Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash




Download 0,94 Mb.
bet10/12
Sana16.12.2023
Hajmi0,94 Mb.
#120134
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi 007

Bu yerda s - yorug‘lik tezligi, h - Plank doimiysi, k – Bolsman doimiysi, T - absolyut temperatura. Plank formulasi har qanday chastotada qora jism nurlanishini spektral taqsimotini yaxshi ifodalaydi. U eksperimental ma’lumotlarga mos tushadi. Plank formulasidan Stefan-Bolsman va Vin qonunlarini keltirib chiqarish mumkin. h <

Absolyut qora jismning nurlanish muammosini yechilishi fizikada yangi davr boshlab berdi. Mumtoz fizika tasavvurlarini inkor qilish oson kechmadi, hatto Plankning o‘zi ham, buyuk kashfiyotni yaratib, bir necha yillar davomida energiyani kvantlashni mumtoz fizika nuqtai nazaridan tushunishga harakat qildi.

rasm.Absolyut qora jism nurlanishi modeli.

3. Optik pirometriya

Absolyut qora jismning temperaturasini uning nur sochish xarakteriga qarab yuqorida ko‘rib o‘tilgan nurlanish qonunlarining biriga asoslanib aniqlash mumkin. Temperaturalarni bu qonunlarga asoslanib aniqlash metodlari optik pirometriya deb ataladi. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlariga oid ifodalardagi temperatura absolyut shkalada berilgan, shu tufayli optik pirometriya absolyut temperaturalarni belgilash usulini beradi. Temperaturalarni absolyut shaklda o‘lchashda, issiqlik xususiyatlarini oldindan bilib bo‘lmaydigan termometrik jismdan foydalanish zarurligidan prinsipial qiyinchiliklar tug‘iladi.

Optik pirometriya metodlari amaliy masalalarning ko‘pini hal qila oladi. O‘z xususiyatlari jihatidan absolyut qora jismga o‘xshash obektlar amalda ko‘p uchraydi.Bunday obektlarga laboratoriya yoki zavod pechlari misol bo‘la oladi.Agar pechlarda kichkina teshik ochib temperaturalar o‘lchansa, unda pech absolyut qora jismga yaqinlashib qoladi. Absolyut qora bo‘lmagan, sharoitda nur sochuvchi jismlarning temperaturalarini optik metod bilan o‘lchanganda ularning xususiyatlarini hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu xususiyatlar ma’lum bo‘lgan taqdirda, optik pirometriya o‘zining soddaligi tufayli g‘oyat qulaydir. Temperaturani o‘lchash nurlanish qonunlarining qaysi biriga asoslanib o‘tkazilishiga qarab, optik pirometriya metodlari o‘zlariga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu usullarni ayrimlarini qarab chiqaylik.


Download 0,94 Mb.

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash

Download 0,94 Mb.