• GURUH: MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI 7-bc
  • O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti




    Download 458.28 Kb.
    bet1/3
    Sana13.12.2022
    Hajmi458.28 Kb.
    #34591
      1   2   3
    Bog'liq
    MUSTAQIL ish
    fizika mustaqil ish, rak, Requirements-for-Electrical-Execution-Mechanisms (1), mustaqil ish 1-semestr uslubiy k, hisob grafik ish

    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

    Olmaliq filiali


    Energetika va Mashinasozlik” kafedrasi
    O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani
    MUSTAQIl
    ISH

    GURUH: MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI 7-bc

    MAVZU: OGAHIY HAYOTI VA FAOLIYATI

    TAYYORLADI: TURG’UNBOYEV TOHIR

    QABUL QILDI: MAXMUDOV BEKZOD HAMIDOVICH


    OLMALIQ-2022


    Mavzu: Ogahiy hayoti va faoliyati
    Reja:
    Asosiy qism:
    1.Ogahiy tarjimayi holi.
    2.Ogahiy ilmiy-ijodiy ishlari.
    3.Ogahiy shoh asari.
    Xulosa:
    1.Ogahiy haqida olgan bilimlarim.

    Har bir ulug‘ shoirning dunyoga kelishi alohida hodisa. Alohidaligi shundaki, chin shoir ijodiyoti millat ma’naviy hayotida yangi o‘zgarishlar, tafakkurda esa yuksalishlar paydo etadi. Shuningdek, haqiqiy shoir har qanday sharoitda ham xalqining ishonchlarini oqlash bilan bir qatorda, uning qalb tayanchi ham bo‘la oladi. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, xalq qiyin ahvolda qolgani zamon Mavlono Jaloliddin Rumiyga murojaat qilar, undan yordam va tasalli istar ekan. Bir kun hunarmandlar haqsizlik va zulmdan shikoyat etishganda Mavlono, «Qassob itni so‘yganini hech ko‘rganmisiz, albatta u qo‘yni so‘yar», degan ekanlar. Jaloliddin Rumiy eng tahlikali vaqtlarda ham mehnatkash xalqdan ajralmagan, o‘zini aslo chetga tortmagan. Masalan, mo‘g‘ul lashkarboshisi Boychu qo‘shinlarining Kunyo chegarasiga yaqinlashishi bilan hukumatdan umidini uzgan xalq Mavloning huzuriga intilishgan. Rumiy hazratlari o‘sha kecha bola-chaqani tashlab bir o‘zlari mo‘g‘ul lashkarboshisi qarorgohining yonidagi bir tepalikka borib, bosqinchilar ahvolini kuzatib, shu tepalikda tong ottirmishlar. Azonda Ko‘nyoga qaytib, xaloyiqqa qo‘rqmaslik va hech nima bo‘lmaslikni bildirganlar. Mehnatkash va zahmatkash elga yaqinlik, oddiy kishilar qismati uchun chin dildan kuyinish va o‘zini favqulodda mas’ul sezishda Muhammad Rizo Ogahiy o‘z zamonasining Rumiysi, Navoiysi edi desa aslo xato bo‘lmaydi. Ogahiyning yurak-bag‘rini yondirgan azoblar iqtisodiy ahvoli nochor, chorasizlikni chora o‘rnida ko‘rishdan boshqa imkoni yo‘q kishilarning azobuqubatlari edi. Ehtimol ana shuning uchun mutafakkir shoir «Ulusqa olam ichra hosil etmoq non emas oson» deya mahzun xayollar girdobida qolgandir. Ehtimol shuning uchun
    qish shiddatidan tanu joni titragan yo‘qsillarning holiga achinib mana bu satrlarni bitgan:
    Ul gado holiga rahm et g‘anikim, kechalar
    Qochurub uyqusin, aylar didasin giryon sovuq.
    Eski to‘n, ko‘hna po‘stindin tavaqqufsiz o‘tub,
    Barcha a’zoni qilib sust, etti qasdi jon sovuq.
    Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli – Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri boʻlib, Navoiydan keyin eng “koʻp va xoʻb” sheʼr aytgan shoirlardandir.
    Ogahiy 1809 yil 17 dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlogʻida (Hozirgi Ogahiy nomli jamoa xoʻjaligi) dunyoga kelgan.Otasi Erniyozbek vafot etgach, yosh qolgan Ogahiyni togʻasi munis oʻz tarbiyasiga oldi. Munis atrofiga toʻplangan ijodkorlar boʻlgʻusi shoir Ogahiy ijodiga katta taʼsir qildi. Ogahiy dastlabki bilimni Munis Xorazmiydan oldi, keyichalik Xiva madrasalarida tahsil koʻrdi. 1829 yil Munis vafot qilgandan keyin Ollohqulixon uning oʻrniga Ogahiyni bosh miroblik vazifasiga tayinlaydi. Shoir xizmat yuzasidan Xorazm vohasining koʻp joylarida boʻlib, dehqonlarni, hunarmandlarni ayanchli hayotini oʻz koʻzi bilan koʻrdi.




    Ogahiy dunyoqarashi chegaralari va tamallarini aniqlash oson emas. Uning diniy-ilohiy fikr-qarashlari islomiy tushunchalar, ayniqsa, Qur’oni Karim ta’sirida shakllanganligi shubhasiz. Ogahiyning tasavvufiy dunyo bilan bog‘lanishi Najmiddin Kubro tariqiga, balki undan ham oldinga uzayib borar. Ogahiy Alisher Navoiyning she’riyatdagi yo‘lini davom ettirgan eng sodiq izdosh va eng talantli shogirddir. Uning: «Ogahiy, kim topqay erdi sozi nazmingdin navo, Bahra gar yo‘qtur Navoiyning navosidan sanga», deyishi shogirdlik e’tiqodi va ehtiromining samimiy ifodasi edi. Xullas, Ogahiy o‘zining betimsol she’riyatida Sharqning Nizomiy, Nasimiy, Sa’diy, Jomiy, Bobur, Fuzuliy kabi ulug‘ san’atkorlarining tajribalarini katta mahorat ila umumlashtirgan va o‘zidan keyingi shoirlarga yo‘l ko‘rsatgan daho shoir edi. Mashhur turk olimi Muhammad Fuod Kuprulining, «Mansur asarlarini xuddi Munisga o‘xshab go‘zal va ta’sirbaxsh bir uslubda yaratgan Ogayhiy o‘rni-o‘rni ila ularni manzum parchalar ila bezashda amakisidan ancha o‘zib ketgandi. Nazm hunariga tamomila hokim, qudratli bir shoir bo‘lgan Ogahiy ishq va may haqidagi asarlarida boshqa «Shohnoma» tarzida jang voqealarini tasvirlovchi she’rlar yozishda ham mohir ekanligini namoyish qila olgandir», deyishi asossiz emasdir.
    Bu gaplarni aytishdan maqsad bitta. Ogahiy tasavvuf shoiri emas, tasavvufning muhibi. U tasavvufiy hayot go‘zalligi va haqiqatlariga muhib nazari bilan qaragan. U nafs va axloqni poklash, qalb va ruhni kamolga yetkazish, ishq va jazba zavqiga yetishishda tasavvuf ta’lmoti va ko‘rsatmalariga suyangan. Lekin hech qachon she’rni tasavvuf aqida yoki quruq nasihatlar targ‘ibiga aylantirmagan. Ogahiyning she’riyati – tasavvuf bilan aloqador she’riyat. Ammo bu aloqadorlik tamoyillarini ko‘rsatishda hech bir ma’noda mahdudlik uchramaydi. Ogahiy jahon adabiyoti, madaniyatining nodir durdonalari sanalgan 20 dan ortiq asarlarni o’zbek tiliga o’girib tarjimashunoslik maktabini yaratdi. Ogahiy o’z hayoti davomida Xiva xonlari Muhammad Rahimxon I (1806-1825), Olloqulixon (1825-1843), Rahimqulixon (1843-1845), Muhammad Aminxon (1845-1855), Abdullaxon (1855-1855), Qutlug’murodxon (1855-1855), Sayid Muhammadxon (1855-1864), Muhammad Rahimxon II (1864-1874) davrlarida yashab ijod qilgan. Ogahiyning o’zbek tilida yozilgan “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) devoni mavjud bo’lib, unda shoir yashagan muhitning amaldorlaridan qattiq shikoyat qilib yozgan she’rlarini ko’proq uchratamiz. Ogahiy she’rlari orasida hukmdorlarga aytilgan qasidalar ham bor. Bu devondan g’azallar, mustazod, muxammas, musaddaslar o’rin olgan. Devonda 18 ming misra she’r va 83 muxammas jam qilingan bo’lib, uning kirish qismida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, Ogahiy quyidagi tarixiy kitoblarning muallifi bo’lgan:
    Riyoz ud-davla” (“Davlat ishlari”, 1825-1842), “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymog’i”, 1846-1855), “Jom’e ul-voqeoti Sultoniy” (“Sultonlar voqealari to’plami”, 1856-1865), “Gulshani davlat” (“Davlat gulshani”, 1865-1872), “Shohidi iqbol” (1872).Mohir tarjimon sifatida Munis tugallay olmay ketgan Mirxondning “Ravzat us-safo” asarining 2-3 jildlarini, Muhammad Mahdixonning “Nodirnoma” (5 jild), Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin Ahmad Haraviyning “Taboqati Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzat us-safoi Nosiriy” nomli asarlari, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, Husrav Dehlaviyning “Haft Bihisht”, Muhammad Vorisning “Zubdat ul-hikoyat”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, “Salomon va Ibsol”, “Bahoriston”, “Xaft avrang” asarlarlari, Badriddin Hiloliyning “Shohu gado”, Vosifiyning “Bado’e ul-voqoe” kitoblarini, Kaykovusning falsafa va ahloq masalalariga bag’ishlangan “Qobusnoma” asarini, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, Imomiddin Fijduvoniyning “Mifot ut tolibin” kitoblarini fors tilidan o’zbekchaga mahorat bilan tarjima qilgan. Quyida biz ularni ayrimlari to’g’risida ma’lumot berib o’tamiz.
    Guliston” Muslihiddin Sa’diyning 8 bobli asari, ushbu asarda umumbashariy orzular, ta’limiy-tarbiyaviy hikoyatlar bayon qilingan, asar adib tomonidan 1862-1863 yillarda tarjima qilingan.“Haft paykar” (“Etti go’zal”) - buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining to’rtinchi dostoni bo’lib, dastonda mardlik, rostgo’ylik, muhabbat, xalq taqdiri, umuman shaxs va jamiyat masalalari Bahrom Go’r timsolida o’z aksini topadi. Asar 1865 yilda nasrda tarjima qilingan. “Ahloqi Muhsiniy” XV asrda Hirotda yashab ijod qilgan allomalardan biri, Alisher Navoiyning do’sti Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiyning ma’rifiy asari. Bu asarda ta’lim-tarbiya, bola tarbiyasida ota-ona, muallimning o’rni kabi masalalar keng yoritiladi. Asar 1873-1874 yillarda, ya’ni shoir umrining oxirgi yillarida tarjima qilingan.“Yusuf va Zulayho” - buyuk fors-tojik shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sining ikkinchi dostonidir. Bu doston insonni kuylashga bag’ishlangan go’zal badiiy obidadir. Ogahiy bu asarni 1869 yilda tarjima qilgan. “Shoh va Gado” - fors-tojik shoiri, Alisher Navoiyning zamondoshi Badriddin Hiloliy dostoni. Ushbu daston fors-tojik adabiyotida “Shoh va Darvesh” nomi ila mashhur. Unda odil podshoh timsoli, insondagi samimiy, chin sevgi tuyg’ulari tarannum etiladi. Ogahiy bu asarni 1870 yilda nasrda tarjima qilgan.“Zubdat ul – hikoyat” (“Hikoyalar sarasi”) - Boburiyzoda Avrangzeb hukmronligi davrida Hindistonda yashagan tarixchi olim Muhammad Vorisning tarixiy - badiiy asari. Ahloqiy-ta’limiy hikoyalar podshoh Avrangzeb faoliyatiga bog’liq holda tasvirlanadi. Kaykovusning “Qobusnoma” (1082 yilda yozilgan) asari sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhur asar bo’lib, bu asarni Ogahiy 1860 yilda tarjima qilgan. Asarda otani o’g’ilga o’gitlari, xalq maqollari va hikoyatlari, asosan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar to’g’risidagi rivoyatlarga aniq yondashib, Haq Taoloning yagonaligi payg’ambarlar xilxatiga to’g’ri yondashishga undaydigan bebaho asardir.
    Ogahiy tarixga oid asarlar yaratib Munisning bu sohadagi an’analarini ham yanada rivojlantirdi va yuksaklikka ko’tardi. Munis va Ogahiy hamkorlikda yozgan “Firdavs-ul iqbol” asari va o’zining Xorazm tarixiga oid beshta asari faqat o’zbek xalqining tarixini o’rganish jihatdan ahamiyatli bo’lib qolmasdan, balki qardosh tojik, qozoq, turkman, qoraqalpoq, rus, eron, afg’on xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlari, psixologiyasi, shu xalqlarning kelib chiqishi, tirikchiligining manbai, qabilalarning tarixini o’rganishda boy manba bo’lib xizmat qiladi. Shunisi xarakterliki, bu asarlar iste’dodli shoir, taraqqiyparvar adiblar Munis, Ogahiylar tomonidan yozilganligi sababli ularda xalqlarning tarixi, hayoti, kundalik mashg’uloti, masjid, madrasalarning qurilishi, turli hil hodisalar bayoni, xalq qo’zg’olonlari, urushlar tarixi, buyuk kishilar, olimlar, shoir-yozuvchilar va shu kabi ma’lumotlar proza, poeziyada realistik asosda, to’g’ri, aniq ifodalab berilgan.Ogahiy Olloqulixonga bag’ishlab “Riyoz ud-davla” (“Davlat riyozatlari”, 1844) asarini yozgan. Bu asarda Ogahiy o’zi to’g’risida shunday yozadi. “Yoshlik chog’larimda, har tarafdan boshimga balo toshi yog’di, hamisha ko’nglimda tinchsizlik va ta’bimda xon hukmi surar edi. Lekin jahondan etgan har xil alamlarni olimlar va shoirlarning suhbatida bo’lish bilan bir oz tarqatar edim”.“Zubdat ut-tavorix” 1846 yilda yozilgan bo’lib, Rahimqulixon davriga bag’ishlangan.“Jome’ - ul voqeoti Sultoniy” 1856 yilda yozilgan bo’lib, Muhammad Aminxon davriga bag’ishlangan.“Gulshani davlat” 1865 yilda yozilgan bo’lib, Sayid Muhammadxon davriga bag’ishlangan.“Shohidi iqbol” (“Iqbol shohidi”) asar Muhammad Rahimxon soniy davriga bag’ishlangan bo’lib, 1865-1873 yillar voqealarni yozish bilan uzilib qolgan, ayrim sahifalarida suv dog’lari bor, Qo’qon qog’oziga, sarlavhalari qizil siyoh bilan yozilgan, qizil charm muqovada, ko’chiruvchining ismi va yili ko’rsatilmagan, 227 varaq, 14-25 sm o’lchamda. Asarda faqat Xorazm tarixi emas, Buxoro amirligi va Qo’qon xonlarini Rossiya bilan olib borgan urushlari, bitimlari va uning oqibatlari mukammal ravishda yoritilgan.
    1845 yilda Ogahiy miroblik vazifasi bilan safarda yurganda otdan yiqilib oyog’i sinadi. Oradan ko’p vaqt o’tgach, u butunlay yura olmay qoladi. Uzoq vaqt xasatalikni boshdan kechirishi, yolg’izlik va muhtojlikda yashash shoirning hayotdan erta ko’z yumishiga olib keldi. Ogahiy xonlikda ulkan o’zgarishlar bo’layotgan bir vaqtda, 1874 yilda 65 yoshida vafot etdi.



    Ogahiy ulkan lirik shoirdir. Zamonasidayoq e'tirof topgan, she'rlari tildan-tilga o'tib, el orasida shuhrat qozongan. U o'z ona tilidan tashqari fors tilida ham go'zal she'rlar yozdi, zullisonayn sifatida ikki tilda ijod qildi. Shoirning lirik asarlari ikki to'plamda jamlangan va har ikkisi bizgacha yetib kelgan. Ularning biri „Bayozi mutafarriqai forsiy" („Forscha she'rlar to'plami") deb nomlanib, mutaxassislar fikricha, shoirning talabalik yillari tuzilgan va u, nomlanishidan ma'lum bo'lganidek, shoirning fors tilida yozilgan she'rlarini o'z ichiga oladi. Unda ko'proq Chiqishdagi mumtoz shoirlarning she'rlari jamlangan bo'lib, Ogahiy she'rlari soni yigirmataga ham yetmaydi.
    Ogahiyning asosiy she'riy merosi ona tilida yozilgan bo'lib, Ta'viz ul-oshiqin" devonida to'plangan. „Ta'viz ul-oshiqin" — „Oshiqlar tumori" degani. Devon Xiva xonlarining eng ziyoli va taraqqiyparvarlaridan „Feruz" taxallusi bilan ajoyib she'rlar yozgan Muhammad Rahimxoni Soniy — Muhammad Rahimxon ikkinchi (II) saltanati davri (1865—1910) da uning taklif va talabi bilan tuzilgan. Negaki, Ogahiy ushbu devonning „Debocha"sida Muhammad Rahimxonning olim va fozillarga g'amxo'rligini alohida ta'kidlab, Ogahiyga shu vaqtgacjia yozgan barcha she'rlarini to'plab, devon tuzish, hatto unga maxsus „Debocha" ham ilova qilishni topshirganligini qayd etadi. Ogahiy devoni shu tariqa maydonga keldi. Shoir uni nomlashda devondagi she'rlar mazmunidan kelib chiqdi. Bundagi she'rlar, shoirning o'zi aytganidek, „...barchasi dardi ishq o'tining harorati bila og'ushta (to'la) ...edi. ...Agar ishq va dard ahlining qo'lig'a tushsa, ta'viz (tumor) yanglig' bo'yunlarig'a osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangiz (shavq qo'zg'atuvchi) mazmunlari dorusidin ishq bemorliqi maraz (dard)ig'a nav'i shifo topar erdilar. Ushbu munosabat bila bu saodatnishon devonni „Ta'viz ul-oshiqin" ismi bila mavsum qildim (atadim)..." Devon tartib qilingach, katta shuhrat qozondi. Hatto 1882, 1905- yillarda Xiva bosmaxonasida ikki marta ko'p nusxada nashr qilindi. To'plam ancha salmoqli bo'lib, undan to'rt yuz ellikka yaqin g'azal o'rin olgan edi. Ma'lumki, an'anaga ko'ra g'azafllar devonda alifbo tartibida joylashtirilgan. Buning uchun matla'ning so'nggi harfi asos qilib olingan. Ma'lum bo'lishicha, Ogahiy alifbodagi hamma harflarga g'azal bitgan ekan. Devonda qasida, musaddas, murabba', musamman, masnaviy, tarji'band, qit'a, ruboiy, tuyuq kabi boshqa janrdagi she'rlar ham bor.




    Download 458.28 Kb.
      1   2   3




    Download 458.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

    Download 458.28 Kb.