|
Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash
|
bet | 1/12 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #120134 |
Bog'liq kurs ishi 007
KURS ISHI
Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash.
Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash.
Reja:
I bob.Kirish
1) Issiqlik beruvchi elementlar guruhi
2) Issiqlik beruvchi elementlarda haroratni o‘lchash va harorat shkalalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
II bob
3) Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash.
4) Xulosa.
Kirish
Elektr energiyasi va issiqlik energiyasini tejash masalalariga.bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligini va so‘nggi paytlarda shu masala bo‘yicha qator davlat ahamiyatiga molik qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, issiqlik texnikasida o‘lchash va avtomatlashtirish muhim ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin.
Har qanday ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini ko‘tarish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. o‘lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun
har bir muhandis — texnik xodim, qaysi soha mutaxassisi bo‘lishidan qat’iy nazar, metrologiya asoslaridan, texnologik o‘lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o‘lchash
jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan
xabardor bo‘lishi zarur.
Ushbu harorat, bosim, suyuqlik va gazlarning sarfi,
sathi, fizik-kimyoviy tahlilini olib borish uchun foydalaniladigan
o‘lchash asboblarining ishlash qonuniyatlari keltirilgan hamda ularni avtomatlashtirish va namunali asboblarga qiyoslash masalalariga ham katta ahamiyat berilgan.
darslik «issiqlik texnikasida o‘lchash va avtomatlashtirish»
fanidan tahsil oluvchi energetika kasb-hunar kolleji talabalari Zamonaviy energetika qurilmalarida o‘lchash asboblarining soni juda ham ko‘pdir. Masalan, 500 mW quvvatli issiqlik energetika blokini boshqarish uchun 741 ta manometr va sarf o‘lchagich, 4747 ta termoelektrik termometr (termojuftlar) va qarshilik termometrlari, 112 ta elektron avtomatik rostlagich va boshqa turdagi asboblardan foydalaniladi. «Issiqlik texnikasida o‘lchash va avtomatlashtirish» fanining vazifalari quyidagilardan iborat: issiqlik texnikasi jarayonlarini tavsiflaydigan turli kattaliklarni o‘lchash usullarini taqqoslash va o‘rganish; o‘lchash qurilmalarining asosiy konstruktiv chizmalarini (sxemalarini) va ularni qo‘llash sharoitlarini hamda o‘lchashlarni, ularning aniqligini baholash bilan ko‘rib chiqish; o‘lchash usuli va texnikasining rivojlanish yo‘llarini belgilash. O‘lchash — fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba usuli bilan topishdir. Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni 1 ga teng bo‘lgan qiymat berilgan va fizik kattalik birligi yoki o‘lchash birligi deyiladigan fizik kattalik bilan taqqoslash kerak bo‘ladi. O‘lchash natijasi kattalikning o‘lchash usuli bilan o‘lchash birligini taqqoslash usuli yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini quyidagi tenglama yordamida ifodalash mumkin: R = Q/q , (1) bunda R — o‘lchash natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati; Q — o‘lchanayotgan manbaning fizik kattaligi; q — fizik kattalik birligi. O‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini olish usuliga ko‘ra barcha texnik o‘lchashlarni bevosita va bilvosita usullarga ajratish mumkin. Laboratoriya (tajribaxona) amaliyotida va ilmiy tekshirish jarayonlarida birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi. Bevosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan o‘lchash. O‘lchanayotgan natijani bilvosita usul yordamida olish o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattalikni o‘lchashga asoslangan. y = f(x1 , x2 , ..., xn ), (2) bunda y — o‘lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; x1 , x2 , ..., xn — bevosita o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatlari. Bilvosita o‘lchashga o‘tkazgichning solishtirma elektr qarshiligini uning qarshiligi, uzunligi va ko‘ndalang kesimi yuzi bo‘yicha topish, jism zichligini uning massasi va hajmini o‘lchash natijalari bo‘yicha topish misol bo‘la oladi. O‘lchashning biror prinsipini amalga oshirish uchun turli texnik vositalar qo‘llaniladi. O‘lchashlarda qo‘llaniladigan va normalangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositalar o‘lchash vositasi deyiladi. O‘lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmuyi o‘lchash usuli deyiladi. O‘lchashlarda bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) baholash, differensiallab, o‘lchash bilan taqqoslash va nol (kompensatsion) usullar keng tarqalgan. O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normalangan metrologik xossalarga, ya’ni ma’lum sonli qiymatlarga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchligini ifodalovchi xossalarga ega bo‘ladi. O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchashlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartgichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi. O‘lchash asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala va raqamli tablodan o‘qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko‘rsatuvlarni yo diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko‘zda tutiladi. Kombinatsiyalangan asboblar o‘lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi va qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda o‘lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi (jamlanadi). Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi. Asboblarning turli-tumanligi ularni unifikatsiyalash masalasini qo‘ydi. Bu maqsadda hozirgi paytda Asboblarning davlat sistemasi (ADS) yaratilgan. Yangi asboblar va avtomatlashtirish vositalari ADS talablariga ko‘ra tayyorlanadi, avval yaratilgan, eskilari esa asta-sekin ADSga moslashtiriladi. ADSning tuzilishi ma’lum sistemali — texnik prinsiplarni qo‘llashga asoslangan. Nazorat qilish, sozlash va boshqarishning turli-tuman sistemalarini texnik vositalar bilan ta’minlash muammolarini eng qulay usul bilan hal etish imkonini beradi. ADS tarafidan yechiladigan muhim masalalaridan biri xalq xo‘jaligi talablarini to‘la qanoatlashtiradigan, tekshirilgan qurilmalarning chekli nomenklaturasini (ro‘yxatini) yaratishdan iborat. O‘lchash vositalari o‘lchash jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab ishchi, namunali va etalon o‘lchash vositalariga bo‘linadi. Ishchi o‘lchash vositalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular aniqligi yuqori o‘lchash vositalariga va texnik o‘lchash vositalariga bo‘linadi. Namunali o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. Etalonlar — qiyoslash chizmasining quyida turgan o‘lchash vositalariga birlik o‘lchamini uzatish maqsadida birlikni (yoki birlikning karrali yoki ulushli qiymatlarini) qayta yaratilishini va (yoki) saqlanishini ta’minlaydigan o‘lchash vositasi (o‘lchash vositalari to‘plami). Fizik kattaliklar birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o‘lchash asboblari yordamida boshqa o‘lchash asboblariga o‘tkaziladi. O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatma kiritish maqsadida o‘lchash.
Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchash birliklarida ifodalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb ataladi. O‘lchash asboblarining sanoq qurilmasi shkala va ko‘rsatkichdan (strelkali yoki nurli) tuzilgan. 1- rasmda o‘lchash asbobining shkalasi ko‘rsatilgan, shkaladagi sonli belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi orasidagi oraliq shkalaning bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisiga mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo‘linmasining qiymati deyiladi. O‘zgarmas bo‘linmali va o‘zgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda o‘lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari o‘lchash asbobining ko‘rsatishlari deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning shkalada ko‘rsatilgan eng kichik qiymati shkalaning boshlang‘ich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati deyiladi. Shkalaning boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan qiymatlar sohasi intervali (oralig‘i) o‘lchash ko‘lami deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari normalangan qiymatlari sohasi o‘lchash asbobi yoki o‘lchash o‘zgartkichining o‘lchash ko‘lami deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, o‘lchash ko‘lami bilan ko‘rsatuvlar ko‘lami mos keladi. O‘lchash ko‘lamining eng kichik va eng katta qiymatlari o‘lchash chegaralari deyiladi. Shkaladan ma’lumot olishda shkala qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Shkalada belgilar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yoki silindrsimon sirtdagi aylanma yoyi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Asboblarning shkalalari bir tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz bo‘lishi ham mumkin. Harorat — bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning xarakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabul qilingan. Shuningdek Kelvin gradusini mutloq nol xarorat xam deb yuritiladi. Chunki 0 K da xar qanday moddada molekulyar xarakat toʻxtaydi. Texnikada esa kelvin shkalasidan tashqari Tselsiy shkalasi xam keng qoʻllaniladi. Tselsiy shkalasi suvning qaynash va muzlash xaroratlariga asoslangan va kelvin bilan quyidagi bogʻliqlikka ega.
Harorat shkalalari:
Suv 0 °C da muzlaydi. Termometr -17 °C ni ko'rsatib turibdi.
Harorat shkalalarining o'zaro nisbatlari
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash
|