• 1.2 Adiblar xiyoboni veb-saytini ishlab chiqishda adabiyot sohasidagi veb-saytlar tahlili
  • I bob. Adiblar xiyoboni va uning veb-saytini ishlab chiqish mavzusining ahamiyati




    Download 1.84 Mb.
    bet1/4
    Sana04.04.2024
    Hajmi1.84 Mb.
    #187416
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Ravshan Otaqulov 1 bob
    Disayn komp. classov, 6 mavzu Amir Temur va temuriylar davri va o‘rta asrlar falsafasi, ФОРМА ЗАЯВКИ НА ПРОЕЗДНОЙ ГРАНТ, БЕХАТО1, Algoritmlarni loyihalash javob, Mamasoliyeva Muqaddam Abdumannob qizi, 3-amaliy ish Galstuk-babochka (3), 19839qw, 19839, Ratsional va irratsional sonlar, haqiqiy sonlar, sonning absalyu (1), suniy, 3-LABARATORIYA ISHI BAHROMJON, Ijtimoiy muhandislik nima-fayllar.org, 35, Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi

    I BOB. ADIBLAR XIYOBONI VA UNING VEB-SAYTINI ISHLAB CHIQISH MAVZUSINING AHAMIYATI
    1.1. Adiblar xiyoboni faoliyatini o’rganish sabablari
    Adabiyot millat ruhi, orzu-istaklari, qadriyatlari va o’zligini ochib bera oladigan, bugungi davr shiddatli globallashuv jarayonida insoniyatni tobora botqoqlik girdobiga tortayotgan yod g’oyalarga qarshi kurasha oladigan asosiy kuchlardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, bugungi kunda o’z liderligi, biznesi va muvaffaqiyatli karyerasi bilan dunyoda o’z o’rniga ega insonlarning barchasi turli millat, din, qadriyatlarga ega bo’lmasin, ularni kitobxonlik va doimiy mutolaa qilish jihati ya’ni adabiyot sohasi ipsiz bog’lab turadi. Chunki, ular muvaffaqiyat siri bu o’z menini to’g’ri shakllantirish, ravon nutq ustida ishlash, har kuni foydali ma’lumotlarga ega bo’lish, bilim va tajribalarini doimiy oshirib borishda kitoblar va adabiyot katta ahamiyatga ega ekanligini juda yaxshi bilishadi. Bunday insonlar esa bevosita farovon jamiat va har tomonlama kuchli davlat barpo etishda asosiy kuchdirlar. Zero, muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.”1
    Alohida ta’kidlash joizki, yoshlarni har tomonlama yuksak ma’naviyatli, komil, o’z maqsadlari sari ildam odimlovchi, turli yod g’oyali oqimlarga, mafkuraviy poligonlarga nisbatan kuchli immunitet va o’z qat’iy pozitsiyasiga ega shaxs sifatida tarbiyalash uchun yurtimizda qator ijtimoiy va siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2016-yil 14-sentabrida “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi, “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham yuqoridagi jihatlarni o’zida mujassam etgan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan qator vazifalar belgilab olinishi va shu bilan bir qatorda 2018-yil 27-iyunda imzolangan “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to’g’risidagi” 2Farmoni ham fikrimizni yaqqol isboti bo’la oladi.
    Shu o’rinda yoshlar kamolotida asosiy tarbiya o’chog’i bo’lib xizmat qilib keladigan adabiyot va kitobxonlik sohasi ham chetda qolib ketmadi. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan yoshlarga oid davlat siyosati dasturi doirasida 5 ta muhim tashabbus doirasida ushbu sohada ham ko’plab islohotlar olib borildi.
    Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
    Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
    Uchinchi tashabbus – aholi va ва yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
    To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
    Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi.
    Yuqorida belgilab olingan 5 ta asosiy tashabbus mazmuni ham yoshlar kamolotida adabiyot va kitobxonlik sohasining naqadar ahamiyatli ekanligini yaqqol ochib bera oladi. Yoshlarda kitobxonlik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, yangi tashabbus doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga bir million nusxadan kam bo‘magan miqdorda kitoblar yetkazib berildi. Shuning barobarida, har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do‘koni tashkil etiladi, ko‘chma kitob pavilyonlari joylashtirilib, «Bibliobus»lar orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmatlari ko‘rsatib boriladi.3
    Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmoni4 bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirilgan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”5gi qarorining ishlab chiqarilishi ham O’zbekiston mamlakatida yoshlar va ularning ma’naviy va ma’rifiy rivojlanish istiqboli yo’lida ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
    Yosh avlodni tarbiyalash va ularning kamol topishida adabiyot sohasining o’rni beqiyos va hech bir vosita bilan to’ldirib bo’lmas darajada ahamiyatli hisoblanadi. Zero, til va adabiyot, so’z qudrati tufayli hali esini tanib ulgurmagan go’dak milliy qadryatlarimiz ila sug’orilgan ona allasi orqali uning mehrini his qila oladi. Sal ulg’aygach esa milliy ertaklarimiz ostida ezgulik va yovuzlik tushunchalarini ajrata oladigan, yaxshi va yomon amalarni farqalay oladigan fundamental tarbiyaviy jihatlarni o’zlashtiradi. Ertaklar va tarbiyaviy hikoyalar orqali qalbida ezgulik, insonparvarlik va millat ruhi kurtak ocha boshlaydi. Kitoblar va butun dunyo adabiyoti orqali esa u dunyoni taniydi. Adabiyot sohasiga yaqinlashgani, u bilan do’stlashgani sari uning aqli charxlanib, fikri teranlasha boradi. So’z qudratini ko’ring. Adabiyot esa ushbu qudrat bilan millatni uyg’ota oladigan va unga o’zligini anglashga yordam bera oladigan so’z san’atidir.
    Adabiyot haqida so’z borganda, bevosita o’zbek xalqining boy tarixini, urf-odat va qadriyatlarini, xalqimizning sodda va zahmatli umr yo’llarini o’z asarlarida jonlantira olgan o’tkir qalam egalarisiz ushbu sohani tasavvur qilish qiyin. Zero, adabiyot sohasini bunchalik yuksaklarga ko’targan, insonlarning muloqot vositasi hisoblangan til va so’zlarni qudratli kuchga aylantira olgan ham aynan yozuvchilardir. Lekin, hamma ham yozuvchi bo’la olmaydi bunga avvalo tug’ma iste’dod bo’lishi va xalq dardini his eta oladigan u bilan hamnafas yashay oladigan buyuk qalb egasi bo’lishi ham darkor. Umuman olganda, yozuvchilik oddiy kasb emas, Xudo bergan iste’doddir. Bu – qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qayerda o’qitib, o’rgatib bo’lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo’lsa, bir umr hayotning ichida bo’lish, o’z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo’lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Balki, shuning uchun ham Cho’lpon, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Zulfiya, Oybek, Abdulla Qahhor kabi o’zbek adabiyotining yirik namoyondalari o’zbek xalqining eng og’ir kunlarida XX asrda yetishib chiqqandir.
    Professor Naim Karimov bu haqda fikr yuritib, haqli ravishda quyidagicha yozgan edi: «XX asr — insoniyat tarixidagi eng ulug' asrlardan biri. Bu asrda qanchalik kо'p qon to'kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar ro'y bergan bo'lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari katta qadam tashladi... Bu asrda sodir bo'lgan barcha voqealar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi. Ularning bizlarga maqbul bo'lmagan qismlarini yoddan chiqarishga, tarixdan o'chirishga urinish bema’nilikdir... XX asr o'zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o’rnatdi. Bunday aloqa adabiyotimizning avvalgi bosqichlarida bo’lmagan. XX asr о‘zbek adabiyoti xalq va jamiyatni о’z ortidan yetaklab, ularni hurriyat va milliy taraqqiyot manzillariga olib borishga intildi va bu intilishda muayyan yutuqlarga erishdi»6.
    Rossiya mustamlakasi vaqtida, yozuvchi va ziyolilar ijodiy faoliyati qattiq nazoratga olinishiga qaramasdan, shu davrda o’zbek millatini o’zligini qadriyatlarini o’z asarlarida jonlantirgan yozuvchilar ruhini shod etish, ularning boy ilmiy merosini qadrlash haqiqiy adabiyotsevar xalqning ishidir. Yurtimizda nafaqat XX-asr balki butun adabiyot tarixida o’chmas iz qoldirgan o’tkir qalam egalari mehnatlarini yuksak baholanishini adabiyot sohada olib borilgan islohotlar orqali bilishimiz mumkin. Xususan, 2020-yil 26-maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o’rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlari to’g’risidagi” farmoni va shu yilning 24-avgust sanasida “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o’rtasida targ’ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora tadbirlari to’g’risida” vazirlar mahkamasining 502-sonli qarorlari yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti bo’la oladi.
    Bundan 5 yil oldin ana shunday maqsadlarga xizmat qiluvchi yana bir yirik loyihaga qoʻl urilgan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-aprelda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Adiblar xiyoboni tashkil etish boʻyicha qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra xiyobonning meʼmoriy-gʻoyaviy loyihasi ishlab chiqildi. Majmuaviy tarzda olib borilgan bunyodkorlik ishlari natijasida poytaxtimiz markazidagi Adiblar xiyobonining yaxlit meʼmoriy ansambli yaratildi.7 Qisqa muddat ichida Alisher Navoiy haykali yonida jami 23 ta atoqli shoir va mutafakkirlarning haykallari mantiqiy yechim asosida qad rostladi. O’tgan vaqt mobaynida xiyobon ko’rinishini yanada boyitish va adiblar xotirasini e’zozlash maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar haykallari qaytadan yangilandi. 2020-yilning 20-mayida yurtboshimizning adiblar xiyoboniga navbatdagi tashrifida o’tgan yillar davomidagi obodonlashtirish ishlari ko’zdan kechirildi. Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvda milliy adabiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.
    “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.8
    Davlat yarimidan ko’p aholisi yoshlarni tashkil etgani holda ularning ertasi haqida qayg’urib, turli islohotlar va qarorlarni chiqarayotgan bir vaqtda yosh avlod shunga munosib rag’bat bildira olyaptimikin? Shunday keng imkoniyatlardan unumli foydalanyaptilarmi? Degan savol bilan o’zimizga murojaat qilsak, natija har doim ham bizni quvontiravermaydi.
    Texnologiyaning shiddatli rivojlanish jarayoni insoniyat hayotining barcha sohalarini va uning yashash tarzini tubdan o’zgartirib yubordi. Kecha ajdodlarimiz uchun aql bovar qilmas jarayonlar, bugun birorta ham tugmaga ega bo’lmagan smart telefonlari orqali amalga oshirilmoqda. Texnikaning bunday rivojlanishi inson hayotiga ko’plab yengilliklar bilan muammolarni ham yetaklab keldi. Bugun, yoshlar o’zlikni anglash va o’zini shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadigan ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o’rganish, ulardan ibrat olish va tegishli xulosalar chiqarishdan ko’ra internet va ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o’tkazishni afzal ko’rishmoqda. Natijada, bugungi ta’lim sohasi yanada samarali bo’lishi va millat kelajagi hisoblangan yoshlarni milliy qadriyatlarimizdan chetlashmagan holda yetuk kadr sifatida tarbiyalash uchun texnologiya va internet ko’magidan samarali foydalanish ehtiyojini keltirib chiqaradi.
    Bugungi zamon yoshlarining kitobxonlik va adabiyot sohasiga bo’lgan munosabati anchayin sustlashganini va ushbu muammoning yechimi sifatida biz yuqorida ta’kidlaganimiz kabi zamonaviy fan va texnologiya aralashuvi zaruriyatini keltirib chiqaradi.
    XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangidan-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari bilmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o’ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr oqibat va bag’rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so’z bir so’z bilan aytganda adabiyot sohasiga bo’lgan ehtiyoj har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    To’g’risini aytadigan bo’lsak, yoshlar bugun axborot va ma’lumotlarni asosan Internet orqali olyapti, dunyoni televideniye, kompyuter orqali taniyapti. Ota-onasi, o’qituvchilar ming targ’ib-tashviq qilmasin, bugungi yoshlar “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “O’tmishdan ertaklar” kabi mumtoz romanlarni boshlarini ko’tarmay o’qiyapti, deb ayta olamizmi?
    Modomiki, shunday ekan, endi odamlar yoshlar kitob o’qimay qo’ydi, deb faqat nolib o’tirmasdan, ana shu ta’sirchan zamonaviy axborot vositalari orqali adabiyotimizni keng targ’ib etib, yetuk badiiy asarlarni yoshlarga yetkazishni zamonaviy ko’rinishga keltirish adabiyotimizda qayta jonlanishiga sabab bo’lsa ajab emas.
    Adabiyot sohasini yanada rivojlantirish va yosh avlodga yetkazib berish yo’lida bunyod etilgan Adiblar xiyoboni veb-saytini ishlab chiqish orqali biz ushbu xiyobonda haykallari qad rostlagan adiblar boy ilmiy merosi va asarlarini nafaqat o’zbek yoshlarga balki butun dunyo ahliga yetkazib bera olish imkoniyatini qo’lga kiritamiz.
    1.2 Adiblar xiyoboni veb-saytini ishlab chiqishda adabiyot sohasidagi veb-saytlar tahlili
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 20-may kuni Toshkentda qad rostlagan Adiblar xiyoboni va xiyobon yonida joylashgan kutubxonaga tashrif buyurdi. Mazkur tashrifning o’zi Adiblar xiyoboni faoliyatida ko’plab yangidan yangi islohotlarning amalga oshirilishiga turtki bo’ldi.
    Xususan, xiyobon hududida joylashgan Yozuvchilar uyushmasi tashabbuskorligi bilan Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon asarlari qatorida boshqa o’zbek adabiyotida eng sara namunalarga ega yozuvchilar asarlari ham ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilib, nashr etish zarurligi ta’kidlandi.
    “Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.
    Bugungi yoshlar internetdan, elektron adabiyotlardan ko‘proq foydalanishi, lekin milliy adabiyot xazinasini internetda targ‘ib etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois prezident “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.
    Unda mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va adabiyotshunoslarning mahorat saboqlari jamlanadi. Portal o‘zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat ko‘rsatsa, undan xorijlik muxlis va mutaxassislar ham foydalanishi imkoniyati yaratiladi.”9
    Prezidentimizning ushbu tashrifning o’zi Adiblar xiyoboni veb-saytini yaratish mavzusi naqadar dolzarb ekanligining yaqqol isboti bo’la oladi. Bundan tashqari, hali biror xiyobon yoki shunga o’xshash maskan veb-sayti ishlab chiqilmaganligi magistrlik dissertatsiya ishi uchun yangilik hisoblanadi va xiyobonlar veb-saytlar sohasida ilk urinishlardan biri bo’ladi.
    Umuman olganda siz biror bir soha yoki tashkilot uchun veb-sayt ishlab chiqmoqchisiz. Buning uchun avvalo ishni nimadan boshlaysiz? Albatta, ushbu sohada sizning veb-saytingizga yaqin bo’lgan saytlar tahlilidan ularning kamchiliklari va avfzalliklarini hisobga olib analitik fikrlagan holda siz kutilgan natijaga erishishingiz mumkin bo’ladi.
    Ushbu magistrlik ilmiy dissertatsiya ishi mavzusi bevosita fan va adabiyot sohasiga tegishli bo’lgani uchun ham, adiblar xiyoboni veb-sayti rejasini ishlab chiqishdan oldin biz adabiyot sohasiga tegishli veb-saytlar va ularning imkoniyatlarini tahlil qilib ko’ramiz.

    Download 1.84 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Adiblar xiyoboni va uning veb-saytini ishlab chiqish mavzusining ahamiyati

    Download 1.84 Mb.