O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
KARTOGRAFIYA VA GEODEZIYA MATERIALLARINING (MA’LUMOTLARINING) CHEKLOVCHI GRIFLARINI BELGILASH, FOYDALANISH UCHUN OCHIQ BO‘LGAN XARITALARNI YARATISH, MAXFIY KARTOGRAFIYA VA GEODEZIYA MATERIALLARINI BERISH, HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI HAMDA GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA SOHASIDAGI DAVLAT SIRLARINING SAQLANISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA RUXSAT BERISH TARTIBOTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Ko‘chirma]
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish hamda aholi keng qatlamlari va tadbirkorlarning, shu jumladan chet ellik tadbirkorlarning fazoviy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, shuningdek, geodeziya va kartografiya faoliyatida davlat sirlarini muhofaza qilish bo‘yicha normativ huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qo‘yidagilarga:
1984-yilgi umumjahon geodeziya koordinatalari tizimiga (WGS-84) bog‘langan va belgilangan tartibda nazorat ko‘rigidan o‘tkazilgan har qanday ruxsat etilgan aerokosmik suratlardan foydalanishga;
1942-yilgi davlat koordinatalar tizimida geografik obyektlar koordinatalarini aniqlashga cheklovlar olib tashlansin, toifalashtirilgan obyektlar va geodeziya punktlari bundan mustasno.
2. Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish va geografik axborot tizimlari ma’lumotlarining ochiqligini, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin;
kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risida takliflar kiritgan holda, muammoli masalalarni aniqlash uchun ushbu qarorni qo‘llash amaliyoti monitoringini yuritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
|