• Svetofor ob’ektini hisoblashda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: Takt
  • 60 Davr
  • Funksional belgilanishi bo‘yicha svetoforlar quyidagilarga bo‘linadi
  • Svetoforlarning 1-turini
  • Svetoforlarning 2-turidan
  • ) svetofor signalini qaytarish uchun 3-turdagi
  • 6-tur svetoforlar o‘rnatiladi. 7-tur svetoforlari
  • Boshqarish rejimi
  • Mavzusida bajarilgan mustaqili sh




    Download 121,54 Kb.
    Sana20.12.2023
    Hajmi121,54 Kb.
    #124400
    Bog'liq
    Toshpo\'latov SirojiddinOJ


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
    VAZIRLIGI
    NAMANGAN MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    “YO‘L MUHANDISLIGI” KAFEDRASI
    “Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jihozlash” FANIDAN
    “Svetaforlarni va sikllarni hisoblash”
    MAVZUSIDA BAJARILGAN
    M U S T A Q I L I SH
    Bajardi: 47-ym-20 guruh talabasi
    S.TOSHPO‘LATOV
    Qabul qildi: M.MADAMINOVA
    Namangan – 2023 yil

    Svetoforlar yorug‘lik signali beruvchi asbob bo‘lib, ular yo‘lning ma’lum uchastkalaridan transport vositalari o‘tishini boshqarib turishda ishlatiladi. O‘zbekistonda ishlatiladigan svetofor signallarining almashish ketmaketligi GOST 25695-83ga asosan qabul qilingan bo‘lib, bu yo‘l belgilari va signallari xalqaro konvensiya talablariga mos keladi. Signallar quyidagi ketma-ketlikda almashtiriladi: qizil-qizil sariq bilan yashilsariq-qizil. Signallarni quyidagicha almashtirishga ruxsat beriladi: qizil-yashilsariq-qizil yoki qizil-sariq, yashil-sariq. Ba’zida yashil signal almashtirilishi oldidan uni o‘chirib yoqish amalda uchrab turadi.

    Svetofor ob’ektini hisoblashda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: Takt - svetoforda ma’lum bir signalning yoki ikkita signalning yonib turishi (masalan yashil yoki qizil sariq). Asosiy takt - svetoforning signalida biron-bir yo‘nalish bo‘yicha transportlar harakatiga ruxsat beriladi. Yordamchi yoki oraliq takt - svetoforning signalida biron-bir tomonga transportlar harakatlanish uchun tayyorlanadilar. 60 Davr - taktning yonib turish uzunligi (vaqti, masalan t q=25 m; t ya=21 s, t s=4 s). Faza - asosiy va yordamchi davrlarning summasi ( я с t + t ) Sikl - hamma davrlarning yig‘indisi ( t ya + t q + t q) Svetaforlarni funksional belgilanishi va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha tavsiflash mumkin.

    Funksional belgilanishi bo‘yicha svetoforlar quyidagilarga bo‘linadi: Transportlar va piyodalar uchun. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha esa: bir seksiyali, ikki seksiyali, uch seksiyali, uch seksiyali qo‘shimcha seksiya bilan. O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish uchun 8 turdagi va piyodalarning harakatini boshqarish uchun 2 turdagi svetoforlardan foydalaniladi. Bu turdagi svetoforlar barcha davlatlarda ishlatilib, vertikal joylashtirilgan svetoforlarda yuqorida qizil, o‘rtada sariq, pastda yashil signallar o‘rnatiladi. Gorizontal o‘rnatilgan svetoforlarda qizil signal chapda, sariq o‘rtada va yashil o‘ng tomonda joylashtiriladi. Vertikal o‘rnatilgan svetoforlarda qo‘shimcha seksiya yashil signal seksiyasining yonida joylashtiriladi.

    Svetoforlarning 1-turini chorrahalardagi hamma yo‘nalishlar bo‘yicha transportlar harakatini boshqarishda ishlatiladi. Bu turdagi svetoforlarni temir yo‘ldan o‘tish oldidan, tramvay va trolleybus yo‘llarini kesib o‘tadigan joylarda va qatnov qismining toraygan uchastkalarida qo‘yilishiga ruxsat etiladi. Svetoforlarning 2-turidan ma’lum yo‘nalishdagi harakatni boshqarishda foydalaniladi. Harakat yo‘nalishini svetofordagi linzada strelka yordamida ko‘rsatiladi. Strelka bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishda transport oqimi boshqa transport oqimini kesib o‘tmaydi va qo‘shilmaydi (piyodalar oqimini ham). Bunday boshqarishda har bir yo‘nalish uchun alohida svetofor o‘rnatiladi. Birinchi tur svetoforlarning signallari ko‘rinish yomonlashgan hollarda (masalan, ko‘p polosali yo‘llarda yo‘nalish bo‘yicha o‘ng tomonda «stop-chizig‘i» oldida to‘xtagan yuk avtomobillari) svetofor signalini qaytarish uchun 3-turdagi svetoforlar qo‘llaniladi. Ular velosipedchilar harakatini boshqarish uchun velosiped yo‘lakchasi kesib o‘tgan joyda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Svetoforlarning 4-turi reversiv polosalarning boshlanish joyida harakatni ma’lum vaqtlarda boshqarib turishda qo‘llanadi. Svetoforlarning 5-turini tramvay, shuningdek, faqat maxsus ajratilgan polosalardan harakatlanayotgan avtobus va trolleybuslar harakatini ziddiyatsiz boshqarishda ishlatiladi.

    Temir yo‘ldan o‘tish joylarida ochiladigan (siljiydigan) ko‘priklarda, parom bilan o‘tish joylarida va maxsus transport vositalari yo‘llarga chiqadigan joylarda 6-tur svetoforlar o‘rnatiladi. 7-tur svetoforlari boshqarilmaydigan chorrahalarda yoki piyodalar o‘tish joylarida ishlatiladi. Svetoforlarning 8-turi korxona va tashkilotlar hududida harakatni boshqarishda va yo‘llarda qatnov qismining toraygan joylarida o‘rnatiladi. Transport svetoforlarining 1 va 2-turlari hamda piyodalar svetoforlari quyidagi 4 shartdan hech bo‘lmasa bittasi bajarilgan holda o‘rnatiladi.

    Svetofor yordamida harakatni boshqarish chorrahada transport vositalarining ushlanib qolishini tahlil qilish orqali aniqlanadi. Chorrahada transport vositasining ushlanib qolishi kesishib o‘tayotgan yo‘ldagi harakat miqdorlariga hamda svetofor qanday rejim bilan ishlashiga bog‘liq. Boshqarish rejimi ayrim davr va fazalarning almashish tartibini belgilaydi. Svetofor signallarini qo‘lda yoki avtomatik ravishda boshqarish mumkin. Svetoforni avtomatik tarzda boshqarilganda unga maxsus mexanizmlar o‘rnatiladi. Qo‘l bilan boshqariladigan svetoforlar ayrim hollarda ishlatiladi, masalan, transport vositalarining tirbandligini bartaraf qilishda. Svetofor signallarining almashinishi oldindan berilgan rejimda ishlasa, unda bunday svetoforlarni o‘zgarmas rejimda ishlaydigan deyiladi. O‘zgarmas rejimdagi svetoforlarni chorrahadagi jami harakat miqdori 750-800 avt/soat bo‘lganda ishlatilgani maqsadga muvofiq. Harakat miqdori 400-750 avt/soat bo‘lganda bir seksiyali sariq o‘chib yonadigan svetofor o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Harakat miqdori 400 avt/soatdan kam bo‘lsa, harakatni svetofor signallari yordamida boshqarish maqsadga muvofiq emas.


    Download 121,54 Kb.




    Download 121,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzusida bajarilgan mustaqili sh

    Download 121,54 Kb.