|
Asrga tatigulik kun” Chingiz Aytmatov
|
bet | 5/5 | Sana | 29.08.2024 | Hajmi | 89,5 Kb. | | #270044 |
Bog'liq 5-ta asar yangiroAsrga tatigulik kun” Chingiz Aytmatov
Chingiz Aytmatov ijodiy faoliyatining boshlanishi uning talabalik davriga to’g’ri keldi. 1952-yili “Sovet Qirg’izistoni” gazetasida “Qirg’iz tilining terminologiyasi haqida”,1953-yil esa “Sovet Qirg’izistoni”gazetasida “Originaldan uzoq bo’lgan tarjimalar” nomli maqolalari e’lon qilindi. “Gazetachi Deyudo”,”Hoshim”(1952), “Sepoyachi”,”Oq yomg’ir”(1954), “Raqiblar”(1955),”Baydamtol sohillarida”(1955) kabi hikoyalari bosilgan. 1958-yili yozilgan “Jamila” qissasi yozuvchiga shuhrat keltirdi. Ushbu asar uning nomini jahonga tanitdi. Asar jahonning 40dan ortiq tillariga tarjima qilingan. “Jamila”qissasi Lui Aragon “Muhabbat haqida yozilgan eng guzal qissa” deb atagan. Chingiz Aytmatov 1991-yil Qirg’izistonning Luksemburg, Belgiyadagi elchisi, 1995-yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti bo’lgan. U O’zbekistonning “Do’stlik”(1995), “Buyuk xizmatlari uchun” (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg’iziston Respublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro “Oltin metal” mukofoti ta’sis etilgan. (1999). Yozuvchi “Momo yer”, “Qizil durrachali sarviqomatim’ kabi asarlarini avval qirg’iz tilida yozib, so’ng o’zi rus tiliga tarjima qilgan. Ba’zi asarlari esa, avval rus tilida yozib masalan “Oqkema”,”Alvido,Gulsari” kabilar qirg’iz tiliga o’girilgan. Uning “Tog’ va cho’l qissalari” turkumiga kirgan asarlari ham yuksak baholangan adibning asarlari jahonning 160ga yaqin tillariga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatovning deyarli barcha asarlari o’zbek tiliga chop etilgan. Adib O’zbekistonning jahon madaniyatida tutgan mavqeiga yuksak baho berib: “Qadim o’zbek madaniyatining O’rta Osiyoga ko’rsatgan ta’sirini ko’hna Vizantiyaning qadim Rusga ko’rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin,” deb yozgan edi.
Chingiz Aytmatovning eng yaxshi asarlari allaqachonoq yangi jahon adabiyoti klassikasining tarkibiy qismi bo`lib qoldi.Uning kitoblari uslubi jihatidan ham, ko`tarilgan falsafiy masalalarga ko`ra ham bir-biridan farq qiladi, shu bilan birga ularning umumiy jihatlari ham bor. Shu boisdan muallifning har asarini oradan vaqt o`tishi bilan qayta- qayta o`qiging keladi va har gal yangi va yangi jihatlarni kashf etasan kishi. Aytmatov asarlarining kitobxonga ayricha hayajon soladigan ta`sir kuchi jamiyatda pishib yetilgan muammolar o`rtaga tashlanishidadir.1 Chingiz Aytmatovning “Asrga ta`tigulik kun” romani 1980-yilda yozilgann. Asar chop etilishi bilan o`quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko`rsatkichlar; o`zlikni anglash, o`zgani tushinish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi ko`rsatiladi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida badiiy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho`ro adabiyoti uchun tamomila begona hisoblanardi.
Chingiz Aytmatov ulkan san`atkorgina emas,balki jasur inson ham bo`lgani uchun ana shunday vaqtda odamiylik odamlikdan baland ekanligini, kechagi kunini eslaqmaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan , ularga amal qilmaydigan kimsalar na oti va na zotini biladigan manqurtdan farq qilmasligini Sobitjon va Jo`lamon timsollari misolida juda ta`sirli aks ettirdi.
Ko`nglining eng tubidagi yuksak ezgu tuyg`ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o`tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatisining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig`onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlarining epigrif qilib olinishida ham teran ma`no bor. Chingiz Aytmatov uchun ham bu roman “jon-u jahonning o`zi edi. 2 .Asar chindan-da jahonga mashhur yozuchining dilidagi oh-u fig`oni, jonini o`rtagan dardlari, alamlari bayonidir. Kitobda odm degan mavjudotning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan , tilidan, g`ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahsgatli jinoyat ekan yovqur Nayman onaning tengsiz tengsiz fojiasi asosida aks ettirilgan.
Chingiz Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odam ham aslida siyosatning ta`siridan holi bo`lolmasligini Bo`ronli Edigey misolida juda ishonarli aks ettirgan.
.
|
| |