O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti




Download 458.28 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi458.28 Kb.
#34591
1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL ish
fizika mustaqil ish, rak, Requirements-for-Electrical-Execution-Mechanisms (1), mustaqil ish 1-semestr uslubiy k, hisob grafik ish
Umumiy xulosalar
Men Ogahiy haqida mustaqil ishimni bajarish vaqtida uning hayoti bilan yaqindan tanishib chiqdim. Uning hayoti qanday o’tkan, qanday yashagan, qanday asarlar yozgan va qanday qilganligini bilib oldim. Ogahiy xalqqa yaxshilik qilishni o‘zining insoniy burchi deb biladi. Ogahiyning fikricha, oddiy xalqqa xizmat qilish ma’naviy qashshoqlanishning oldini oluvchi choradir. Xalqqa xolis xizmat qilgan kishining martabasi baland, elda quyoshdek aziz bo‘ladi. Bu g‘oya Ogahiy pedagogik qarashlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Inson ma’lum bir jamiyatda hayot kechirib, tarbiyalanar ekan, shu jamiyat a’zolari bilan muloqotda yashamog‘i kerak. Ogahiy inson kamoloti haqida Ogahiy insonning kamolga yetishishi uchun yoshligidan ilm va kasb hunar egallashi shart ekanligini ta’kidlaydi. Uningcha, ilm-ma’rifat insonning ma’naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotida kuchli vositadir, ilmlarni egallash har bir musulmon uchun ham qarz, ham farz. Inson qadr-qimmati uning «simmu zari» (oltin va kumushi) bilan emas, ilmu hunari, «ojizu bechoralar»ga ko‘rsatadigan himmati bilan baholanadi. Ogahiy odamlarni shunday fazilat sohibi bo‘lishga da’vat etadi. Ogahiy ilmga intilishni yuqori baholaydi va har bir inson ilmlarni egallashi zarurligini aytadi. Ogahiy ta’lim-tarbiya xaqida Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda muhim ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, til insonni boshqa mavjudotdan farq qilib turadigan asosiy belgidir, so‘z va til «takallum» qilishga, «fasohat va nafosatga», «ko‘ngil mahzanidan javohir sochish» uchun berilgandir. Ogahiyning uqtirishicha, inson bilan tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, tabiat go‘zalligi inson tafakkuri ma’naviy dunyosi rivojida g‘oyat muhimdir. Ogahiyning pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy nafosat tarbiyasini Vatan tabiati, uning go‘zalligi bilan bog‘liq holda amalga oshirishni tavsiya etadi. Ogahiy mehmondo‘stlik go‘zal fazilat ekanligini aytib, yoshlarning mehmon kutish, unga hurmat, xushmuomalada bo‘lish, kuzatish odobini egallashlariga e’tibor berishni, ularga mehmondo‘stlik odobining mohiyatini tushuntirishni tavsiya etadi. Ogahiyning fikricha, to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. Ogahiy pedagogik qarashlarining ahamiyati Muhammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatida insoniy eng yaxshi fazilatlarni — ilm o‘rganib jamiyat farvonligi yo‘lida xizmat qilish insoniylikning eng yaxshi fazilati hisoblanadi. U do‘stlikni, mehmondo‘stlikni, axloqiy go‘zallikni ulug‘laydi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorladi. Uning bu fikr, o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir. Sa’diy Sheroziyning «Guliston», Xisrav Dehlaviyning «Hasht bihsht», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Kaykovusning «Qobusnoma», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Uning she’rlari o‘zbek va tojik tillarida jilo sochib, insoniylikni, ikkiyuzlamachikni qoralagan. Ayniqsa, Ogahiyning “Sevishganlar tumori” devoni yuksak insoniy his-tuyg‘ulari haqida ifodalangan. Ogahiy Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Sa’diy Sheroziy, Jomiy, Hiloliy va boshqa shoirlar she’r va asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ogahiy tarjimonlik sohasini piri bo‘lgan. Uning tarjimonlik tartib qoidasi bizning zamonamizdagi badiiy asar tarjimonlariga yaqin. Tarjimonlar, ikki tilda so‘zlashuvchi — o‘zaro bog‘lanishlar va o‘zaro ta’sirlar adabiyotshunoslikning murakkab jarayoni sanaladi. O‘zbek adabiyoti bu davrga kelib tojik, azarbayjon, turkman va boshqa adabiyotlar bilan boyitildi. Firdavsiyning “Shohnoma”si, Bedil she’riyatini oshirish, Fuzuliyning g‘azallariga yozilgan tashhiboslar o‘zbek adabiyotining durdonalari sanaladi .
Adibning qabri hozirgi kunda amakisi Shermuhammad Munis qabri bilan birgalikda Shayx Mavlon bobo qabristonida joylashgan bo’lib, ushbu joy Xiva yaqinidagi Eski Qiyot qishlog’ida joylashgan. Ogahiy ijodini xalqimiz o’rtasida keng tarqalishida shoir va dramaturg Komil Avazning xizmatlari katta bo’lib, 1999 yilda shoirning 190 yillik to’yi respublikmizda ko’tarinki ruhda nishonlandi va Ogahiyning hayoti, ijodiga bag’ishlangan ko’plab risolalar nashr qilindi hamda o’zi tug’ilgan qishloqda “Ogahiy uy muzeyi” ochildi. Yaqin kelajakda ulug’ bobomizning 200 yillik to’ylari dunyo miqyosida nishonlanadi.





Download 458.28 Kb.
1   2   3




Download 458.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Download 458.28 Kb.