|
Qurilish fizikasi fanidan kurs loyihaga tushuntirish xati
|
bet | 1/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 375,01 Kb. | | #141186 |
Bog'liq Абдуқаюмов Изохнома панел
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
“SANOAT VA FUQARO BINOLARI ARXITEKTURASI.
QURILISH FIZIKASI” FANIDAN
KURS LOYIHAGA
TUSHUNTIRISH XATI
Mavzu: 6 qavatli 2 seksiyali 12 ta 1 xonali, 12 ta 3 xonali, 6 ta 5 xonali 30 kvartirali turar-joy binosi
Bajardi:
Qabul qildi:
SAMARQAND 2023-yil
KIRISH
Obyektni qurishga tayyorgarlik ko’rish va barpo etishdagi amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tarkibini tahlil qilib, ularning ikki asosiy guruhini: moddiy va axborot guruhini belgilash mumkin.
Moddiy jarayonlarni qurilish jarayonlari deb atash qabul qilingan bo’lib, ular qurilish ishlab chiqarishning moddiy elementlariga yo’naltirilgan barcha amallarni qamrab oladi. Ular qurilish texnologiyalari tarkibiga kiradi.
Axborot jarayonlariaxborot texnologiyalarining hisob-kitob metodlari, axborot-hisoblash texnikasi metodlari, dasturlari va vositalari yordamida amalga oshiriladi va qurilish texnologiyalarini yanada samarali amalga oshirish bo’yicha qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish maqsadida ideal buyumlar (axborot, son, dastlabki ma’lumotlar, hujjatlar) ni qayta ishlashga yo’naltirilgan.
Axborot texnologiyalari real qurilish jarayonlariga emas, balki modellarga nisbatan qo’llaniladi. Model deganda real jarayonni, uning parametrlari orasidagi aloqalarni tavsiflovchi strukturaviy (tuzilmaviy) sxemalar, matematik ifodalar, so’z bilan berilgan ta’riflar yordamida rasmiy aks ettirish tushuniladi. Umumiy ko’rinishda bu real jarayonni soddalashtirish bo’lib, olingan natijalarning haqqoniyligini keyin baholash bilan maqbul yo’l qo’yishlarni qabul qilishdir.
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) loyiha – smeta hujjatlarini tuzish, sanoat, fuqarolik va boshqa turdagi qurilishlarni amalga oshirish, binolar, inshootlar va ayrim konstruksiyalarni ekspluatasiya qilish va ta’mirlash bo’yicha asosiy me’yoriy hujjatlar tizimini ifoda qiladi. Bu me’yorlar barcha loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun majburiydir.
1-qism. Tashkil etish, boshqarish, iqtisod. Umumiy masalalar, atamalar, binolar tasnifi.
2-qism. Loyihalash me’yorlari. Loyihalashning umumiy talablari, shu jumladan poydevorlarni, qurilish konstruksiyalarini, muhandislik konstruksiyalarini hisoblashda.
3-qism. Ishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish va qabul qilish. Qurilish – montaj ishlarini amalga oshirish, shu jumladan manfiy temperaturalarda bajariladigan, cho’kma gruntlarda, seysmik ta’sir hududlarida bajariladigan texnologiyalar bo’yicha tavsiyalar.
4-qism. Smeta me’yorlari. Konstruksiyalar va ishlarning barcha asosiy turlariga smeta me’yorlari keltirilgan, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va mexanizmlarning mashina-smena ishlashi smeta qiymatini tuzish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
5-qism. Moddiy va mexnat resurslarini sarflash me’yorlari. Ishlarni amalga oshirishning smeta baholari.
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalari va tashkil etish qoidalari, qurilish me’yorlari va qoidalarining uchinchi qismida keltirilgan bo’lib, unda qurilish – montaj ishlarini bajarishga, ularni havfsiz yuritishga va qabul qilishga, qurilish maxsuloti sifatini nazorat qilishga barcha zarur ko’rsatmalar va talablar berilgan.
Qurilish materiallarini, buyumlarni va konstruksiyalarni ishlab chiqarish, sifatni nazorat qilish metodlari va vositalari ham Davlat standartlari (DST) bilan tartibga solinadi. DST ni me’yoriy hujjatlarni chiqarish uchun javobgar olimlar, ishlab chiqaruvchilar va davlat muassasalari xodimlari jamoasi tomonidan ishlab chiqariladi. DST larni Davqurilish va Davstandart tasdiqlaydi.
Menga topshiriqqa binoan 6 qavatli 2 seksiyali 12 ta 1 xonali, 12 ta 3 xonali, 6 ta 5 xonali 30 kvartirali turar-joy binosini loyihalash topshirilgan. Yuqorida keltirilgan talablarni hisobga olib men ham turar-joy binosini loyihaladim. Ushbu tushuntirish xatida loyihalangan binoning barcha qisimlarining izohini keltirib o`tdim.
|
| |