|
1. O‘. Xoshimov: Ikki eshik orasi
|
bet | 1/5 | Sana | 29.08.2024 | Hajmi | 89,5 Kb. | | #270044 |
Bog'liq 5-ta asar yangiro
1.O‘.Xoshimov: Ikki eshik orasi.
O‘tkir Hoshimov – el ardoqlagan adib, so‘z san`atkori! Adibning barcha asarlari o‘zbek va va boshqa qardosh xalqlar mulkiga aylanib ketgan. “Bahor qaytmaydi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki soya bor”, “dunyoning ishlari”, “Ikki karra ikki – besh ” kabi qissa va romanlari, yuzdan ortiq dilbar hikoyalari, komediya va fojealari xalq orasida juda mashhur bo‘lib ketgan.
Kitobxon sifatida men adibning “Ikki eshik orasi” romaniga to‘xtalmoqchiman. Ushbu roman 1986- yilda nashr etilgan bo‘lib, undagi voqealar Toshkent yaqinidagi qishloqlardan birining chorak asrli hayoti haqida hikoya qiladi. Undagi voqealar urush arafalarida boshlanib, urush yillarida va urushdan keyingi davrda davom etadi. 1966- yildagi Toshkent zilzilasi bilan tugaydi. Romanning kompozitsiyasi ham original. U yetti qismdan iborat, bu qismlar qirq yetti bobdan tashkil topgan. Bu boblar esa qahramonlar tilidan hikoya qilingan. Romandagi voqealarni hikoya qilishda to‘qqizta personaj ishtirok etadi. Bu tasvir usuli anchayin qiyin, chunki voqealar tarqalib ketishi, ular orasida uzilish ro‘y berishi hech gap emas. Ammo muallif asarning oxirigacha “kalavaning uchini qo‘ldan chiqazmaydi”. Natijada romanda muayyan ichki yaxlitlik paydo bo‘ladi.
“Ikki eshik orasi” romanida voqea Toshkent atrofidagi qishloqlardan birida, asosan, ikkinchi jahon urushi yillarida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, adib asarda o‘rni- o‘rnida qishloq kishilarining urushdan oldingi va urushdan keyingi hayotidan ham hayajonli lavhalar chizadi. Adib asar syujeti va kompozitsiyasini ishlashda mumtoz adabiyotda (“Sab`ayi sayyor” dostonida) mavjud bo‘lgan qoliplash san’atidan ijodiy foydalanib, yangilik yaratgan. Roman voqeasi Robiya, Qora amma, Kimsan Xusanov, Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra’no, Umar zakunchi, Olimjon Komilov kabi turli xarakter va turli toifadagi to‘qqizta obraz tilidan hikoyalar tizmasida berilgan. Bu hikoyalar mazmunan bir-biri bilan mahkam bog’langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Shu tariqa ular romanning bir butun tugal, original va jozibador syujetini hosil qiladi. Asarda asosiy obrazlargina emas, balki Rashid, Abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov singari epizodik obrazlar ham kitobxon yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Asarda sun’iylik yo‘q, aksincha ishontirish san’ati kuchli. Adib qaltis, murakkab masalalarni ham, favqulodda topqirlik bilan ishonarli qilib tasvirlaydi. Qora ammaning o‘z o‘g’li Kimsanning sevgilisi Robiyani ilojsizlikdan Shomurodga to‘y qilib uzatishi, Orif oqsoqolning yoshlik qilib yo‘ldan ozgan keliniga mardlik bilan adolat qilishi, qismatlari chalkashib ketgan Muzaffar va Munavvar sevgisi tasvirlangan sahifalarda ayniqsa bu hol ochiq ko‘rinadi. Muzaffarning urush davri chigalliklari tufayli tirik yetimga aylanishi, ko‘p jabr sitamlar tortishi va o‘zining tuqqan onasi Ra’no urush
to‘zonlari Ichida dovdirab yo‘ldan toyib hayot so‘qmoqlariga kiradi va eriga xiyonat qiladi. Umar zakunchining hiylasiga uchib unga o‘ynash bo‘ladi. Muallif bu voqealardan muhim ma’naviy xulosa chiqaradi — Umar zakunchi bag’ri toshligi, nopokligi uchun, Ra’noning subutsizligi, o‘ylamay ish qilishi, o‘z baxtini ardoqlab avaylamagani uchun keyinchalik butunlay baxtsiz bo‘lishadi. Ular odamlar nazaridan qolib, iztiroblarga, ruhiy qiynoqlarga to‘la hayot kechirishga majbur bo‘lishadi. Mening fikrimcha ular shunga loyiq edilar!!! Ra’noning hamma narsasi bor edi, hattoki umr yo‘ldoshi Shomurod uni jonidan ortiq ko‘rardi, lekin Ra’no buning qadriga yetmadi. Ra’no o‘z nafsining qurboni bo‘ldi. Hattoki dunyodan ko‘z yumganida farzandi Muzaffar uni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun ham bormaydi! Oilaga hiyonat bu — vatanga hiyonat demakdir!
“Ikki eshik orasi” romani personajlarga boyligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Ularning orasida Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabilar ajralib turadi. Muallif, ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini mukammal chizishga muvaffaq bo‘lgan. U xalq o‘rtasida katta obro‘ga ega, eng og’ir damlarda ham odamlarni qiyin ishlarga otlantiroladi. U ko‘pgina o‘zbek qariyalari kabi tashabbuskor va donishmand. Ayni choqda haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U odamlarni baholashda o‘z me’yoriga ega — odamning belida belbog’I bo‘lishi kerak. Belbog’ uning uchun mardlik, tantilik, odamiylik belgisi.
|
| |