqilayotgan texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur institutsional asos, tashkiliy tuzilmalar, ularni o‘zlashtirish uchun zarur infratuzilma;

    • innovatsiyalarni tatbiq etish uchun to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyoj.

    Yuqoridagilarni misolar bilan izohlang
    Hozirgi vaqtda hududlarda texnologik innovatsiyalardan foydalanish va ularni amaliyotga tatbiq etish bilan quyidagi muammolar mavjud:
    ● iqtisodiyotni texnologik va boshqa turdagi innovatsiyalar yordamida rivojlantirish, muntazam ravishda modernizatsiya qilib borish bo‘yicha tadbirlar va harakatlarning mujassamlashtirilmaganligi, xususan bu maqsadlarga yo‘naltirilgan dasturiy va strategik hujjatlarning ishlab chiqilmaganligi, innovatsion rivojlantirishga kompleks yondashuvning mavjud emasligi;
    ● texnologik innovatsiyalarni yaratuvchilar, undan potensial foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalarning zaifligi, innovatsion klasterlarning mavjud emasligi, ularni tashkil etish uchun rag‘batlantiruvchi omillarning yetarli emasligi;
    ● texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mukammal emasligi.

    1.Ushbu innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalab bering



    2.Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardan iborat. Ko‘rsatilgan javoblarga hammasini misollar bian tushuntiring



    • innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

    • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;

    • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

    • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

    • innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;

    • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.

    3. Ekzogen ilmiy va texnologik rivojlanish modellarining uchta asosiy turi qo‘llaniladi:
    - birinchidan ekzogen model yangilik u tizimining samaradorligi investitsiyalar o‘sishi va ishchi kuchi dinamikasi bog‘liq emas, deb ishoniladi, ammo tashqaridan import, ya’ni, bir avtonom (yoki neytral) Innovatsion siyosat sifatida taqdim etiladi.
    -ikkinchidan, innovatsion faoliyatning ekzogen modeli "moslashtirilgan" jarayon shaklida namoyish etiladi. Yangi, zamonaviy asbob-uskunalar va yangi, malakali ishchi kuchi bilan birgalikda joriy etilishi, bu omillar ham tashqi funktsiyalardan vaqtning funktsiyasi sifatida belgilanishi ishoniladi.
    -uchinchidan, innovatsion faoliyat modeli induksiya qilingan, ya’ni innovatsion jarayon tizimning avvalgi rivojlanishi bilan bog‘liq. Innovatsiya jarayoni tizimga qancha kapital qo‘yilmalar kiritilganiga bog‘liq. Bu kashfiyotlar va ixtirolar soni keng ko‘lamli sanoat yoki davlat kapital qo‘yilmalar hajmining bir monotonically oshirish funksiyasi kutilmoqda.
    Innovatsiya sohasida uzoq muddatli va o‘rta muddatli investitsiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki innovatsiya jarayoni o‘rtacha 3–5 yil va undan ortiq vaqt davom etadi. Chuqur iqtisodiy inqiroz sharoitida moliyalashtirishning davlat manbalari keskin kamayadi, shu bois O‘zbekiston Davlat siyosatining konsepsiyasida investitsiya siyosatining quyidagi asosiy normalarini qonunchilik darajasida mustahkamlash nazarda tutilgan:

    • budjetdan faqat fundamental ilmiy tadqiqotlar, shuningdek notijorat xususiyatiga ega bo‘lgan respublika ahamiyatidagi obyektlar va milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq obyektlargina qaytarmaslik asosida moliyalashtirilishi mumkin;

    • markazlashgan investitsiyalarning qolgan barcha turlari faqat qaytarish va tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin;

    • qaytarish asosida davlat resurslari berishning asosiy shakllari qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish yoki emitatsiya qilinuvchi qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha davlat kafolatlarini berish orqali investitsiya kiritishdan iborat.

    Eng umumiy ko‘rinishda investitsiyalar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga foyda olish maqsadida uzoq muddatga mo‘ljallab mablag‘ sarflashdir. Iqtisodiy mohiyati va maqsadlariga ko‘ra investitsiyalar real va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi. Real investitsiyalarni tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar yer, ishlab chiqarish vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlar sotib olish orqali amalga oshiradilar. Moliyaviy investitsiyalar — xo‘jalik yuritish subyektlari va xususiy shaxslarning turli emitentlarning qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olishidir. Ushbu holda kapitalning biznesga oqib kelishi mablag‘larni qimmatbaho qog‘ozlarga investitsiyalash orqali yuz beradi.
    Yangi mahsulotlar bozori, sof raqobat bozori va kapital (investitsiyalar bozorini innovatsion sohaning asosiy tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqib, «innovatsion soha» tushunchasining mazmunini ifodalaymiz, innovatsion faoliyatining ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli sifatidagi sohasini aniqlaymiz va innovatsion jarayonning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqamiz.
    Hozirgi paytda xo‘jalik yuritishning iqtisodiy usullariga o‘tilishi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi texnikaviy negizini tubdan o‘zgartirishni taqazo qiladi. Bunda qishloq xo‘jalik mashinasozligi majmuasi alohida o‘rin tutadi. U unumliligi va texnikaviy darajasi jahondagi eng yaxshi andozalarga to‘g‘ri keladigan uskunalar ishlab chiqarishiga yo‘naltirilishi kerak.
    Dehqonchilik-sanoat majmuini isloh qilishda qishloq xo‘jalik mashinasozligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki respublika qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlash, tarmoq korxonalarining barqaror va samarali ishlashiga erishish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, bozor sharoitiga javob beradigan qishloq xo‘jalik mashinasozligi boshqaruv tuzilmasini shakllantirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridir.
    Ishlab chiqarishni innovatsiya-texnikaviy rivojlantirishni boshqarishkompaniya raxbariyati yuqori pog‘onasida amalga oshiriladi. Uning maqsadi kompaniyaning yangi mahsulot ishlab chiqish va joriy etish; ishlab chiqariladigan mahsulotni zamonaviylashtirish va takomillashtirish; mahsulot an’anaviy turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishdan iborat.
    Kompaniya innovatsiya faoliyatini boshqarishda innovatsiyalar strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratilmoqda. Mahsulot yangi turlarini yaratish va ishlab chiqarish kompaniya strategiyasining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
    Tadqiqot va ishlab chiqarishni bitta jarayonga birlashtiradigan yagona fantexnika majmuini tashkil etish, ishlab chiqarishni innovatsiya-texnikaviy rivojlantirishni boshqarish hozirgi boqichdagi eng muhim vazifasidir. Bu esa “fan-ishlab chiqarish” sikli barcha bosqichlarining mustahkam bog‘lanishini taqozo qiladi. Fan-texnika-sotuv yaxlit tizimlarini yaratish fan-texnika taraqqiyoti va kompaniyaning bozor yo‘nalishidagi ehtiyojlari bilan bog‘liq. Chunonchi, ushbu yaratuvchilik ishlab chiqarish bo‘linmasi faoliyatini talabga va iste’molchilar ehtiyojlariga, kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga javob beradigan mahsulotlar yaratish yo‘li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlay oladigan sohalarga yo‘naltirmoqda.
    Shu munosabat bilan ishlab chiqarishni innovatsiya-texnikaviy boshqarishni rivojlantirish quyidagi asosiy vazifalarni bajarish orqali, ya’ni:

    • innovatsiya faoliyati rejalari va dasturlarini ishlib chiqish;

    • yangi mahsulot ishlab chiqish jarayoni va uning joriy etilishini kuzatish;

    • yangi mahsulot yaratish loyihalarini ko‘rib chiqish;

    • yagona innovatsiya siyosatini yuritish;

    • ishlab chiqarish bo‘linmalarida shu boradagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

    • innovatsiya faoliyati dasturlarini moliyaviy va moddiy resurslar bilan ta’minlash;

    • ishlab chiqarishni innovatsiya-texnikaviy rivojlantirishni boshqarishni malakali xodimlar bilan ta’minlash;

    • g‘oyadan toki yalpi ishlab chiqarishgacha innovatsiya muammolarini hal etish muayyan guruhlar tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.

    Ushbu vazifalarni hal etishda yangi investitsiyalar manbalarini jalb etish juda muhim. Bunday investitsiyalar “ O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” korxonalarini innovatsiya-texnikaviy rivojlantirishning quyidagi bosqichlarida ishga solindi.
    Innovatsion tavakkalchilikni boshqarish.
    Korxonalar faoliyatida tavakkalchilikka olib keladigan omillardan biri innovatsion jarayonlar hisoblanadi. Tabiiy, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona har xil (ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; mahsulot hajmini, sifatini oshirish; harajatlarni kamaytirish; tovarlar assortimentini ko‘paytirish va boshqa ) yo‘llar orqali foyda olishga hamda bozorda o‘zining mavqeigi ega bo‘lishga, boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha olishga harakat qiladi. Bunda, u innovatsiyaga tayanishga majbur bo‘ladi. Bu esa tavakkalchilikni aniqlashga olib keladi. Innovatsion tavakkalchilik innovatsion loyihalardan foydalanishdagi qaror qabul qilish jarayonida yuzaga keladi. Bunday jarayonlarda qanday iqtisodiy samara innovatsion jarayonlarni amalga oshirishga olib kelishi noma’lum bo‘ladi. Innovatsion jarayonlar oxiri natijalarning ishonchli emasligi va tavakkal orqali tavsiflanadi.
    Bu borada G.A.Krayuxin va L.F.Shaybakovlar ta’kidlaganidek, “Innovatsion jarayonlarning asosiy qonunlaridan biri mahsulot turg‘unligini oshirish va tavakkalligini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qulay imkoniyatlar yaratiladi”. Innovatsion jarayonlar ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida tavakkalchilikni aniqlashdagi asosiy uslubiy omillardan hisoblanadi va ishlab chiqaruvchiga innovatsion loyihalar samaradorligini bashorat qilishda qulaylik yaratadi.
    Ishlab chiqaruvchining loyihasi muvaffaqiyat qozonishi uchun, u kutilayotgan tavakkalchilikni aniq va to‘g‘ri baholashi lozim. Buning uchun, innovatsion loyihani amalga oshirishga qaratilayotgan tavakkalchilik chuqur taxlil qilinishi kerak. Shuning uchun, biz, innovatsion loyihani amalga oshirishga ijobiy ta’sir etadigan tavakkalchilikni taxlil qilish uslubiyatini ishlab chiqdik. Bunda biz, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda yuqori malakaga ega ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy faoliyatini o‘rganishdan kelib chiqdik. Ushbu maqolada innovatsion loyihalarni amalga oshirishdagi xavflarni aniqlashdagi tavakkalchilikni aniqlash va baholashning bir necha yo‘llari taklif etilgan. Tavakkalchilikni baholash - bu loyihani amalga oshirish jarayonida ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulot hajmini sifat va miqdorini aniqlashdan iborat. Hozirgi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyot fanida taxlil qilishning zarur usullari ishlab chiqilmagan. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu usullarni ishlab chiqishda kutilayotgan tavakkalni sifat va miqdoriy baholashdan kelib chiqdik. Tavakkalchilikni sifatli baholash taklif qilinayotgan yechimning tavakkalligini, uning miqdoriy tarkibini aniqlash, unga juda xavf soluvchi sohalarni aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda sifatli taxlil jadvalidan faydalaniladi. Quyidagi keltirilgan jadvalda ustun bo‘yicha loyihaga ta’sir etuvchi tavakkalchilik ko‘rinishlari, eniga esa, loyihalar nomi berilgan.
    Tavakkalchilikni sifatli baholash amalga oshirilgandan keyin, innovatsion loyihaga ta’sir etuvchi tavakkalchilikni miqdoriy taxlil qilish boshlanadi. Tavakkalchilikni sifatli taxlil qilishdan maqsad - innovatsion loyihaga ta’sir etuvchi tavakkalchilikning ko‘rinishlarini aniqlashdan iborat. Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga doir tavakkalchilikni miqdoriy taxlil qilish muammolariga bag‘ishlangan ko‘pgina tadqiqot ishlarida miqdoriy baholashda qo‘llanadigan tavakkalchilikning empirik shkalasi ishlab chiqilgan va taklif etilgan:
    Tavakkalchilikning empirik Chkalasi


    Download 214.32 Kb.
    1   2   3   4




    Download 214.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TTM tizimining samarali ishlashiga bir qator omillar to‘sqinlik qiladi

    Download 214.32 Kb.