• Kalit so’zlar
  • Temuriylar davrida diplomatik aloqalar Annotatsiya




    Download 18.44 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi18.44 Kb.
    #92157
    Bog'liq
    maqola
    mirza maqola, mirza maqola, c94d7705-8a2f-4367-8d24-c3dff8f4e36c, 3. Ҳафталик иш режа намуна, 1-Amaliy mashg'uloti varyantlari va bajarishga ko'rsatma , ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar, muammoli-ta-lim-texnologiyasi-o-qitishning-eng-samarali-usuli-sifatida, Л2 Скретч, Final FINR Form (3)

    Temuriylar davrida diplomatik aloqalar


    Annotatsiya: Quyidagi maqolada Amir Temur davlatining Yevropa mamlakatlari, xususan Fransiya, Angliya va Ispaniya mamlakatlari bilan bo’lgan aloqalari va elchilik munosabatlari, yozishmalar, hamda turli xil diplomatik bitimlar joy olgan. Bundan tashqari Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo “Kundaliklari” asosida Amir Temur davlatining tuzilishi va diplomatik munosabatlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
    Kalit so’zlar: Karl VI, “Yevropa xaloskoriga”, Genrix IV, Mironshoh, “Katolik oqimining homiysi”, Klavixo, “Esdaliklar”, Muhammadqozi.
    Tarixiy manbalarda Amir Temurning xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalariga doir ko’plab ma’lumotlar mavjudki, ularni ko’zdan kechirar ekanmiz, Sharq va G’arb davlatlari bilan olib borilgan serqirra munosabatlardagi hazrat Sohibqironning diplomatik mahorati yaqqol namoyon bo’ladi. Sohibqiron Amir Temur ham o’z navbatida qudratli saltanat shakllantirgach, o’sha davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqa o’rnatgan. Turli davlatlarga shu jumladan, G’arbiy Yevropa davlatlariga o’z elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga G’arbiy Yevropa hukmdorlari tomonidan yuborilgan elchilarini qabul qilgan. Amir Temur 1402-yilning bahorida Kastiliya va Leon qiroli (Ispaniya) qiroli Genrix III, 1402- yilning yozida Fransiya va Angliya hukmdorlari Karl VI va Genrix IV saroyiga elchilar yuborgan va bu davlatlar Amir Temur maktubida yo’llagan takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilgani, o’z navbatida, ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik va boshqa bir qator jami 20 dan ortiq xorijiy davlat elchilarini o’z poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan ko’plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Amir Temur va Boyazid Yildirim oralarida elchilar qatnab turgani va oradagi oradagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan urinishlarga qaramay natija1402-yilda Anqara jangi bilan yakunlanadi. Anqara jangi natijalaridan ` 217 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya cheksiz mamnuniyat Yevropa qirollarining maktublarida yaqqol namoyon bo’ladi. Amir Temurning Yevropa davlatlari hukmdorlari bilan olib borgan yozishmalarining ko’pchiligi Anqara jangidan keyingi davrga oiddir. Aloxida ta’kidlash joizki, Amir Temurning Vizantiya muvaqqat imperatori Ioann Paleologga yo’llagan maktubining italyan tilidagi tarjimasi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Qolaversa, o’sha davrning eng kata janglaridan bo’lgan va Yevropaning taqdiri uchun kata ahamiyatga ega bo’lgan mazkur jangdan oldin ham Yevropa qirollari bilan Amir Temur orasida muloqotlar olib borilgan. Zotan, Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga yo’llagan birinchi maktubidagi <> so’zlarida bu yaqqol ko’rinib turadi. Angliya qiroli Genrix IVning maktubi va Amir Temurning Ispaniya qiroli Enrike III ga yo’llagan maktubining diqqat markazida ham Anqara jangi masalasi turar edi. Amir Temur diplomatiyasining o’ziga xos tomonlaridan biri u o’zining barcha murojaatlarida, hatto qat’iy talab shaklida yozilga nomalarida ham Sharq diplomatiyasiga rioya qilgan. Amir Temur Yevropa davlatlariga yuborgan elchilariga Qirollar bilan olib boriladigan muzokaralar uchun keng huquqlar bergani holda, ularga diniy masalalar yuzasidan fikrlashishni mutlaqo man etgan. Masalan: Amir Temurning 1402-yilda Farangiston (Fransiya) qiroli Karl VI ga yo’llagan maktubida shunday satrlarni o’qiymiz: “Buyuk hukmdorlar va do’stlar o’rtasidagi ulug’ ishlar haqida bir-birlarini ogoh etish odatiga bo’ysinib, mazkur arxiyepiskop Janni siz janoblarining huzuriga jo’natsak, toki ul kishi bizning mamlakatimiz va hozirgi ahvolimiz, shuning birla, so’nggi paytlarda bu o’lkalarda sizning g’animlaringizga nisbatan sodir bo’lgan voqealar to’g’risida sizni xabardor etsinlar, batafsil so’zlab bersinlar. Ul zotni ham sizning, ham bizning odamimiz tariqasinda tavsiya etmoqdamiz. Ul kishini diniy masalalardan tashqari boshqa barcha masalalarda ishonchli vakil deb tinglag’aysiz”. Ushbu maktubdagi so’nggi jumla bilan Amir Temur o’zining musulmon imperiyasi hukmdori sifatida diniy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish niyati yo’qligini bildirishi bilan bir qatorda, nasroniyni e’tiqodiga oid o’z xizmatkorining bu sohada umuman hech qanday haq-huquqga ega emasligini ham alohida qayd etgan. XV asarning boshlariga kelib Yevropa hududlariga Usmoniylar imperiyasi katta xavf sola boshlaydi. Amir Temurning Usmoniylar sultoni Boyazid Yildirim ustidan qozongan g’alabasi Yevropa davlatlarining keyingi davri uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yildirim ustidan qozonilgan g’alaba natijasi o’laroq, Amir Temur saroyi ko’plab Yevropa mamlakatlari qirollari tomonidan minnatdorchilik nomalari yo’llangan maktub va elchilarga to’lib-toshadi. Bundan ` 218 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya tashqari, Fransuzlar Amir Temurning oltin haykalchasini yasab, uning ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozishadi. Ammo bu haykal vaqt o’tib o’g’irlab ketiladi. Fransiya bilan bir qatorda Amir Temur Angliya qiroli Genrix IV bilan ham elchilik aloqalarini o’rnatadi. Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga elchilar yo’llaydi. Amir Temurning Angliya bilan diplomatik munosabatlarida Temurning uchinchi o’g’li Mironshoh faol qatnashadi. Aynan shu sababli ham Mironshoh “Katolik oqimining homiysi” degan nom oladi. Amir Temur diplomatiyasiga oid eng muhim asar Ispan elchisi Klavixoning “Esdaliklari” hisoblanadi. Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan elchilar orasida Klavixo faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Amir Temur 1402-yilda Ispaniyaga Xo’ja Muhammad Qozini elchi sifatida yuborib do’stlik va savdo aloqalrini o’rnatishni izhor etgan edi. Ispaniya qiroli Genrix III (1390-1407) Sohibqironning elchisini xurmat va izzat bilan qarshi olib, javob tariqasida nufuzli amaldor Ryui Gonsalez de Klavixoni, ilohiyot ilmining magistri Alfonso Poes de Santa Mariya va saroy soqchisi Gomes de Salazarlardan iborat elchilarni Samarqandga jo’natgan. Klavixo 1403-yil 22-mayda elchi Xo’ja Muhammad Qozi bilan birgalikda yo’lga chiqadi. Klavixo hamroxlari bilan 15 oy deganda yo’l azob-uqubatlarini mardonavor yengib, Samarqandga kelgan edi. U o’zi bosib o’tgan yo’lda ko’rganlarini kundalik daftariga yozib boradi va Ispaniya qaytgach “Samarqandga sayohat kundaligi” nomi ostida nashr ettiradi. Bundagi ma’lumotlar Amir Temur saltanatining tarixini o’rganishda noyob manba hisoblanadi. Amir Temurning g’arb davlatlari bilan diplomatik aloqalari ichida savdo[-sotiq munosabatlari ham ancha qizg’in kechgan. Sharqning qimmatbaho mollari azaldan G’arb mamlakatlari savdogarlarining diqqatini jalb qilib kelgan. Shoyi, qimmatbaho madanlari, toshlari, dorivorlar va Sharqning afsonaviy turfa boyliklari G’arb mamlakatlarida doim manzur bo’lgan. Amir Temur davrida savdo-sotiq aloqalar shu qadar rivojlanganki, ular o’rtasidagi har xil diniy e’tiqod: Sharqda islomning va G’arbda nasroniylikning g’alabasi savdo-sotiq ishlariga qarshilik qila olmagan. Dunyoning turli mamlakatlarida taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar va adiblar o’z ijtimoiy siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyat davomida buyuk ajdodlarimiz xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak e’tirof etib keladi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.KArimov ta’birlaricha “Siyosatda ` 219 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya maslahat, mulohazakorlik, o’ylab ish qilish qurol kuchidan ko’ra o’n baravar foydaliroqdir”-degan dono so’zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so’zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo’li bilan hal qilishni bildiradi”-degan edilar. Haqiqatan ham Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida diplomatiya rivojiga o’z hissasini qo’shgan desak hech mubolag’a bo’lmaydi.
    Xulosa
    Yana shuni ta’kidlash joizki, Sohibqiron o’z poytaxti bo’lmish Samarqandni yer yuzining madaniy me’moriy va ilmiy ma’naviy markazlaridan biriga aylantirgan. Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning G’arb davlatlari bilan diplomatik aloqalari juda yaxshi rivojlangan. G’arbiy Yevropaning bir qator davlatlari bilan savdo-sotiq munosabatlarida doimiy tarzda yo’lga qo’yilgan bo’lib, savdoda asosan shoyi, qimmatbaho madanlar, toshlar G’arb davlatlari hukmdorlari, zodagonlari va aholi tomonidan juda qadrlangan. Shu sababli Sharq va G’arb o’rtasida savdo aloqalari rivojlangan. Fransiya, Angilya, Ispaniya va boshqa 20 ga yaqin G’arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan elchilik aloqalari ham rivojlangan. Elchilik aloqalarida ham asosan savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan. Chunki savdo-sotiq, mol ayirboshlash rivojlansa, davlatlar ham rivojlangan. Shu jihatdan ham Amir Temur bilan G’arb davlatlari O’rtasida diplomatik aloqalarni rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    1. Xayrullayev M.M-“O’zbek diplomatsiyasi tarixidan”. Toshkent 2003 2. Amir Temur jahon tarixidan. Ilmiy guruh rahbari N.Habibullayev. Toshkent 1996 3. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008 4. Hamid Ziyoyev-“Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri”.Toshkent-2008 5. Amir Temur saboqlari (3-kitob). Toshkent-2001
    6. Ochildiyevna N. P. The Role of International Relations in Improving the Quality of Higher Education (On the Example of Activities of Surkhandarya Higher Education Institutions) //Zien Journal of Social Sciences and Humanities. – 2022. – 7. Normamatova P., Jumayev A. FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONI: O’ZGARISHLAR VA ISTIQBOLLAR //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 956-962.
    Download 18.44 Kb.




    Download 18.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temuriylar davrida diplomatik aloqalar Annotatsiya

    Download 18.44 Kb.