|
Mavzu: buxgalteriya hisobining sub’ektlari va ob’ektlari
|
bet | 1/2 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 30,24 Kb. | | #140838 |
Bog'liq BUXGALTERIYA HISOBINING SUB
Mavzu: BUXGALTERIYA HISOBINING SUB’EKTLARI VA OB’EKTLARI
Reja:
BUXGALTERIYA HISOBINING SUB’EKTLARI VA OB’EKTLARI
KORXONA MABLAG‘LARINING TASHKIL TOPISH MANBALARI
MOLIYAVIY HISOBOTNING ELEMENTLARI
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan
yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida
joylashgan sho‘’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari
buxgalteriya hisobi sub’ektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda
yuritadilar (buxgalteriya hisobining milliy standarti №20 «Kichik tadbirkorlik sub’ektlari
tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23 noyabr 1999 yil 87-raqam bilan ro‘yxatga
olingan) va soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishlari mumkin.
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va
ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir.
Buxgalteriya hisobi ob’ektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
Sintetik hisob qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda buxgalteriya hisobi ob’ektlari
haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi ob’ektlari haqidagi batafsil buxgalteriya axborotini
shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda
belgilanadigan tartibda yuritiladi.
Korxona aktivlari (boshqacha qilib aytganda mulki) turli xo‘jalik mablag‘laridan tashkil
topgan bo‘lib, shular asosida korxona o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini olib boradi va nazorat
qiladi. Korxona aktivlari ikkiga bo‘linadi uzoq muddatli va joriy aktivlar.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aniq belgilanadigan operatsiya tsiklidan foydalanib tovarlar va
xizmatlarni etkazib bersa, u holda balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda
majburiyatlarning alohida tasnif etilishi aylanma mablag‘ sifatida doimo muomalada bo‘ladigan
sof aktivlar bilan sub’ektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar
o‘rtasidagi tafovutni farqlash yo‘li bilan juda foydali axborot bo‘ladi.
Aktivlar:
- Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt operatsion faoliyatining bir qismi bo‘lsa va sub’ektning
operatsiya tsikli me’yorida o‘tayotgan paytda uni olish yoki iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa;
- Asosan qayta takroriy sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo‘lsa va
undan hisobot vaqtidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo‘lsa, bunday
hollarda u joriy aktiv sifatida tasnif etilishi lozim. Boshqa barcha aktivlar nojoriy aktivlar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tasnif etilishi kerak.
|
| |