O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-yanvar,
22-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 22-son qaroriga
ILOVA
Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom geodeziya, topografiya, kartografiya, gravimetriya, aerokosmik suratga olish materiallarining (keyingi o‘rinlarda kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) deb ataladi) cheklovchi griflarini belgilash tartibini, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratishga talablarni, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash tartibini, shuningdek, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
|