|
Agar termodinamik muvozanat bo‘lgan yopiq idish ichiga kichik tuynuk orqali qaralsa, unda ko‘z jismlar tasvirini ilg‘amaydi va faqat butun yopiq idish ichki tomonidan bir xil nurlanishini ko‘radi
|
bet | 5/12 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #120134 |
Bog'liq kurs ishi 007 Agar termodinamik muvozanat bo‘lgan yopiq idish ichiga kichik tuynuk orqali qaralsa, unda ko‘z jismlar tasvirini ilg‘amaydi va faqat butun yopiq idish ichki tomonidan bir xil nurlanishini ko‘radi. Aytaylik, idishdagi jismlardan biri unga tushadigan energiyani butunlay yutish xususiyatiga ega bo‘lsin. Boshqacha qilib aytganda o‘ziga tushayotgan barcha to‘lqin uzunlikdagi nurlanishni batamom yutib oladigan jism absolyut qora jism deyiladi. Ma’lum bir temperaturada issiqlik muvozanat xolatida absolyut qora jism nurlanishining spektral tarkibi, uning atrofidagi jism muvozanat nurlanishi spektral tarkibi bilan bir xil bo‘ladi. Aks holda absolyut qora jism va atrofidagi jism nurlanishi o‘rtasida muvozanat bo‘lmasligi mumkin shuning uchun absolyut qora jism nurlanishi spektral tarkibini o‘rganish muammosi tug‘ilgan. Mumtoz fizika bu muammoni yecholmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu nurlanish absolyut noldan farqli hamma temperaturada jismlarda kuzatiladi va temperaturaga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Agar nurlanish oqimi F biror yassi parallel plastinkaga tushayotgan bo‘lsa. Bu oqim qisman qaytadi Fq, qisman jismda yutiladi Fyut va qisman o‘tadi Fo‘t. Bu tenglikni ikkala tomonini F ga taqsimlasak: , bundan quyidagini yozish mumkin: . jismning nur o‘tkazish qobiliyati. Nisbatan qalinroq jismda D=0 bo‘ladi, unda . Shuning uchun T temperaturali jismning l to‘lqin uzunlikli nur qaytarish qobiliyatini va nur yutish qobiliyatini q bo‘ladi. Umuman, ,T, а,T lar 0 dan 1 gacha bo‘lgan intervalda o‘zgarishi mumkin. Ikki xususiy holni ko‘raylik. bo‘lsin, ya’ni jismga tushayotgan nur to‘la qaytsin. Bunday jism absolyut oq jism deyiladi. ,T = 0, а,T = 1, ya’ni jismga tushayotgan nur to‘la yutilsin, bunday jism absolyut qora jism deyiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Agar termodinamik muvozanat bo‘lgan yopiq idish ichiga kichik tuynuk orqali qaralsa, unda ko‘z jismlar tasvirini ilg‘amaydi va faqat butun yopiq idish ichki tomonidan bir xil nurlanishini ko‘radi
|