|
Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash
|
bet | 8/12 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #120134 |
Bog'liq kurs ishi 007 XIX asrning 90 yillari oxiriga kelib absolyut qora jism nurlanishining spektral taqsimoti ustida puxta eksperimental o‘lchashlar bajarildi. Ular shuni ko‘rsatadiki, T haroratning har bir qiymatida r(l,T) bog‘lanish aniq maksimumga ega (14.2-rasm). Temperaturaning o‘zgarishi bilan maksimum qiymat qisqa to‘lqinlar sohasi tomon siljiydi. Bunda maksimumga mos tushadigan to‘lqin uzunligi m bilan T temperaturaning ko‘paytmasi doimiy bo‘lib qoladi.
Bu munosabat oldinroq Vin tomonidan termodinamikadan olingan bo‘lib, u Vinning siljish qonunini deb ifodalanadi: absolyut qora jism nurlanishi energiyasi maksimumiga to‘g‘ri keladigan (m to‘lqin uzunligi, T absolyut haroratga teskari proporsionaldir. (10.3) – ifoда b - Vin doimiysi, Vin doimiysining son qiymati: Laboratoriya sharoitida erishilgan temperaturada r(l,T) nurlanish qobiliyati maksimum qiymati infraqizil sohada yotadi. Faqat T 5103K da maksimum spektrning ko‘rinadigan chegarasiga o‘tadi. Quyoshning nurlanish energiyasining maksimumi taxminan 470 nm (spektrning yashil sohasi) to‘g‘ri keladi. Bu quyoshning yuza qatlamlariga 6200 K harorat to‘g‘ri keladi (agar Quyoshni absolyut qora jism deb qaralsa). Termodinamik qarashlar tufayli Stefan-Bolsman va Vin qonunlarini nazariy keltirib chiqarish kabi termodinamik fikrlar r(l,T) absolyut qora jism nurlanishining spektral taqsimotini butun egri chizig‘i bo‘ylab olish imkonini berdi. 1900 yilda bu muammoni taniqli ingliz fizigi D.Reley yechishga harakat qildi, u o‘zining fikrlari asosida termodinamik muvozanat holatida erkinlik darajasi bo‘ylab energiyani bir tekis taqsimoti haqidagi mumtoz statistik mexanikaning teoremasini qo‘ydi. Bu teorema Reley tomonidan absolyut qora jism muvozanat nurlanishga nisbatan qo‘llanildi. Ancha keyinroq bu g‘oyani Jins batafsil rivojlantirdi. Absolyut qora jism nurlanishini to‘lqin uzunligi va T haroratga bog‘liqligini shu yo‘l bilan olishga muvofaq bo‘ldi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash
|