• 1. Korxonani xodimlar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati va vazifalari.
  • 6-mavzu. Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligining tahlili




    Download 101 Kb.
    bet1/3
    Sana27.05.2024
    Hajmi101 Kb.
    #255209
      1   2   3
    Bog'liq
    6-mavzu (2)


    6-mavzu. Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligining tahlili

    REJA
    1. Korxonani xodimlar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati va vazifalari.


    2. Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligini aniqlash.
    3. Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish.
    1. Korxonani xodimlar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati va vazifalari. Xodimlar aholining zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli tarmoqdagi mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lgan qismi kiradi. Korxonalarning kerakli ishchi xodimlar bilan yetarli darajada ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo‘lishi, mahsulot hajmini ko‘paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o‘z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida ma’sulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar korxonalarning xodimlar bilan ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog‘liq.
    1-jadval
    Korxona mehnat salohiyatini aniqlash

    Tahlil yo‘nalishi

    Tahlil uslubi

    Tahlili natijalaridan foydalanish

    Mehnat salohiyatining son va sifat xarakteristikalari dinamikasi

    Mehnat salohiyati tarkibidagi ko‘rsatkichlarni hisobot va o‘tgan davrlar bo‘yicha taqqoslash

    Mehnat salohiyati tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha o‘tqazilgan chora-tadbirlar natijaviyligini baholash

    Mehnat salohiyatining haqiqatdagi darajasini zaruriyga mos kelishi

    Ko‘rsatkichning haqiqatdagi va zarur darajasini taqqoslash (masalan, o‘rtacha ishlar razryadini va o‘rtacha ishchilar razryadiga)

    Mehnat salo’iyatini zarur yo‘nalishda o‘zgartirish maqsadida boshqaruv ishlarini olib borish

    Mehnat salohiyatidan foydalanish darajasi

    Qo‘rsatkichning haqiqatdagi o‘lchovini potensial imkoniyat bilan solishtirish

    Xodimlar imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar



    Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardir:

    • korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarining umuman, shuningdek, toifalar va kasblar bo‘yicha ishchi kuchi bilan ta’min etilganini o‘rganish va unga baho berish;

    • kadrlar qo‘nimsizligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va o‘rganish;

    • ishchi kuchi zahiralarini aniqlash, ulardan yanada to‘laroq samaraliroq foydalanish.

    Tahlil uchun axborot manbalari sifatida biznes reja, mehnat bo‘yicha statistik hisobotlar, tabel asosida hisobga olish va kadrlar bo‘limi ma’lumotlari xizmat qiladi.
    Korxona ishchi kuchi bilan ta’minlanganligini tahlili ularning kategoriyalarini o‘rganishdan boshlanadi. Jami ishlovchilarni kategoriyalar bo‘yicha guruxlash tegishli kasb va malakadagi ishlovchilarga bo‘lgan talabni aniqlash, mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishni tashkil qilish, xodimdan oqilona foydalanish imkonini izlash ishlarini yengillashtiradi.
    O‘zbekistonda hamma ishlovchilar quyidagi klassifikatsiya belgilari bo‘yicha bo‘linadi:

    • ishlab chiqarish jarayonidagi bajaradigan ishlari bo‘yicha ishchilar asosiy, yordamchi va xizmatchilarga (kichik xizmat ko‘rsatuvchi, shogirdlar, qo‘riqchilar);

    • haqiqatdagi faoliyat tavsifi bo‘yicha (ish turi) ular egallagan

    lavozimiga ko‘ra bo‘linadi;

    • texnologik jarayonda qatnashish tamoyili bo‘yicha: ma’sulot ishlab chiqarishdagi ishchilar asosiy va yordamchiga, xizmatchilar, ra’barlar, mutaxassislarga va texnik ijrochilarga (boshqa xizmatchilarga);

    • ish muddati bo‘yicha doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlovchilarga.

    Moddiy ishlab chiqarishdagi ishlovchilar ikki guruhga bo‘linadilar:

    • asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar;

    • asosiy faoliyatda band bo‘lmagan xodimlar.

    Son jihatidan xodimlarga bo‘lgan talabni aniqlash vazifasi ma’lum vaqt davomida ishlovchilar sonini hisoblashdan iborat. Xodimlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun xodimlar soni ko‘rsatkichini ko‘rib chiqish kerak.
    Ro‘yxat bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi xodimlari (SIX) soni doimiy, davriy, bir yoki undan ko‘proq vaqtga vaqtinchalik ishga qabul qilingan korxonaning hamma ishchilari (SI), rahbarlari (SR), mutaxassislari (SM), boshqa xizmatchilarini (SX) o‘z ichiga oladi.


    SIX=SI +SR+SM +SX


    Ro‘yxatdagi ishlovchilar soniga haqiqatda ishlayotganlar, xizmat safaridagilar, mehnat, homila va tug‘ruq bo‘yicha ta’tildagilar, davlat va jamoat vazifalarini bajarish tufayli ishga chiqmaganlar, kasalligi va ma’muriyat ruxsati bilan ishga kelmaganlar, agar ularning o‘rni, shtat bo‘yicha saqlangan bo‘lsa, kiradi.
    Ma’lum vaqt ichida ishlovchilar sonini hisoblash uchun o‘rtacha ro‘yxat bo‘yicha ishlovchilar soni ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bunda o‘rtacha ma’sulot ishlab chiqarish, o‘rtacha ish haqi, o‘rtacha daromad, kadrlar oqimi va ulardan foydalanish intensivligi kabi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish zarur. Bir oydagi o‘rtacha ro‘yxatdagi ishlovchilar soni (S) oyning bayram va dam olish kunlarini qo‘shgan holda har bir ish kuni bo‘yicha ro‘yxatdagi ishlovchilar yig‘indisini oydagi ish kunlari soniga bo‘linib aniqlanadi.
    Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun haqiqatdagi xodimlar soni reja (bazis) davridagi hisob bo‘yicha soni bilan taqqoslanadi.



    Download 101 Kb.
      1   2   3




    Download 101 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu. Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligining tahlili

    Download 101 Kb.