|
Kartografiya va geodeziya materiallarining (MA’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish
|
bet | 6/22 | Sana | 19.03.2021 | Hajmi | 317,8 Kb. | | #13301 |
mahalliy koordinatalar tizimi – davlat hududining cheklangan qismiga nisbatan belgilanadigan shartli koordinatalar tizimi, uning koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishi davlat koordinatalar tizimining koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishiga nisbatan surilgan bo‘ladi. Mahalliy koordinatalar tizimini belgilash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
fotosuratlarning ustma-ust montaji – muayyan joy fotosuratlarining bir-birini takrorlaydigan qismlarini qirqib tashlamasdan, ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan montaj qilish natijasi;
tashkilotlar – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar, ularning nomlari alohida keltirilgan holatlar bundan mustasno;
ortofotoplan – aerosuratga olish va kosmik suratga olish orqali olingan aerokosmik suratlarni differensial ortotransformatsiya qilish usuli asosida markaziy proyeksiyadan ortogonal proyeksiyaga o‘zgartirish natijasida olingan joyning aniq geodezik asosdagi fotosuratli plani;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kartografiya va geodeziya materiallarining (MA’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish
|