Elektromagnitli muftalar
Muftalar — uzatma va ishchi mexanizmlar orasidagi bog’lovchi zveno
hisoblanadi. Ularning ish prinsipi bog’lovchi elementlarning
elektromagnit
xususiyatlariga asoslangan.
Elementlarning bog’lanishi ko’rinishiga qarab muftalar funksiyali quruq
ishqalanuvchan, qovushoq ishqalanuvchan va siljish muftalarga ajratiladi.
Quruq
ishqalanish muftasi (8.4, a-rasm) 3 va 9 vallarga bog’langan 5, 6 - ikkita yarim
mufta holda 2 xalqa va 4 shetkalardan kuchlanish qabul qiluvchi 1 cho’lg’amdan
tashkil topgan. 6- yarim muftaning boshqariluvchi qismi 8- shponkaning o’qi
bo’yicha
xarakatlanadi, u ishchi mexanizmning 9-vali bilan bog’langan.
Boshqariluvchi 6 mufta 7 prujina yordamida 5 boshqaruvchi muftaga nisbatan
siqiladi. Cho’lg’amlarga elektr toki berilishi bilan hosil bo’lgan elektromagnit
maydon 7 prujina
kuchini yengib, boshqariluvchi 6 muftani tortadi. Ishqalanish
kuchlari hisobiga 5 va 6 yarim muftalarda hosil bo’ladigan aylantiruvchi moment
boshqaruvchi valdagi boshqariluvchi valiga o’tkaziladi. Uzatilayotgan aylantiruvchi
momentni kattalashtirish uchun muftalarni ko’p diskli ko’rinishda tayyorlanadi.
Qovushoq ishqalanuvchi muftalar (8.4 b-rasm) ferroparo-shakli yoki magnitli
emulsiyali tarkibiga ega bo’lib, boshqariluvchi va
boshqaruvchi elementlarda
bog’lovchi qatlam hosil bo’ladi. Bunday muftalarning xarakterli tomoni shundaki,
magnit oqimi ortib borishi bilan uzatiluvchi aylantiriluvchi moment ortib boradi.
Bunday muftalar yuklamalarga nisbatan chidamli bo’lib, tez xarakatlanuvchan IM
lardan hisoblanadi (vaqt doimiysi Т=0,005... 0,008 s), ularning uzatish koeffitsiyenti
K=3500. Bu muftalar konstruktiv tuzilmasiga ko’ra g’altaklarning joylashishi, soni,
ishchi yuzasining shakliga, tok o’tkazgichlarining ko’rinishi va boshqa belgilariga
ko’ra farqlanadi
2-rasm. Quruq ishqalanish va qovushoq ishqalanish muftasining konstruktiv va
elektr sxemalari.