“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#228726
1   2   3   4
Bog'liq
20-22

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-2, January - 2023
 
21
ularning dialectal variantlari mavjud bo’lishi ham mumkin. Bunday xususiyatlari bilan 
ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va 
qishloq xo’jaligi, ma’naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni 
ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy 
tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki 
umummilliy ahamiyatga ega bo’ladi. Kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida 
so’z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug’atlarni ko’zdan kechirish shundan dalolat 
beradiki, ulardan o’zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid 
atamalarning ma’lum qismigina joy olgan. T.Tursunovaning “O’zbek tili amaliy 
leksikasi” (T.,1978)asarida keltirilgan ayrim misollarga murojaat qilib ko’raylik: gilam 
turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, arabi, olacha, palos, xoli/g’oli, sholcha, qoqma 
yoki bosma(1.chakmon. 2.ilma,chok turi), birishim, bo’zastar, gulburi, dorpech, 
dug/duk, duxoba, do’kon(1.dastgoh,stanok. 2.magazin), do’ppi yondori, jo’ypush, 
zardevol/zardevor, zardo’zi, zehdo’zlik, yo’rma, peshonaband/peshonabog’, popop, 
popopchilik, urchuq, choyshab, qo’chqorboshi/qo’chqorak va boshqalar. Ulardan 
gilamning turlarini bildiradigan arabi, palos, sholcha so’zlari hamda 
chakmonma’nosidagi zardo’zi, zehdo’zlik, zardevol, popup, popopchilik, 
peshonaband, peshonabog’, urchuq singari birliklar lug’atlarda keltirilgan. 
XXI asrga kelib fan va texnika taraqqiyoti o’zbek milliy kosibchiligining ayrim 
tarmoqlari faoliyatini susaytirib qo’ydi. Ular tayyorlab yetishtiradigan mahsulotlarning 
ko’pchiligi kundalik ehtiyojlarni qondirishishi nuqtayi nazaridan ham, ma’naviy 
jihatdan ham eskirdi. Bu esa, o’z navbatida, ana shu sohalarga tegishli bo’lgan til 
birliklarining qo’llanishi darajasini pasaytirdi. Tilimizning hozirgi mavqei nuqtai 
nazaridan 
nutqimizda 
unumli-unumsizligidan, 
me’yorlashgan-
me’yorlashmaganligidan qat’I nazar, bu birliklar lug’atlarda qayd etilishi va kelgusi 
avlodlar uchun saqlab qolinishi lozim. Ma’lum bo’ladiki, o’zbek tilida turli fan sohalari 
va kasb-hunarga oid ko’plab so’zlar mavjud hamda ular yozma va og’zaki 
ko’rinishlarda me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, 
matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot singari turli fan sohalariga 
oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o’zbek tilida shunday vositalar ham borki, 
ularning qo’llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab 
bo’lmaydi. Ular bir uslub doirasida yoki ma’lum sohada bir ma’nosi bilan 
me’yorlashgan bo’lsa, ikkinchi bir ma’nosi bilan boshqa uslub yoki sohadan 
me’yorlashgan. Masalan: ega, kesim, suv aylana, zamon, asos, o’q, tekislik, sirt singari 
birliklar umumiste’moldagi so’zlar bo’lish bilan birga, ega, sirt, o’q, tekislik 
geometriyada, zamon falsafada, asos qurilish-me’morchilikda atama sifatida 
me’yorlashgan. Bir so’z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’yorlashgan 
bo’lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya: 



Download 0,62 Mb.
1   2   3   4




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish