Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash




Download 0,94 Mb.
bet6/12
Sana16.12.2023
Hajmi0,94 Mb.
#120134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi 007

Jismning nur yutish va qaytarish qobiliyatidan tashqari yana bir harakteristikasi mavjud, u T temperaturadagi jismning birlik sirtidan birlik vaqtda nurlanayotgan elektromagnit to‘lqinlarning energiyasini ifodalaydi. Bu kattalikni T temperaturadagi jismning nur chiqarish rT qobiliyati deb ataydi. , а -lar o‘lchamsiz kattalik, rT esa Vt/m2 larda o‘lchanadi.


Jismlar bilan ular solingan yopiq idish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi uchun har bir jism qancha energiya chiqargan bo‘lsa u shuncha energiya yutishi kerak bo‘ladi. Bu issiqlik nurlanishining eng muhim qonuniyatlaridan biridir. Bundan ko‘rinadiki, ma’lum bir temperaturali absolyut qora jism vaqt birligida birlik yuzasidan chiqargan nur energiyasi boshqa har qanday jism chiqargan nur energiyasidan ko‘p bo‘ladi. Absolyut oq jism ham, absolyut qora jism ham tabiatda bo‘lmaydi. Har qanday jism nurlanishning bir qismini yutsa, qolgan qismini qaytaradi. Ularning farqi shundaki, ba’zi jismlar nurlanishning ko‘proq qismini yutsa, ba’zilari esa kamroq qismini yutadi. Odatda, o‘zining xususiyatlari bilan absolyut qora jismdan kam farq qiladigan modeldan foydalaniladi. Kichik tirqishli berk kovak idish bunday jismning yaxshi modeli hisoblanadi.

Bunday yopiq kovak idishning kichik tirqishi orqali tushgan yorug‘lik idish ichida uning devorlaridan ko‘p marta qaytgandan so‘ng qaytib chiqa oladi. Har bir qaytish jarayonida nur energiyasining bir qismi yutiladi. Natijada, nur energiyasining juda kichik qismigina kovakdan qaytib chiqishi mumkin. Shuning uchun bunday modelning nur yutish qobiliyati 1 ga juda yaqin bo‘ladi. Bu yopiq kovak idish tashqaridan qaraganda mutlaqo qora bo‘ladi. Ammo, ma’lum bir T temperaturagacha qizdirilgan yopiq kovak idish issiqlik muvozanatida bo‘lsa, uning kichik tirqishi orqali chiqargan nurlanishi absolyut qora jismning nurlanishi deyish mumkin. Aynan shunday issiqlik nurlanishini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan barcha eksperimentlar asosida absolyut qora jism modellashtiriladi. Yopiq kovak idish ichida temperaturani ortishi bilan uning tirqishi orqali chiqarayotgan nurlanishining spektral tarkibi o‘zgaradi. Berilgan T temperaturada absolyut qora jismning nurlanish energiyasining to‘lqin uzunligi bo‘yicha taqsimoti nur chiqarish qobiliyati , bilan xarakterlanadi. Nurlanish qobiliyati birlik jism yuzasidan birlik to‘lqin uzunligi intervalidagi nurlanish quvvatiga teng bo‘ladi. ko‘paytma absolyut qora jism yuza birligidan (( to‘lqin uzunlik intervalida barcha yo‘nalish bo‘yicha nurlanish quvvatiga teng. Shuningdek, energiya taqsimotini chastota bo‘yicha ham keltirish mumkin. (yoki funksiyani ba’zida spektral nurlanish ham deb ataladi. Barcha to‘lqin uzunliklari uchun to‘la nurlanish , quyidagiga teng bo‘ladi:


Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash

Download 0,94 Mb.