• 4.1-rasm. Ijro mexanizlarining foydalaniladigan turiga ko’ra klassifikatsiyasi.
  • Ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash




    Download 149,37 Kb.
    bet1/2
    Sana30.01.2024
    Hajmi149,37 Kb.
    #148284
      1   2
    Bog'liq
    AMALIY MASHG\'ULOT-7


    4-AMALIY MASHG’ULOT
    IJRO MEXANIZMLARINI HISOBLASH VA TANLASH
    Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb, rostlovchi organni uzatilayotgan signalga muvofiq harakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi. Rostlovchi organ vazifasini drossellar, to’sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi.
    Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari:

    • Chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati;

    • Aylantiruvchi moment;

    • Nosezgirlik maydoni;

    • Inersionlik vaqtini ko’rsatuvchi vaqt doimiysi;

    • Chiqish valining aylanish vaqti

    Ijro mexanizmini ishdan to‘xtagandan so‘ng turg‘unlashgan rejim vaqtida ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
    Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari - ulaming statik va dinamik tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko‘ra ijro mexanizmlari integrallovchi zvenolar guruhiga kiradi:

    W(p)= ,


    bu yerda, - maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to‘liq surilish vaqti.


    Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin:

    • foydalanilgan energiya turiga ko‘ra,

    • chiquvchi organning harakat xarakteriga ko‘ra;

    • foydalanilgan yuritma turiga ko‘ra;

    • hamda chiquvchi organning harakatlanish tezligiga ko‘ra.

    Foydalanilgan energiya turiga ko‘ra IM lar elektrik, pnevmatik,
    gidravlik turlariga ajratiladi.



    4.1-rasm. Ijro mexanizlarining foydalaniladigan turiga ko’ra klassifikatsiyasi.

    Chiquvchi organ harakat xarakteriga qarab IM lar aylanuvchan va to‘g‘ri harakatlanuvchan guruhlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar bir marta aylanuvchan va ko‘p marta aylanuvchan bo'lishi mumkin.


    Foydalanilgan elektr yuritma ko‘rinishiga qarab IM lar elektr yuritmali, elektromagnitli, porshenli va membranali bo‘lishi mumkin.
    Chiquvchi organning harakatlanish tezligiga ko‘ra IM lar doimiy tezlikka ega bo‘lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional boMgan IM larga ajratiladi.
    Elektrli ijrom mexanizmlarni 2 ta asosiy guruhga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli
    Birinchi guruhga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IMlar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo'lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to'xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni harakatga keltiradi. Signal yo'qolganda yuritma ishdan to'xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.
    Ikkinchi guruhga solenoidli IM lami kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlami boshqarish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bu guruhga elektromagnitli muftalami kiritish mumkin. Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida qo‘llaniladi.
    Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo‘lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni harakatga keltiradi. Signal yo‘qolganda yuritma ishdan to'xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.




    Download 149,37 Kb.
      1   2




    Download 149,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash

    Download 149,37 Kb.