|
aerosuratga olish va kosmik suratga olish
|
bet | 3/22 | Sana | 19.03.2021 | Hajmi | 317,8 Kb. | | #13301 |
aerosuratga olish va kosmik suratga olish – kosmik va aviatsiya uchish apparatlari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida fotografiya, televizion, infraqizil, mikroto‘lqinli, radiolokatsiya va boshqa qurilmalar yordamida yer yuzasi haqida axborot olish;
geografik axborot tizimi(keyingi o‘rinlarda GAT deb ataladi) – fazoviy ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq axborotni yaratish (to‘plash, saqlash, ishlov berish), aks ettirish va tarqatish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;
geofazoviy axborot(keyingi o‘rinlarda GFA deb ataladi) – yer yuzasida, yerning ustki qatlamida, yer ustki qatlamiga tutash atmosfera qatlamida va yer atrofidagi fazoda joylashgan joylar va obyektlar haqidagi ma’lumotlar to‘plami;
geografik obyekt – yer yuzasining tabiiy va sun’iy obyektlari va kontur nuqtalari, shuningdek, mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan relyef elementlari;
geodeziya punkti – joyda (tuproqda, binoda yoki boshqa sun’iy inshootda) alohida mustahkamlab qo‘yilgan hamda geodeziya usullari yordamida aniqlangan koordinatalarni o‘z ichiga olgan nuqta. Geodeziya punkti, qoida tariqasida, maxsus markazdan, tashqi belgidan hamda zovur yoki val tarzidagi tashqi ko‘rinishdan iborat bo‘ladi;
|
| |