|
16-Mavzu. Transport korxonalarida marketing kompleksini ishlab chiqish
|
bet | 1/2 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #249428 |
Bog'liq TL 16 MAVZU
16-Mavzu. Transport korxonalarida marketing kompleksini ishlab chiqish.
16.1. Transport korxonalarida kompleks marketingni ishlab chiqish xususiyatlari. Marketing miks. Kengaytirilgan marketing miks modeli.
16.2. Mahsulot, tovar, xizmat va servisning oʻziga xos xususiyatlari.Tovarni bozor atributikasi. Moddiy tarkibiy qism. Nomoddiy tarkibiy qism.
16.3. Savdo belgisi. Savdo belgisini funktsiyalari. Transport korxonani bozor imkoniyatlarini tahlili. Transport bilan ta’minlanganligini va transportdan foydalanish imkoniyatini aniqlash.
16.4. Transport xizmatlar sifatini boshqarish. Yangi texnologiyalar va yangi turdagi transport xizmatlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish.
16.5. Operator va transport- ekspeditorlik xizmat koʻrsatish kompaniyalarni marketing tizimida roli va oʻrni. Transport-ekspeditorlik xizmatlarni turlari.
Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa subyektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig‘indisi, uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964- yilda birinchi bo‘lib Garvard universiteti biznes maktabi professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Djeremi Makkarti tomonidan 1960- yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o‘tilgandir. Marketingni asosiy elementlari 1.2-rasmda ko‘rsatilgan.
16.1. Transport korxonalarida kompleks marketingni ishlab chiqish xususiyatlari. Marketing miks. Kengaytirilgan marketing miks modeli.
1968- yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 «P» ni 6 “P” ga kengaytirib ko‘rsatdi.
4 “P” modelini qo‘llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg‘or rol o‘ynaydi.
Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy vositalar yig‘indisi sifatida bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o‘z ichiga oladi va 4P modeli nomi bilan yuradi.
• tovar (product);
• narx (price);
• sotish yoki tovar harakati (place);
• siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada cheklangan hisoblanadi: u ko‘proq iste’molchiga nisbatan tovarga mo‘ljallangan.
Shuning uchun 1980- yillarda marketing kompleksi 2 ta elementga ko‘paydi va 6 P deb nomlandi.
6 P modeli tarkibiga quyidagilar kiradi:
• tovar (product);
• narx (price);
• sotish yoki tovar harakati (place);
• siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
• xodimlar
• harakat tarzi.
Yangi modelda asosiy e’tibor marketing faoliyatini strategik jihatiga qaratilgandir. Biroq XX asr oxirlarida ichki va tashqi iste’molchilar konsepsiyasini paydo bo‘lgandan keyin avvalgi modelni yangidan kengaytirish haqida axborot paydo bo‘ldi. 1999 yilda Djon Baller 10 P modelini nashr qildi.
Djon Baller yangi kengaytirilgan marketing kompleksini korporativ marketing
– miks deb ataladi.
10 P modeli quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. philosophy – tashkiliy falsafasi-g‘oyasi;
2. personality – zaruriy korxona falsafasini qo‘llab-quvvatlovchi personal;
3. people – insonlar;
4. products – tovarlar;
5. prices – narxlar;
6. place – o‘rin-joy;
7. promotion – siljitish;
8. performance – korxona faoliyatini baholash-bajarish;
9. perseption – his-tuyg‘u;
10. positioning – pozitsiyalashtirish.
Marketing-miks keng qo‘llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o‘rovi, xaridorlrga xizmat ko‘rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar.
Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim ko‘rinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar etkazib berish va uni to‘lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
|
| |