• Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi.
  • Rеjа: Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi. Elektrik ijro mexanizmlari. Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari Elektromagnitli ijro mexanizmlari Elektromagnitli muftalar




    Download 0.56 Mb.
    bet1/4
    Sana14.11.2023
    Hajmi0.56 Mb.
    #98339
      1   2   3   4
    Bog'liq
    мустакил1
    Aniqmas integrallar, foydali-fayllar uz ikki-o0zgaruvchili-funksiyaning-ekstremum-qiymatlari, econom, Maruza 6 (1), 9-informatika-darslik (1), Ekologiya. Tursunov H.T. Raximov T.U., valealogiya, kerakli insholar, Qahramon aka, Mustaqil ish grav, Masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarish, TA`LIM TARBIYA MUASSASALARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT SOHASIGA KIRADIGAN DAVLAT TASHKILOTI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI O`RGANISH222, POLVONOVA SUNBULA, 1 Amaliy, 1 mustaqil iw chuqur

    Avtomatikaning ijro mexanizmlari


    Rеjа:



    1. Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi.

    2. Elektrik ijro mexanizmlari.

    3. Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari

    4. Elektromagnitli ijro mexanizmlari

    5. Elektromagnitli muftalar.


    Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi.
    Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb rostlovchi organi uzatilayotgan signalga muvofiq xarakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi. Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to’sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi.
    Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari: chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta’sir etuvchi kuch; aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni; inersionlik vaqtini ko’rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti.
    Ijro mexanizmini ishdan to’xtagandan so’ng turg’unlashgan rejim vaqtida ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
    Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari – ularning statik va dinamik tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko’ra ijro mexanizmlari integrallovchi zvenolar guruxiga kiradi: W(p)= 1/ Тim r , bu yerda Тim – maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to’liq surilish vaqti.
    Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko’ra sinflarga ajratish mumkin: foydalanilgan energiya turiga ko’ra, chiquvchi organning xarakat xarakteriga ko’ra; foydalanilgan yuritma turiga ko’ra hamda chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko’ra.
    Foydalanilgan energiya turiga ko’ra IM lar elektrik, pnevmatik, gidravlik turlariga ajratiladi (8.1-rasm). Chiquvchi organ xarakat xarakteriga qarab IM lar aylanuvchan va to’g’ri xarakatlanuvchan guruxlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar bir marta aylanuvchan va ko’p marta aylanuvchan bo’lishi mumkin.
    Foydalanilgan elektr yuritma ko’rinishiga qarab IM lar elektr yuritmali, elektromagnitli, porshenli va membranali bo’lishi mumkin.
    Chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko’ra IM lar doimiy tezlikka ega bo’lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional bo’lgan IM larga ajratiladi.
    Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida elektrik IM lar keng tarqalgan. Ularni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli (8.2-rasm).
    Birinchi guruxga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz mexanizmni to’xtatadi.
    Ikkinchi guruxga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlarni boshqarish uchun qo’llanilishi mumkin. Bu guruxga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin. Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida qo’llaniladi.
    Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz mexanizmni to’xtatadi.

    1-rasm. Ijro mexanizmlarining energiya turiga qarab turlanishi




    Download 0.56 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rеjа: Ijro mexanizmlari haqida tushuncha va ularning turkumlanishi. Elektrik ijro mexanizmlari. Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari Elektromagnitli ijro mexanizmlari Elektromagnitli muftalar

    Download 0.56 Mb.