Avtomatikaning ijro mexanizmlari
Rеjа:
1. Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi.
2. Elektrik ijro mexanizmlari.
3. Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari
4. Elektromagnitli ijro mexanizmlari
5. Elektromagnitli muftalar.
Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi.
Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi
deb rostlovchi organi
uzatilayotgan signalga muvofiq xarakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi.
Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to’sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari: chiqish validagi aylanish
momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta’sir etuvchi kuch;
aylantiruvchi moment yoki
kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni;
inersionlik vaqtini ko’rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining
aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti.
Ijro mexanizmini ishdan to’xtagandan so’ng turg’unlashgan rejim vaqtida
ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat
rostlash sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari –
ularning statik va dinamik
tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko’ra ijro mexanizmlari
integrallovchi zvenolar guruxiga kiradi: W(p)= 1/ Т
im
r , bu yerda Т
im
–
maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to’liq surilish vaqti.
Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko’ra
sinflarga ajratish
mumkin: foydalanilgan energiya turiga ko’ra, chiquvchi organning xarakat
xarakteriga ko’ra; foydalanilgan yuritma turiga ko’ra hamda chiquvchi organning
xarakatlanish tezligiga ko’ra.
Foydalanilgan energiya turiga ko’ra IM lar elektrik,
pnevmatik, gidravlik
turlariga ajratiladi (8.1-rasm). Chiquvchi organ xarakat xarakteriga qarab IM lar
aylanuvchan va to’g’ri xarakatlanuvchan guruxlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar
bir marta aylanuvchan va ko’p marta aylanuvchan bo’lishi mumkin.
Foydalanilgan elektr yuritma ko’rinishiga
qarab IM lar elektr yuritmali,
elektromagnitli, porshenli va membranali bo’lishi mumkin.
Chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko’ra IM lar doimiy tezlikka ega
bo’lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional
bo’lgan IM larga ajratiladi.
Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida elektrik IM lar keng tarqalgan.
Ularni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli (8.2-
rasm).
Birinchi guruxga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IM lar odatda
elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham
mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida yuritma va tormozga beriladi,
mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi.
Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz mexanizmni to’xtatadi.
Ikkinchi guruxga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi
klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlarni
boshqarish uchun
qo’llanilishi mumkin. Bu guruxga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin.
Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida
qo’llaniladi.
Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil
topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida
yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to’xtay boshlaydi
va yuritma chiquvchi
organni xarakatga keltiradi. Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz
mexanizmni to’xtatadi.
8.1-rasm. Ijro mexanizmlarining energiya turiga qarab turlanishi