“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-2, January - 2023
20
ATAMALAR VA KASB-HUNAR SO’ZLARINING MA’NOVIY-VAZIFAVIY
XUSUSIYATLARI
Matrizayeva Sanobar Alimbayevna
302-maktab, Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kasb—hunarga oid so`zlarning
vazifaviy
uslublarda qo`llanilishi, ilmiy va rasmiy uslublardagi vazifasi haqida aytilgan.
Kalit so`zlar:
kasb-hunar atamalari, gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik,
me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya.
Ma’lum bo’ladiki,
tilshunoslik ilmida, tilshunoslar va boshqa mutaxassislar
faoliyatida,
aynisa,
atamalar
bobida
tildan
foydalanishdagi
vaziyatni
muvofiqlashtirish, bir xillikni yuzaga keltirish, osonlik va qulaylik yaratish, eng
muhimi, tushunarli bo’lishni ta’minlash maqsadida tavsiyalar berib boriladi. Aytaylik,
agroprom,
agroximiya, akvarel, annotatsiya, arxeolog, astronom, vacant so’zlari
o’rniga
dehqonchilik sanoati, dehqonchilik kimyosi, suv bo’yoq, muxtasar bayon,
qadimshunos, falakiyotchi, bo’sh o’rin/bo’sh lavozim kabi so’z birikmalarni ishlatish
taklifi. Ammo bu tavsiyalar qanchalik ilmiy, amaliy va me’yoriy asosga ega? Bu
variantlarning qaysi biri tilda yashab qolishi mumkin? Ularning
qaysi biri narsa va
hodisaning, predmet va tushunchaning moniyatini to’laroq ifoda etadi? Bu masalani,
qaysi variant ma’qul bo’lishidan qat’i nazar, hayotning o’zi, til elementlaridan
foydalanish jarayonini hal qiladi. Lekin bunday tavsiyalarning berilishi, tavsiya
etilayotgan varizntlarning afzallik tominlari tushuntirib berilishi mutlaqo zarur bo’lgan
faoliyatdir. Faqat shunday yo’l bilangina
tilimiz takomillashib, sayqallashib, so’z
ma’nolaridagi eng nozik imkoniyatlar ham reallashib boradi. Aytilganlarning tasdig’I
sifatida bir misol keltiramiz: psixologiya faniga oid ko’plab atamalar shu soha
mutaxassislarining tavsiyasiga binoan o’z o’rnini sharq ilmida qo’llanib kelingan
atamalarga bo’shatib berdi. Psixologiya – ruhshunoslik,
psixika-ruhiyat, psixik
protsess-ruhiy jarayon, adaptatsiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi,
talent-iqtidor/iste’dod, temperament-mijoz, emotsiya-jo’shqin holat/jo’shqinlik,
xarakter-xulq.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tildagi me’yoriy holatlarni tayinlashda
har bir tilning o’z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko’pchilikka ma’qul bo’lish-
bo’lmaslik jihatlari e’tiborga olinishi kerak. Kasb-hunar
leksikasi bir qancha
xususiyatlari bilan terminologik leksikadan farqlanadi. Asrlar davomida yaratiladigan
kasb-xunarga oid so’zlar ma’lumkasb-hunar kishilari orasidagina qo’llaniladi va ular
og’zaki nutq jarayonida shakllangan bo’ladi. Bu guruh so’zlarning imkoniyati bir kasb-
hunar va u bilan shug’ullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli